Farg'ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги
8.44K subscribers
33K photos
5.34K videos
27 files
11.8K links
Download Telegram
❇️ Yoshlarning bandligi va yer berish orqali daromadlari oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 aprel kungi PQ-153-son qaroriga muvofiq,  Yoshlarga yer berish orqali daromadlarini oshirish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona shahar "Oqariqobod" MFY hududidan 41 gektar va "Sohibkor"  MFY hududidan 4 gektar hokimlik zahirasida bo'lgan yer maydoni ajratib berilmoqda.

Xususan,  bugun "Oqariqobod" MFY hududidagi 7 gektar yer maydoni dehqonchilik va bogʻdorchilik faoliyatlarini boshlashlari uchun 28 nafar yoshlarga ajratib berildi.

Umumiy hisobda 45 gektar hokimlik zahirasidagi yer maydonlarini ajratgan holda 165 nafar yoshlar bandligini taʼminlash va daromadini oshirish rejalashtirilgan.
#Yoshlar_daftari
#Imkoniyatlar_daftari

Fargʻona shahrida "Yoshlar daftari" ga kiritilgan 80 nafar yoshlarning toʻlov-kontraktining maʼlum bir qismi subsidiya asosida qoplab berildi.

Yoshlar yetakchilarining oʻrganishlari va "Mahalla yettiligi"  kollegial qaroriga muvofiq,  "Yoshlar daftari" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 355 mln.soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Bizni kuzatib boring👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/Yoshlar_agentligi_Fergana
#Chellenj

🎗Farg'ona shahrida 9 may — Xotira va qadrlash kuni oldidan milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatish chellenjiga start berildi

🔥Bu borada Farg'ona shahar Yoshlar ishlari bo'limi ham doimgidek faol.


Telegram sahifamiz 👉
@Yoshlar_agentligi_Fergana
#Фарғона_шаҳар
#Сайёр_қабул

1-сектор ҳудудидаги "Ўзбекистон" маҳалласида ташкилланган сайёр қабулда Фарғона шаҳар ҳокими Восилжон Назаров томонидан 20 нафардан ортиқ фуқаролар қабул қилинди.

Мурожаатлар масъуллар иштирокида ўрганилди. Ўн нафарга яқин фуқароларнинг мурожаатлари ижобий ҳал қилинди.

Келиб тушган мурожаатларни ўрганиш ва натижаси бўйича муаллифларга маълум қилиш учун масалага дахлдор ходимлар, корхона, ташкилот ва бўлимларга топшириқлар берилди.

Расмий саҳифаларимизда бизни
кузатиб боринг:👇

Fargona.uz | Telegram | Facebook |
Instagram | YouTube | TikTok |