Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги
7.31K subscribers
36.6K photos
5.82K videos
28 files
12.8K links
Download Telegram
Farg‘ona shahrida yangi xususiy bog‘cha o‘z faoliyatini boshladi!

Farg‘ona shahrida 150 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘chada, hozirda 5 nafar tarbiyachi faoliyat yuritadi. Yaqin kelajakda bolalar qamrovini oshirish va ishchilar o‘rnini 20 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Bog‘chada bolalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: zamonaviy o‘quv va o‘yin xonalari, sog‘lom ovqatlanish tizimi, bilim va qobiliyatlarni rivojlantiruvchi dasturlar mavjud.

Bog‘chaning ochilish marosimida Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilshoda Xolmatova ishtirok etib, yangi maskanning faoliyatiga yuqori baho berdi va uning bolalar tarbiyasi hamda ayollar bandligini ta’minlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.
👏6👍1
#2025_йил_1_августдан

❗️ Иш ҳақи ва стипендиялар оширилди


Батафсил инфографикада

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴Farg'ona 24
31.07.2025

30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan Fargʻona shahridagi “Doʻstlik uyi”da oʻtkazilgan tantanali bayram tadbiridan reportaj.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
“Dolzarb 90 kun” — Yozgi orzular va imkoniyatlar marafoni!

Farg‘ona shahrida yozgi ta’til o‘quvchilar uchun mazmunli va ilhomli o‘tmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktablar sport, san’at, texnologiya va kitobxonlik to‘garaklari bilan gavjum.

Har bir kun — yangi bilim, yangi do‘stlar va yangi imkoniyatlar sari qadam. Bu loyiha bolalarning ijodiy o‘sishi, faolligi va orzular sari intilishiga kuch bermoqda!

Web sayt|Telegram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴Farg'ona 24
31.07.2025

Fargʻona shahrida sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi sport tadbiri 1000 dan ziyod yurtdoshlarimizni oʻz atrofiga jamladi.
#2025_йил_1_августдан

🗓 1 августдан қонунчиликда нималар ўзгаради?


🔹 Давлат хизмати лавозимларини эгаллаш бўйича танлов ўтказишда янги тартиб жорий этилади БАТАФСИЛ;

🔹 Давлат органларида соғлом турмуш тарзи тарғиб қилинади БАТАФСИЛ;

🔹 Айрим оилалар фарзандларини қабул қилган боғчаларга компенсация тўланади БАТАФСИЛ;

🔹 Иш ўринларини захиралашнинг электрон тизими жорий этилади БАТАФСИЛ;

🔹 Иш ҳақи ва стипендиялар оширилади БАТАФСИЛ;

🔹 Мебель технологлари малака сертификатларини олиш харажатларининг бир қисми қоплаб берилади БАТАФСИЛ;

🔹 Озиқ-овқатлар учун техник регламентлар мажбурийлиги бекор қилинади БАТАФСИЛ;

🔹 Мўғулистондан майда шохли молларни импорт қилган тадбиркорларга имтиёзлар берилади БАТАФСИЛ.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘ona shahar hokimi chorvachillik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

🔹Bugun, Farg‘ona shahar hokimi hamda mutassadi tashkilotlar vakillari ishtirokida shahardagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va qassobchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda go‘sht narxini barqaror saqlash, bozordagi talab va taklif muvozanatini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, Markaziy dehqon bozori hamda A.Qodiriy ko‘chasidagi belgilangan joylarga yengil tipdagi go‘sht do‘konlarini tashkil etish bo’yicha topshiriqlar berdi.

🔹Uchrashuvdan so’ng “Farg‘ona chorva ishonch” fermer xo‘jaligi va “Malohatxon orzusi” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Ushbu xo‘jaliklarda Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘istondan olib kelingan qoramol so‘yilib, shahardagi bozorlarga tarqatilmoqda.
👍2