Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.22K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Maʼrifat_ulashib

QALBIMIZDA MAʼRIFAT ULASHISH UCHUN 100 YIL OLDIN YOQILGAN OLOV BOR

100 yil oldin. Tarix “voh” devoradigan voqealarga guvoh bo‘lgan. Kimdir qon bilan, kimdir jon bilan erk uchun kurashgan. Maʼrifatparvarlar esa yagona najot sifatida ILM mayog‘ini millat yuragiga yoqishga harakat qilgan.  Bu yo‘lda boru-yo‘g‘ini qurbon qilgan, jon bergan.

⚡️ Bugun bizga ham faqat shu bobolarimiz ko‘rsatgan ILM yo‘li —  najot yo‘lidir. Buning uchun bir-birimizga maʼrifat ulashib yashaylik.

📚 Kelinglar, jadidlar asarlari, fikrlarini o‘qib, kelgan xulosalarimizni do‘stlarimizga aytaylik, maʼrifat ulashaylik. Zero, maʼrifat tarqatish uchun bir asr oldin qattiq kurash ketgan. Bizning qalbimizda 100 yil oldin bobolarimiz yoqqan o‘t bor.

Jadid allomalardan iqtiboslar keltirib, #Maʼrifat_ulashib xeshtegi ostida do‘stlaringizga tarqatish ilm ziyosini yoyishdir go‘yo.


@fargonamanaviyhayoti
#MAʼRIFAT_ULASHIB
#KITOBXONLIK_AKSIYASI

Rishton tumani 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan ,, Maʼrifat ulashibʼʼ targʻibot tadbirlari doirasida maktabga 7 xil turdagi 80 dona badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi.

Aksiya doirasida maktabning ijodkor yosh shoira Rayonaxon Zokirovaga ham oʻzining shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Maktab maʼmuriyati va ota - onalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Buvayda_tumani
#Maʼrifat_ulashib #Kitobsevar_millat

Hududlarda kitobxonlik hamda maʼnaviy va maʼrifiy tadbirlar keng koʻlamda oʻtkazib kelinmoqda

Buvayda tumani Yashnarobod MFY 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Maʼnaviyat, hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” shiori ostida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholini kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish, “Oila-mahalla-maktab” hamkorligini mustahkamlash maqsadida Maʼrifat ulashib loyihasi doirasida “Kitobsevar millat” nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Maʼrifat_ulashib
#Ijodiy_uchrashuv

🔰Bugun Rishton tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari Dilshoda Ergasheva, uyushma aʼzolari Bahodir Iso, Siddiq Moʻmin, Hamid Burxon hamda universitet olimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Sheʼrlar aytildi, qoʻshiqlar kuylandi, kitoblar ulashildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Marifat_ulashib_loyihasi

"Gulxan atrofida" adabiy- badiiy kechada el ardog'idagi sevimli ijodkorlarimiz Munavvara Usmon, Muhtaramma Ulugʻova, Habib Siddiqlar she'rlardan parchalar oʻqib, talaba-yoshlarga kitobga oshno boʻlishi, kitobxon qalbi doimo yaxshilikka oshno boʻlishi haqida soʻz yuritildi.

Dasturda filialning talaba- yoshlari ishtirok etishib, “Zakovat” o'yinlari hamda ijro etilgan vatanni madh etuvchi sherlar, ruboiylar, kuylangan kuy-qo'shiqlar, gitara cholg'u asbobida jonli ijrolar va olov atrofidagi qaynoq suhbat talaba-yoshlarga iliq kayfiyat bag'ishladi.

Gulxan atrofida adabiy-badiiy kecha ko'tarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi.

🚀 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qoʻqon_shahar
#maʼrifat_ulashib

Ayni kunlarda zamondosh shoir va yozuvchilar, adabiyot dargʻalari respublikamiz boʻylab “Maʼrifat ulashib” dasturi doirasida yoshlar bilan uchrashmoqdalar.

Qoʻqon davlat pedagogika institutiga tashrif bilan kelgan ijodkorlar Nurillo Oston va Yahyo Togʻa talaba-yoshlar tomonidan yuqori kayfiyat va koʻtarinkilik bilan kutib olindi.

Soʻzga chiqqan adiblar oʻz hayot yoʻli, erishgan muvaffaqiyatlari, ijod olamiga kirishi haqida soʻzlab berdilar. Shuningdek, ijod namunalaridan ham oʻqib berdilar.

Shundan soʻng, yaxshi niyatlar bilan institut hududiga koʻchat ekildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#qoʻqon_shahar
#maʼrifat_ulashib

Maʼrifat ulashib” dasturi doirasida Temiryoʻlchilar madaniyat saroyida tashkil etilgan uchrashuv tom maʼnoda adabiyot bayramiga aylandi.

Tadbirni institut prorektori Isroiljon Oxunov ochib berdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Nurillo Oston, Yahyo Togʻa, “Qoʻqon sadosi” gazetasi bosh muharriri Athamjon Mirsaidovlar soʻzga chiqib, talabalarga oʻz hayot va ijod yoʻllari haqida hikoya qildi, sheʼrlaridan namunalar oʻqidi. Shu oʻrinda iqtidorli talabalar ham oʻzlari qoralagan sheʼrlarni taqdim etdilar.

Maʼrifat ulashib” karvoni sarbonlari — oʻzlarining dunyoqarashi, bosib oʻtgan hayot yoʻli, erishgan yutuqlari va chuqur maʼnoga ega boʻlgan ijod naʼmunalari bilan Qoʻqon davlat pedagogika instituti yoshlari qalbida oʻchmas iz qoldira oldi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook