Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.23K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Oʻzbekiston_tumani

🔰Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, manaviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir.

🔰U millatni yagona xalq sifatida oz atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni tamin etadi. Suvsiz daryo bolmaganidek – tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Ota-bobolarimiz ham qadimdan tilni asrab-avaylashgan. Ona tilini sevish, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi, ona tilini asrab-avaylash belgisidir.

🔰Tumandagi 37-umumta’lim maktabida ham “Ona tilim sarchashmangdan yayrar dilim” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

🔰Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili davlat tili sifatida ezgu maqsadlar sari odamlarni birlashtiradigan, xalqimizning katta-katta orzu-niyatlarini amalga oshirishga da’vat etadigan muhim kuchga aylanganini alohida ta’kidladi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani

🔰Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir.

🔰 Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir. Uni asrab avaylash har birimizning farzandlik burchimizdir.
Ayni shu vaqtda biz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashimiz oldimizda turgan nihoyatda muhim vazifalardandir.

🔰Shu maqsadda tumandagi 59-umumta’lim maktabida “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xotira_va_qadrlash_kuni
#Oʻzbekiston_tumani

🎗Oʻzbekiston tumani bo'ylab 9-may—"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Markazi O’zbekiston tumani bo’linmasi tomonidan aholi vakillariga tarqatildi.

Batafsil videoda

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻzbekiston_tumani

“Milliy qadriyatlar millat ma’naviyatining ko’zgusi”

🔰Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi,  jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. Buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan bebaho ma'naviy  boylik-asl qadriyatlarimizning sarchashmalaridir.

🔰Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari bugungi davr yoshlari uchun o'ziga xos hayot maktabiga aylangan.

🔰Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

🔰Shu maqsadda tumandagi 17-umumta’lim maktabida ham “Milliy qadriyatlar millat ma’naviyatining ko’zgusi” mavzusida seminar o’tkazildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani

Milliy o‘yinlar – bolaning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishiga yordam beradi.

O‘yin bolani jamiyatga aralashtiradi. Uning jamiyatdagi o‘rnini topishiga sababchi bo‘ladi. Chunki o‘yinda bola o‘yinboshi bo‘ladi, ishtirokchi bo‘ladi, unga jamiyat, dunyo haqida bilim beradi. Eng qizig‘i bu bilimlar bolaga majburan emas, unga zavq uyg‘otib o‘rgatiladi.

🔰O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi.

🔰Shu maqsadda tumandagi 34-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida ham "O'zbek xalq milliy o'yinlari qadriyat timsoli" nomli  ma’naviy-maʼrifiy tadbir o’tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani

Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, manaviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir.

🔰
Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida oz atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni tamin etadi. Suvsiz daryo bolmaganidek – tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Ota-bobolarimiz ham qadimdan tilni asrab-avaylashgan. Ona tilini sevish, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi, ona tilini asrab-avaylash belgisidir.

🔰Tumandagi 71-umumta’lim maktabida ham “O'zbek tili -milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

🔰Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili davlat tili sifatida ezgu maqsadlar sari odamlarni birlashtiradigan, xalqimizning katta-katta orzu-niyatlarini amalga oshirishga da’vat etadigan muhim kuchga aylanganini alohida ta’kidladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani

🔰Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari va umumta’lim maktablarining o‘quvchilarini kitob mutolaasiga jalb qilish, ularning badiiy savodxonligini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilmoqda.

🔰Bugun loyiha doirasida O'zbekiston tumani 40-umumta'lim maktabida ham O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari yosh ijodkorlarning sevimli ustozi, iqtidorli shoira Zuxraxon Aliyeva hamda tarjimon A'zam Ismoil va san'atkorlar bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi.

🔰Uchrashuvda ijodkorlar o‘z hayoti va ijod yo‘li haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berish bilan birga ijod namunalaridan o‘quvchilarni bahramand qildilar. Shuningdek, ijodiy muhit, kitob mutolaasi, ijodkorlar hayoti, bugunning adiblari xususida qiziqarli ma’lumotlar ulashdilar maktabning bog' qismiga ko‘chatlar ekishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani

“Jaholatga qarshi - ma’rifat” g‘oyasi asosidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ayniqsa yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, dinlararo hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston tumanidagi mahalla va maskanlarda “Jaholatga qarshi-ma’rifat bilan” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri davom etmoqda.

Ana shu mazmundagi tadbirlar bugun tumanning “Tinchlik” va “Qumbosdi” mahallalari jamoatchiligi ishtirokida tashkillandi.

Unda tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va boshqa hamkor tashkilotlar mutasaddilari qatnashdilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Mánaviyat_festivali
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani

Oʻzbekiston tumanida Vatanimiz mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan bo’lib o’tayotgan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Ma’naviyat festivali” davom etmoqda.

Bogʻi Eram MFYdagi Mahalla guzarida ham madaniy maʼrifiy dastur tashkillandi. Ushbu dastur barchaning ko’ngliga quvonch ulashildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Kinokarvon_loyihasi
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani

⚡️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oʻzbekiston tuman bo‘linmasi tomonidan Bozor Yaypan MFYda Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash va tinchligimizga nisbatan shukronalik hissini oshirish maqsadida, "Ayol qismati" deb nomlangan kinofilm namoyish etildi.

"Kinokarvon" loyihasi davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Kinokarvon_loyihasi
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Ayol_qismati

⚡️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oʻzbekiston tuman bo‘linmasi tomonidan Mevazor MFYda Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash va tinchligimizga nisbatan shukronalik hissini oshirish maqsadida, "Ayol qismati" deb nomlangan kinofilm namoyish etildi.
  
"Kinokarvon" loyihasi davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani
#Kitob_taqdimoti

“Men ham harbiy boʻlaman”
kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi

🔰O'zbekiston tumani Barkamol avlod bolalar maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔰Taqdimotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O'zbekiston tuman bo‘linmasi xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va o‘quvchi-yoshlar  ishtirok etdi.

🔰Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilgan.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Qatagʻon_qurbonlarini_yod_etish_haftaligi

El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.

Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo‘lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, qancha-qancha go‘daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

Xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoyi va matonatli o‘g‘il-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida O'zbekiston tumani 2-maktabda "Qatag'on qurbonlarini yod etish'" haftaligi doirasida davra suhbati o'tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Qatagʻon_qurbonlarini_yod_etish_haftaligi

El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.

Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo‘lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, qancha-qancha go‘daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

Xalqimizning shunday ming-minglab fidoyi o‘g‘il-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o‘tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini tarbiyalash maqsadida O'zbekiston tumani Milliy gvardiya bo'limida "Qatag'on qurbonlarini yod etish'" haftaligi doirasida davra suhbati o'tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani

Tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida umumta’lim maktablarining o'quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan yo‘llagan murojaatini targ‘ib etish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi O'zbekiston tuman boʻlinmasi rahbari Shohruhbek Shokirov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri v.v.b Nargizaxon Siddiqova, tumanning faxriy ustozlari Alisherjon Vaxobov va Botirova Muazzamxon ustozlar ishtirok etdilar.

Seminarda so'z olganlar yoshlarni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirish shartligi, bu yo‘lda birinchi navbatda katta bilim va tajribali, yuksak pedagogik mahoratga, noyob insoniy fazilatlarga ega ustozlarga suyanilishi haqida ta'kidlandi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook