Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.17K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#MUNOSABAT

Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchilarining kuyinchalik bilan yo‘llagan murojaati faqat ma’naviyat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan soha vakillariga emas, balki barcha soha vakillariga tegishli ekanligini angladim. Men ham bir pedagog sifatida ziyolilar, ustozlar nomidan shuni aytamanki, tinchlikni saqlash, xalq farovonligi, kelajak avlodning nurli istiqboli uchun bor kuch-g‘ayratimizni , bilimimizni sarflashga harakat qilaman.

Yoshlar ongini yot g‘oyalardan himoya qilishga, ularning ongiga yorqin va istiqbolli g‘oyalarni singdirishga, kitobga bo‘lgan mehrini oshirishga, vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga va’da beraman. Shu bilan birga barcha pedagoglarni, ota-onalarni –butun O‘zbekiston xalqini shunga chorlab qolaman!.
Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yangi-yangi bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib qilishni, kuchli bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan saloxiyatli yoshlarni tarbiyalashni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.

RMMM tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Muyassar Maxmudova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifaat targ‘ibotchilarining xalqimizga yo‘llagan murojaatiga  Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Nasimbek Nabiyevning

MUNOSABATI

@fargonamanaviyhayoti
#MUNOSABAT

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining murojaati biz kabi soha vakillariga ham bir qancha vazifalarni belgilab olishimizga turtki bo‘ldi.
Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni ma’naviy barkamol yoshlar bilan ravnaq topishi uchun bizning ham mas’ulligimizni yanada oshirdi.

Hech bir sohani chetda qoldirmagan holda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini ta’sirchanligini oshirish va jamiyatni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishga qaratilgan ishlarda yetakchi sifatida bo‘lmog‘imizni yana bir bor eslatdi.

Yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar zamirida inson manfaatlari, avlodlarimizning porloq kelajagi hamda ertangi kunimizga yanada ishonchni mujassamlashtirgan. Bunday islohotlarni amalga oshirilishida va yoshlarimizning ma’naviy ongini sof saqlashda barcha imkoniyatlarimizni ishga solgan holda harakat qilaman.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi Mansurjon Mahmudov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Murojaatnomaga munosabat!

Islomjon Muhammadjonov
Farg‘ona tumani Obod MFY yoshlar yetakchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O'zbekiston xalqiga yo'llagan murojaatiga o‘z munosabatini bildirdi...

#yoshlar_minbari
#munosabat
#Buvayda

Ma'naviyat- buyuklardan omonat!

Tevarak atrofga nazar tashlasak, oxirgi paytlarda ko'plab ko'ngilni motam qiluvchi voqealarni eshitib guvohi bo'lib qolamiz, aybdorni axtaramiz. Hech qachon men ham shu millat (ravnaqi)ga daxldorman-ku, deya olmaymiz.

Grigory Petrovning "Oq nilufarlar yurtida" kitobida: "Agar jamiyatda bitta jinoyatchi paydo bo'lsa, bunga barcha ziyolilar aybdordir", - deb yozadi!
Jamiyatda, ayniqsa, hozirgi axborot xurujlari davrida, ma'naviyatimiz, milliyligimiz, òzligimiz- o'zbekligimizga tahdidlar bo'layotgan bir davrda ziyolilarning ko'magi, e'tibori hamda tashabbuslariga har kungidan-da muhtojmiz.

Ma'naviyat - millatning jon tomiri! Agar daraxtga suv, havo, tuproq nechoĝlik kerak ekan, insoniyatga ma'naviyat ana shunday darkor!

Ma'naviyati oqsagan millatni tasavvur qila olasizmi?!
Bunday millat tanazzulga yuz tutgay. Bunday millatni har kim har qanday nog'orasiga òynata olgay, ma'naviyati oqsagan millatning davlat qamoqxonlari jinoyatchilar bilan tòlgay, farzand otasiga ters qaragay, oilada ayollar uy bekasi degan maqomiga isyon qilgay, nafratlangay. Bolalar esa tarbiyadan mosuvo, sarson... Eng og'riqlisi, ushbu jamiyatda òz ustoziga aql òrgatuvchi "buyuk" shogirtdar urchigay..
Bizga shu kerakmi?!

Ana, ma'naviyat bizga nima uchun kerak!

Men pedagogman.
Mening zimmamga bilimli, oriyatli, vatanparvar oĝil-qizlarni tarbiyalash hamda ta'lim berish yuklatilgan. Ushbu menga berilgan mas'uliyatli vazifani hech qanaqasiga suiiste'mol qilmasdan, kasbimga sidqidilgan yondashib, yosh avlod ta'limi hamda tarbiyasiga milliyligimizni eng avvaliga qo'yib ishlashga astoydil harakat qilaman. Yurtimizdagi jamiyki hamkasblarimni esa yosh avlod tarbiyasiga òta e'tiborli bo'lishga, ular ong-u shuurida millatidan, òtgan ota-bobolaridan, ma'naviyati va madaniyatidan faxr etadigan avlodlar bòlib ulg'ayishida barcha mas'ullar bilan hamkorlik qilishga chaqiraman! Toki bizga omonat etib tashlab ketilgan buyuk ma'naviyatimiz busbutun kelgusi avlodlarga qolsin!


Nargizaxon Òrinova
Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Murojaatnomaga
munosabat!

Diyorbek Nishonov
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi bosh mutaxasissi

@fargonamanaviyhayoti
#MUNOSABAT

Kuni kecha, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaatlari o‘qib eshittirilgan edi. Ushbu murojaatni o‘qir ekanman, oila jamiyatning eng asosiy va tayanch bo‘g‘ini ekanligini, aynan mukaddas oila qo‘rg‘oni bizga eng ulug‘ orzu-niyatlarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini berilishi ta’kidlanganini yana bir bor guvohi bo‘ldim.

Shunday ekan, bugungi kunda mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan avlodlarimiz oilada kamol topayotgan yoshlarimiz, ularga tarbiya berayotgan ota-onalarimiz, nuroniylarimiz, tadbirkorlarimiz, mahalla faollariga bevosita bog‘likdir.

Zero, Vatanni sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishda Jaloliddin manguberdi, Amir Temur, Zahiridlin Muhammad Bobur, marifatparvar jadidchi bobolarimizning shonli an’analarini ardoqlab ularni munosib davom ettirishimiz lozimligini angladim.

Xozirgi internet tarmog‘i rivojlangan davrda buzg‘unchi g‘oyalar, vayronkor mafkuralar tuzog‘idan doimo ogoh bo‘lishimiz kerak. Shuni xech qachon unutmaslik kerakki siz aziz yoshlarimiz xalqimiz umidi, ishonchi, kelajak bunyodkoridirsizlar!

Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Bag‘dod tuman bo‘linmasi rahbari Islomjon Ahmedov
#munosabat

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi faollari va bir guruh maʼrifat targʻibotchilarining Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan MUROJAATNOMAsini o‘qib:

“BIZ TEBRATGAN BESHIKLARDAN BOBURLAR CHIQSIN, XUDO”


Agar siz yulduzni olmoq bo‘lsangiz,
Nega men yelkamni tutib bermayin!
Bundan bir yil oldin Prezidentimizning “Yoshlar kuni” munosabati bilan so‘zlagan nutqidan o‘rin olgan ushbu she’r negadir qulog‘imdan ketmaydi. Bir joyda uzoq depsinib qolishga, hayotning ikir-chikirlari aro o‘ralashib maydalashishga, katta maqsadlar tomon yurishdan to‘xtashga yo‘l qo‘ymaydi bu chaqiriq, bu mehr, bu e’tibor. Inson hamisha unga shunday ruhiy kuch beradigan, hayoti davomida muvaffaqiyatlarga erishishida motiv bo‘ladigan so‘zlarga ehtiyoj sezishi ham haqiqat. Axir Navoiy dahosi bejiz aytmagan:
Ham so‘z ila elga o‘limdan najot,
Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot.
Ajab, o‘lik tanning tirilishi so‘z bilan, demoqda kalom xosiyatini chuqur anglagan Hazrat.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida tuyqus “paydo bo‘lgan” Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollarining vatandoshlarimizga yo‘llagan murojaatidagi so‘zlar ham suvsiragan qalbimizga toshqin daryodek hayqirib kirdi. Ko‘nglimizning qaysidir puchmoqlarida mudrab yotgan tuyg‘ularimizni uyg‘otdi.
Murojaatni o‘qirkanman, eng avvalo, yosh ona sifatida o‘zimga o‘zim savol berdim: Men-chi, farzandlarimga qanday tarbiya beryapman? Ona degan buyuk maqom, muqaddas nomni oqlayapmanmi o‘zi? Shiddatkor davr taqazosi bilan oldinlab ketayotgan nuri diydalarimning savol to‘la nigohlari javoblarimdan qanchalik qanoatlanmoqda?
“Bola idishdagi suv kabidir. Suv qaysi rangda bo‘lsa, idish ham shu rangda tovlanadi”, degan so‘zlarni topib aytgan ekan Fitrat. Men bu idishlarga top-toza, zarra gardi-g‘ubori yo‘q suvlardan quygandim. Qachon razm soldim? Nahot loyqalangan bo‘lsa, dunyoning eng zilol obi hayoti!.. Begona o‘tlar-da tomir yozishga ulgurmagandir hali. Ha, hali vaqt bor!
Axir nafaqat mening, balki shu elning, yurtning ertasi bugungi davr bolalarining qo‘lida emasmi?! Onalik burchi haqida o‘ylarkanman, Halima Xudoyberdiyevaning to‘rtligi xayolimda charx urib o‘tadi. Qiziq, hamisha qo‘shiqdek hirgoyi qilib yurgan she’rim – bu safar negadir cho‘chitdi-ya meni.
Botirlar o‘tgan Vatandan botirlar chiqsin, Xudo,
Anglasinlar bor sinoat, bor sirlar chiqsin, Xudo.
Ulug‘ momolardan meros – martabamiz onalik,
Biz tebratgan beshiklardan Boburlar chiqsin, Xudo.
Bunday g‘alayonlar bir mening qalbimda kechayotgani yo‘q, nazarimda.
Yurtimizning millionlab muxtaramalarini hushyorlikka chorlagani rost bu chaqiriq.
O‘h-o‘, murojaatnomada ko‘tarilgan jiddiy masalalar o‘nlab savollar qarshisida ojiz qoldirdi meni. Vatanim oldidagi burchimni eslatdi u. Uni qanchalik ado etyapman, degan so‘roqlar esa javobsiz qoldi.
Ziyolilar, ustozlar, mahalla faollari, yoshlar – umuman, yurtimiz ma’naviyatining “drayveri”ga aylangan vatandoshlarimizni ulug‘ bir maqsad yo‘lida jipslashishi haqida o‘tkir haqiqatlar bor bu murojaatnomada. Xo‘sh, “Kuch - birlikda” degan dono xalq bugun bu naqlga o‘z qanchalik amal qilmoqda?
Balki sizning javobingiz bordir?

Go‘zal Oxunova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.


🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook
Forwarded from OBOD YOSHLARI (Islomjon Muhammadjonov Murodjon o'g'li)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Murojaatnomaga munosabat!

Islomjon Muhammadjonov
Farg‘ona tumani Obod MFY yoshlar yetakchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O'zbekiston xalqiga yo'llagan murojaatiga o‘z munosabatini bildirdi...

#yoshlar_minbari
​​#munosabat

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi faollari va bir guruh maʼrifat targʻibotchilarining Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan MUROJAATNOMAsini o‘qib:

“KO‘NGIL YAQINLIGI, FIKR BIRLIGI–TARAQQIYOT ASOSI”

Bu yorug‘ dunyoda yashayotgan har bir kishi jamiyat, insoniyat oldida ma’lum burch va majburiyatga ega bo‘ladi. Bu, birinchi galda, atrofimizdagi odamlar, tug‘ilib o‘sgan yurtimiz taraqqiyoti, uning baxti-saodati uchun javobgarlik hissi bilan o‘lchanadi. Chunki kishining birgina noto‘g‘ri fikri yoki xudbinona munosabati ortidan jamiyat ma’naviy mezonlariga putur yetadi. Shuning uchun xalqimiz sog‘lom fikr yuritish, xolislik, odillik, ijtimoiy adolat, badiiy-estetik yetuklik kabi fazilatlarni alohida qadrlaydi.
Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas, balki ota-onasi, farzandlari, yaqinlari, kasbdoshlari, mahalladoshlari, millatdoshi va vatandoshi borligi uchun o‘zini baxtli his etib yashayotgan, yelib yugurayotgan, bog‘ yaratmasa-da, ezgu tilaklar bildirayotgan, tabiat go‘zalligi, kishilar o‘rtasidagi mehru oqibat, sevgi-sadoqat borligiga shukur qilib, har tongini yaxshi tilak bilan boshlaydigan kishilarning qalb tubidagi qutluq niyatidir.
2023 yil 27 iyul kungi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari hamda bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga murojaati ham ana shunday oddiy, lekin ulug‘ haqiqat asosida shakllangan. Uni katta qiziqish bilan o‘qib chiqdim. Unda ko‘tarilgan eng dolzab muammo – bu jamiyatning ruhiy-ma’naviy yaxlitligini saqlab qolish, turli axborot xurujlari, buzg‘unchi g‘oyalardan yurtimizni asrash ekanligi alohida ta’kidlangan.
Darhaqiqat, bugungi dunyo hamjamiyatida inson ruhi, qalbi, ongi va idroki sofligini saqlash murakkab ish bo‘lib qolgan. Goh televizordan saviyasizlik, didsizlikni ko‘rsatishsa, gohida esa internet yoki biror ijtimoiy tarmoqdan xalq, millat, jamiyatga qarshi buzg‘unchi g‘oyalarni aytib qolishadi. Yoki bir-ikki marta xorijga chiqib kelgan «chala vatandosh» o‘zini dunyo mohiyatini anglagandek tutadi. Bunday negativ holatlarga qarshi barchamiz birgalikda kurashishimiz kerak.
Jamiyatnig har bir a’zosi undagi har qanday jarayon, o‘zgarishlarga mas’uliyatli sanaladi. Bunda, ayniqsa, yosh, hayotga tashna, qiziqquvchan yoshlar qalbi, ongini zaharlashga undaydigan turli axboriy hurujlar ko‘payogani sir emas. Bunda sog‘lom fikrlaydigan, xalq badiiy-estetik idealini shakllantiradigan va ularni xal turmush tarziga aylantirish uchun xizmat qiladigan yozuvchi, shoir va olimlarning yetakchi vazifani bajarishi lozim.
Men murojaat va unda ilgari surilgan ijtimoiy g‘oyalar, jumladan, yurt birligi, vatan ravnaqi uchun mehnat qilish, turli g‘oyaviy kurshlarga qarshi turish kabi g‘oyalarni to‘la qo‘llab-quvvatlayman. Barchani butun iqtidor, iste’dodini yangi milliy uyg‘onish, Yangi O‘zbekiston orzusi tomon yo‘naltirishga chorlab qolaman. Bir yoqadan bosh chiqarib, vataniy axloq yo‘lida birlashib, har qanday muammoni yecha olamiz, murakkab to‘siqlarni bartaraf etamiz. Chunki biz O‘ZBЕKISTON FARZANDLARIMIZ!!!
Bu Vatan bizga Alp Er Tunga, Yo‘lliq Tegin, Jalloliddin Manguberdi, Amir Temur, Alisher Navoiy, Behbudiy, Ibrat, Abdula Qodiriy, Cho‘lpon kabi buyuk ajdodlardan meros qolgan. Biz ulug‘ ajdodlarimiz yetolmagan orzular, ular qalblarida qolgan armonlari haqqi bugungi tahlikali zamonda o‘zligimizni teran anglashimiz, aniq maqsadimiz yo‘lida faqat olg‘a yurishimiz lozim.
Bu jamiyatda biz farzandlarimiz, yaqinlarimiz bilan yashamoqdamiz. Ertaga nabiralarimiz, evaralarimiz tinch, faravon yashashi uchun biz ziyrak va hushyor yashashimiz, har bir burchakdan chiqadigan g‘alamislarni o‘z vaqtida payqab, ularning payini qirqishimiz, qolganlarga ibrat bo‘lishimiz kerak.

✍️Qahhorjon YO‘LCHIYEV,
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
https://t.iss.one/fargona\_y\_u
#Munosabat

Feruzaxon Omonova

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘linmasi rahbari

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

"Ma‘naviyat va ma‘rifat - milliy yuksalish poydevori"

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O‘zbekiston tumani bo‘linmasi rahbari Shoxruhbek Shokirov.

@fargonamanaviyhayoti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ilm-fan, ta‘lim va tarbiya, ma‘naviyat biz uchun ustuvor masaladir.

O‘zbekiston tumani 24-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi Ma‘naviy ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nafisaxon Nizamova

@fargonamanaviyhayoti
#Munosabat

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2023 yil 26 dekabrdagi 268-sonida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonovning “Ertaga kech bo‘ladi” nomli maqolasi chop etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Munosabat

Ma’naviyat va ma’rifat -ison kamoloti uchun muhim omil.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifar markazi
Farg‘ona tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi
Muyassar Maxmudova

@fargonamanaviyhayoti
#Munosabat

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishidan shunday xulosaga keldimki,  biz — ma’naviyat sohasining faollari yanada yetakchi o‘ringa chiqmog‘imiz darkor. Ma’naviy jarayonlar va bu sohani rivojlantirish faqatgina bir insonga taalluqli masala emas. Bu har bir oilaga, har bir o‘z oilasiga egalik kilmoqchi bo‘lgan ota-onaga, orzularini kelajakka bog‘lagan har bir yigit-qizga va ilm ulashayotgan har bir ziyoliga taalluqli bo‘lgan dolzarb masala.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O‘zbekiston tumani bo‘linmasi rahbari  Shoxruhbek Shokirov

@fargonamanaviyhayoti
#Munosabat

Odilxon Majidov

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshloq tumani bo‘linmasi rahbari

@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak!

Minhojiddin MIRZO,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, senator


🌐 @manaviy_markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Qatag'on qurbonlari doimo yodimizda


Shohruxbek Shokirov
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rahbari

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM