Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.18K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Fargʻona_tumani

Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Zero, insonning jamiyatdagi o‘rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma’naviy qiyofasi bilan belgilanadi.

So‘nggi yillarda yurtimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilinib, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limida tashkil etilgan “Ma’naviyat soati”da ham bugungi kunda yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, ma’naviyat sohasiga berilayotgan e’tibor to‘g‘risida fikr yuritildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargʻona_tumani
#Hech_kim_mehrdan_chetda_qolmaydi

Mehr bu insonning yuksak tuyg‘ularidan biridir. Hayotni kuzatsak, yaxshi muomala va samimiy munosabat qalblarga sevinch bag‘ishlasa, qo‘rslik va manmanlik, kibr esa kishilarga aziyat yetkazishini anglaymiz. Sevinchga to‘la qalblar yaxshilik, ezgulik istaydi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tuman bo‘linmasi tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan Yuqori Archa mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi G‘anijonov G‘anijon Dilshod o‘g‘li hamda Mamayusupov Abdurasul Karimjon o‘g‘li holidan habar olindi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargʻona_tumani

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Mamadjanova Dilbar Raxmatovna ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida ham “Konstitusiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” ekanligi to‘g‘risida fikr yuritildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargʻona_tumani

Ayol — jamiyat gultoji, borliq ko‘zgusi, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir!

Bugungi kunda ham hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda qadrini va qaddini ko‘tarish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda Xotin-qizlar bo`limi bilan hamkorlikda Dilkusho mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayol baxtli bo‘lsa-oila, butun jamiyat baxtli bo‘ladi ”shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy tadbirda ham ayollarimizni oiladagi o‘rni, jamiyatdagi mavqei ko‘rsatib berildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargʻona_tumani

Har qanday davlatning yuzi, obro‘ - e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.

Konstitutsiyada umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari, rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy amaliyoti hamda o‘zbek davlat tarixchiligi an’analari, ko‘p asrlik milliy urf-odatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalari va insonparvarlik g‘oyalari chuqur singdirilganligini uning har bir moddasidan anglash mumkin.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Kambagallikni qisqartirish va bandlikka komaklashish markazida “Konstitusiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Fargʻona_tumani

“Muqaddas burch” vatanparvarlik loyihasi doirasida umumta’lim maktablari va mahallalarda turli xil tadbirlar tashkil etilmoqda.

Anashunday tadbirlardan biri bugun Farg‘ona tumani 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida viloyat xarbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda “Men Vatanparvarman” mavzusida tashkil etildi.

Bellashuv tarzida o‘tkazilgan tadbirda jamoalar 4 ta shart bo‘yicha kuch sinashdilar. G‘olib jamoaga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_tumani

FAXRIYLAR DOIM E’ZOZDA

Farg‘ona tumani Sanoat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi "2-JAHON URUSHI" qatnashchisi, mehnat faxriysi ORIFJONOTA MO‘MINOV xonadonida viloyat hokimligi, faxriylar kengashi, xarbiy orkestr bilan hamkorlikda otaning 100 yoshi keng tantana bilan nishonlandi.

Orifjonota urush davrida bo‘lgan voqealar to‘g‘risida yosh harbiylar bilan o‘rtoqlashdilar.



🌐Rasmiy sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
#Maʼnaviyat_marifat
#Fargʻona_tumani

Ezgulik shiorimiz, maʼrifat qurolimiz!

Farg'ona tumanining "Chinor tagi" istirohat bog'ida Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Ezgulik-shiorimiz, ma'rifat qurolimiz" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_tumani
#Mánaviyat_festivali
#Bir_bolsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz

🔰2024-yil 31-iyul kuni Farg'ona tumani “Chinor tagi” istirohat bogida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

🔰Festival doirasida mahallalarda o‘tkazilayotgan loyihalar aholi, ayniqsa yoshlar qalbida milliy g‘ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizga bo‘lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_tumani
#Jaholatga_qarshi_márifat

Fargʻona tumani “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘inida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, DIQ tuman mutaxassisi bilan hamkorlikda yoshlar oʻrtasida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm, noqonuniy diniy ta’limnining zararli oqibatlari to‘g‘risida profilaktika ishlarini olib borish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muqaddas islom dinimizning insonparvarlik gʻoyalarini targʻib etish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_tumani
#Giyohvandlikka_yoʻq_deymiz

2024-yil 3-oktyabr kuni 55-sonli umumiy oʻrta taoʼlim maktabi majlislar zalida 1-30-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan giyohvandlikka qarshi kurashish " Dolzarb oylik" doirasida "Giyohvandlikka qarshi kurashamiz" mavzusida umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari,bogʻcha mudirlari,tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, tuman IIB boshligʻi birinchi oʻrinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, tibbiyot boʻlimi narkolog shifokori, milliy gvardiya, tuman bosh imom xatibi oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda giyohvandlikka oid videoroliklar namoyish etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook