Farg‘onа ma'naviy hayoti
998 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Toshloq_tuman
#Jaholatga_qarshi_ma'rifat

Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda. Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Din ishlari bo'yicha qo'mitaning tuman bosh mutaxassisi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tomondan Toshloq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida "Ma'rifat soati" o'tkazildi.
#Qo'shtepa_tumani

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN

🇺🇿Joriy yilning 11-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda 46-maktabchaga ta’lim tashkilotida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

🔹Tadbir davomida muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan ko’rgazmali chiqishlar, raqslar, she’rlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi hamda bolajonlar ijrosida vatanni madh etuvchi she’rlar qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#taqdirlash

💥Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo'linmasi tomonidan aholi o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, badiiy adabiyotga bo'lgan muhabbatni oshirish maqsadida onlayn tarzda o'tkazilgan "Intelligent kitobxon" tanlovida g'oliblikni egallagan Oltiariq tumani 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'qituvchisi Muhabbat G'ofurova tashkilotchilar tomonidan Diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

👉https://t.iss.one/Oltiariq_manaviyat
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

O'zbek xalqining o'tmishi va bugungi kuniga teran nazar tashlagan har bir inson bir holatdan hayratga tushadi. O'z boshidan ne-ne bosqinlar, qatag'onlarni boshidan o'tkazgan xalq qanday qilib o'zining yuksak qadriyatlari, ma'naviyatini saqlab qola oldi ekan? Milliy an'ana va udumlari shafqatsizlarcha tazyiqqa uchragan zamonlar silsilasidan mardona chiqqan xalqning matonati, irodasiga tan bermasdan iloj yo'q.
Dunyo tamadduniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan, zo'ravonliklardan omon chiqqan milliy-ma'naviy qadriyatlar, yuksak axloqiy fazilatlar keng quloch yoyayotgan texnologik inqilob, axborot kommunikatsiyalari asrida yemirilayotgani, olomon madaniyatining ortidagi ulkan kuchlar tomonidan yo'q qilib tashlashga urinilayotgani ham bor gap. Bugungi kunda oltinga teng ma'naviyatimizni asrab-avaylash dolzarb vazifaga aylangan. Shu maqsadda O‘zbekiston tumani Favqulotda Vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifat soati bo’lib o’tdi.