Farg‘onа ma'naviy hayoti
715 subscribers
23K photos
1.26K videos
10 files
2.23K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi Oltiariq tuman bo‘linmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib etishga alohida ahamiyat bermoqda.
Jumladan, Zarhal MFY xududida joylashgan 4-DMTM sida bolalarga tarbiyaning ana’nalarimiz bilan boyitilgan hamda yangicha yondoshuvga ega bo‘lgan uslubi tanlandi.

Unga muvofiq har kuni bolalarga o‘zbek xalq ertaklari aytilib, uyqudan oldin alla aytish yo‘lga qo‘yildi. Bu tajriba tumandagi barcha bog‘chalarga tadbiq etilishi rejalashtirilgan.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Marifat_soati

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shoxruhbek Shokirov, din ishlari bo’yicha qo’mitaning tumandagi vakili Muzaffar Hamroqulovlar tuman Obodonlashtirish bo’limi xodimlari ishtirokida ma’rifat soati hamda “Tinchlik qadri” va “Iqror manzili” filmlari namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi (rasmiy) (Абдумалик Маҳмудов)
#DIQQAT🔔

Ijodiy tanlov boshladik, do‘stlarim❗️

📌Farg‘ona viloyat hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri, davlat arbobi Enaxon Siddiqova tavalludiga 69 yil to‘lishi munosabati bilan bag‘ishlov asarlar TANLOVini e’lon qilamiz.

🔰Tanlov nazm, nasr va badiiy publisistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

🔖Qadrli do‘stlar, sevimli ustoz shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan chiqishlaringizni biz bilan bo‘lishing va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

📥 Ijodiy ishlarni 22 avgustga qadar @Forward_9665 telegram manzilida kutamiz.

🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
#Farĝona_tumani
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Ózbekiston_uchun


Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasi "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida Fargʻona tumanida konsert dasturlarini namoyish qildi.

👨‍✈️Mazkur konsert dasturida vatanparvarlikni, doʻstlik va birdamlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar bir soʻz bilan aytganda tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi

@fargonamanaviyhayoti
#Òzbekiston_tumani

"Jaholatga qarshi ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish, jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish, tinchlik va totuvlikni, globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va e’tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan axborot-tahliliy faoliyatni kuchaytirish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shoxruhbek Shokirov, din ishlari bo’yicha qo’mitaning tumandagi vakili Muzaffar Hamroqulovlar tumandagi Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida ma’rifat soati hamda “Tinchlik qadri” va “Iqror manzili” filmlari namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti