Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.96K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#marifat_karvoni
#fargona_tumani

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tmoqda

🔰 Farg'ona tumanida bo'lib o'tgan uchrashuv yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan insonlarning yodida uzoq vaqt qolishi, shubhasiz.

♻️ Poytaxtdan kelgan ziyolilar, el ardog'idagi san'atkorlar, shoir va yozuvchilar aholi bilan dildan suhbatlashmoqda, o'z ijod namunalaridan ularni bahramand etmoqda.

✏️Ayniqsa, O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning vatanparvarlik ruhidagi she'rlari ko'pchilikka manzur bo'lmoqda.

"Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova esa qonunchilikdagi yangiliklar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida to'xtalib o'tdi.


Bizning manzil:https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti
#marifat_karvoni
#Fargona_tumani

🔰 Farg'ona tumanidagi Hunarmandchilik markazida "Dilkusho", " Beruniy", "Bo'ston"," Tinchlik" mahallalarida istiqomat qilayotgan 300 nafardan ortiq aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

✏️ Ma'naviyat fidoyilari, professorlar, san'at namoyondalari ishtirok etgan tadbir katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.

📚 Nuroniy otaxon-onaxonlar Vatanimizda doimo tinchlik bo'lsin, yoshlar ajdodlariga munosib bo'lib voyaga yetishsin, deya duo qilishdi.

♻️Mutaxasislar esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirib berishdi.

📸 Uchrashuv san'atkorlarning chiqishlari bilan davom etdi.

Bizning manzil:https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti
#marifat_soati
#jarayon

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marg‘ilon shahar bo‘linmasi tomonidan shahar Davlat sanatoriya va epidemiologiya nazorati markazi xodimlari o‘rtasida "Ma’rifat soati" o‘tkazildi. Unda ma’ruzachilar RMMM Marg‘ilon shahar bo‘linmasi rahbari, "Ma’rifat targ‘ibotchilar" jamiyati a’zosi M.Yuldasheva va shahar xotin-qizlar targ‘ibot guruhi rahbari O.Kasimova belgilangan mavzular yuzasidan ishtirokchilar bilan muloqot qildilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi bayrami bilan yig‘ilganlarni tabriklab, davlat ramzlarining mohiyati, ahamiyati va bayram arafasida shaharda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi va farzandlarimizni Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilishi zarur chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi.


Bizning manzil:https://t.iss.one/fargonamanaviyhayoti
#vatanparvarlik_oyligi
#maʼrifat_soati

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Marg‘ilon shahar bo‘linmasi bilan shahar Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida Vatanparvarlik oyligi doirasida "Vatanparvarlik - oliy qadriyat!" mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbirda IIB rahbar xodimlari va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

@fargonamanaviyhayoti
#Maʼrifat_ulashib

QALBIMIZDA MAʼRIFAT ULASHISH UCHUN 100 YIL OLDIN YOQILGAN OLOV BOR

100 yil oldin. Tarix “voh” devoradigan voqealarga guvoh bo‘lgan. Kimdir qon bilan, kimdir jon bilan erk uchun kurashgan. Maʼrifatparvarlar esa yagona najot sifatida ILM mayog‘ini millat yuragiga yoqishga harakat qilgan.  Bu yo‘lda boru-yo‘g‘ini qurbon qilgan, jon bergan.

⚡️ Bugun bizga ham faqat shu bobolarimiz ko‘rsatgan ILM yo‘li —  najot yo‘lidir. Buning uchun bir-birimizga maʼrifat ulashib yashaylik.

📚 Kelinglar, jadidlar asarlari, fikrlarini o‘qib, kelgan xulosalarimizni do‘stlarimizga aytaylik, maʼrifat ulashaylik. Zero, maʼrifat tarqatish uchun bir asr oldin qattiq kurash ketgan. Bizning qalbimizda 100 yil oldin bobolarimiz yoqqan o‘t bor.

Jadid allomalardan iqtiboslar keltirib, #Maʼrifat_ulashib xeshtegi ostida do‘stlaringizga tarqatish ilm ziyosini yoyishdir go‘yo.


@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Marifat_soati

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shoxruhbek Shokirov, din ishlari bo’yicha qo’mitaning tumandagi vakili Muzaffar Hamroqulovlar tuman Obodonlashtirish bo’limi xodimlari ishtirokida ma’rifat soati hamda “Tinchlik qadri” va “Iqror manzili” filmlari namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Республика Маънавият ва маърифат кенгашининг кенгайтирилган йиғилиши бўлиб ўтди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось расширенное заседание Республиканского совета по духовности и просветительству.

#Mirziyoyev #yigilish #manaviyat #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI (Muxtasar Qodirova)
#Maʼrifat_saboqlari

Hayot shu sabab yana ham goʼzal!


✍🏻 Senga nisbatan qilgan ishlari sababli, hech kimdan gʼazablanma!

✍🏻 Аksincha xiyonat qilganlarga tashakkur et, sadoqatni oʼrgatganlari uchun...

✍🏻 Yolgʼonchilardan minnatdor boʼl, toʼgʼrilikni ajrata olishni oʼrgatganlari uchun...

✍🏻 Seni baxtsiz qilganlarning haqlariga duo qil, senga baxtiyorlikni koʼproq his ettirganlari uchun...

✍🏻 Har kimni sev, hayotingga bir maʼno baxsh etgani uchun...

✍🏻 Hayot shu sabab yana ham goʼzal, qoralar oqni ajratib bergani uchun...

Jaloliddin Rumiy

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
#Maʼrifat_saboqlari

O'qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan.

♻️ Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.

⚡️ So‘zlar haqiqat emas, bor yo‘g‘i og‘izdan chiqqan tovushlardir. Haqiqatni anglamoq uchun yashamoqqa ehtiyoj bor.

🌱 Har narsaning me’yori yaxshi. Odobning esa ortig‘i.


✍🏻 Shams Tabriziy


@fargonamanaviyhayoti
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Marifat_soati

Давлат хизматчиси соати бошланди

◽️
Вазирлик ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар, Тошкент шаҳри, шунингдек, барча туман, шаҳар ҳокимликлари раҳбар ва масъул ходимлари диққатига!

Бугунги куннинг энг муҳим ва долзарб мавзулари ҳақида маълумот бериб борувчи "Сиёсий-маърифат соати" тақдим қилинди.

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
#MAʼRIFAT_ULASHIB
#KITOBXONLIK_AKSIYASI

Rishton tumani 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi tomonidan ,, Maʼrifat ulashibʼʼ targʻibot tadbirlari doirasida maktabga 7 xil turdagi 80 dona badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi.

Aksiya doirasida maktabning ijodkor yosh shoira Rayonaxon Zokirovaga ham oʻzining shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Maktab maʼmuriyati va ota - onalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM