Farg‘onа ma'naviy hayoti
998 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.97K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Farģona_viloyati
#Beshariq_tumani

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bòlinmasi Quyi Zarqaynar mahalla fuqarolar yiģinida yoshlar yetakchisi bilan birgalikda "Jaxolatga qarsbhi ma'rifat" mavzusida mahalla faollari bilan davra suxbati òtkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Farģona_viloyati
#Beshariq_tumani
#Manaviyat_va_marifat_bòlinmasi

Tuman Ma'naviyat va ma'rifat bòlinmasi tashabbusi bilan "Boģishamol" sihatgohida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida kuy-qòshiqlar va tashkil etilgan qiziqarli savol-javoblar yig'ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bo'laroq, bunday uchrashuvlar mahallalarda davom etmoqda!

@fargonamanaviyhayoti
#Farģona_viloyati
#Beshariq_tumani
#Manaviyat_va_marifat_bòlinmasi

Farģona Politexnika Instituti bilan hamkorlikda "Yangi Òzbekistonda el aziz, inson aziz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Suxbat davomida FarPI prorektori Mirzohid Botirov, FarPI xotin-qizlar qòmitasi raisi Kamolaxon Hakimovalar sòzga chiqib bugungi kundagi islohatlar haqida yiģilganlarga gapirib òtdilar.

@fargonamanaviyhayoti
#Farģona
#eko_shahar

Asr moʻjizasi, Farg‘ona moʻjizasi deya e’tirof etilayotgan Farg‘ona shahrida barpo etilayotgan "Eko shahar"da viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tashabbusi bilan   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat hamda shahar bo‘limi tomonidan  "Hormang quruvchi, bunyodkorlar!" shiori ostida ma’naviy -ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni FarPI birinchi prorektori M. Botirov ochib, quruvchilarimiz, shahar atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotgan opa-singillarimiz  mehnatlarini ulug‘ladi, ishlariga rivoj tiladi.

"Farg‘ona", "Vatan", "Ona" kabi she’rlari bilan bunyodkorlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Yakunda faol bunyodkorlar, opa-singillarimiz viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limiming esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildilar.

@fargonamanaviyhayoti
#Farģona
#Òzbekiston_tumani
#Manaviyat_maskani_faoliyati

O’zbekiston tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskani binosida 7-umumiy o'rta ta'lim maktabining ijodkor o’quvchilar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ijodkor o'quvchilar bilan she'riyat, adabiyot, kitobxonlik kabi mavzularda suhbat bo'lib o'tdi. Shuningdek, iste'dodli va ijodkor yoshlar Yangi O'zbekistonning poydevorining asoschilari ekanligi va barcha yoshlarni Davlat har tomonlama qo'llab-quvvatlashi alohida ta'kidlandi.

@fargonamanaviyhayoti
#Farģona_viloyati
#Beshariq_tumani
#Manaviyat_va_marifat_bòlinmasi

"Xalqaro qishloq ayollari kuni" mubosabati bilan Yuqori Tovul mahalla fuqarolar yiģinida yashovchi Dòsmatova Sojida Qòldosheva Òktamoylarning holidan habar olinib moddiy va ma'naviy kòmak berildi.

@fargonamanaviyhayoti
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Farģona
#Òzbekiston_tumani
#Bayroģ_31

Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tumani bo'linmasining "18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun"ga bag'ishlangan bayram tabrigi.

@fargonamanaviyhayoti
#Farģona
#Òzbekiston_tumani
#Vatan_taraqqiyotiga_hissam
#Tanlov

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tumani bo'linmasi tomonidan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovda 1) Milliy maqom va milliy estrada, 2) Tasviriy va amaliy san'at va 3) Adabiyot va publististika yo'nalishlarida 15 dan 30 yoshgacha bo'lgan qobiliyatli yoshlar ishtirok etishdi.

Iste'dodli yoshlarning ijodiy ishlari baholandi. Tuman bosqichi g'oliblari viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.

@fargonamanaviyhayoti
#Munosabat
#Farģona_viloyati
#Beshariq_tumani

MUROJAATNOMAGA MUNOSABAT

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faollari va bir guruh ma’rifat targ‘ibotchilarining O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatini diqqat bilan o‘qib chiqdim va shukr dedim!!!

Haqiqatdan imkoniyatlari keng, jannatmakon diyorda yashaymiz, shunga javoban barchamiz yurtimiz uchun yaxshi amallar qilishlik bilan birgalikda, kelajagimizni yanada gullab yashnashi uchun, farzand tarbiyasiga befarq bòlmasligimizni anglab yetdim.
Tarbiya oilaga, ta'lim maktabga, jamiyatda qanday òrin egallash òz qòlimizda. Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va yana bir qator davlat arboblari singari vatanimiz ravnaqi, farzandlarimiz kelajagi uchun birlashaylik.
Yangi Òzbekistonni ma'naviy makonini yaratishda, yoshlarni ta'lim tarbiyada, vatanga sadoqatli, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy imunitetli, mexr oqibatlilik, mas'uliyatlilik, baģri kenglik, huquqiy madaniyatli, inovatsion fikrlaydigan hamda mehnatsevar bòlib yetishishida barchamiz javobgarmiz.
Yoshlarimiz ham imkoniyatlardan samarali foydalanib vatanimiz bayroģini yuksaklarga kòtaradigan, ishonchini oqlaydigan kard bòlib javob beradilar de
b òylayman.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Farģona viloyati, Beshariq tumani bòlinmasi rahbari Nodirabegim Mamatova.
#Keksalarni_èzozlash_haftaligi
#Farģona_tumani

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona tumani bo‘linmasi, tuman axboror-kutubxona markazi hamkorligida “Keksalarni e’zozlash haftaligi” munosabati bilan yo‘qlov tadbirlari o‘tkazildi.

Unda tumandagi turli sohalarda  ishlagan, umrini asosiy qismini yurt ravnaqi va yosh avlod tarbiyasiga sarflagan, Novkent MFY Navqiron ko‘chasida yashovchi 102 yoshni  qarshilagan onaxon Madumarova Ibodatxon ona holidan xabar olindi.

Suhbat davomida onaxon farzandlari, nabirayu chavaralarini sanab ular bilan fahrlanishni to‘lqinlanib gapirdi.
Ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilgan nuroniy  onaxon qo‘llarini duoga ochib yurtimizga tinchlik-omonlik hamda xotirijamlik tiladilar.
#Farģona_viloyati
#Beshariq_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap

Beshariq tumanida“Mahallada duv-duv gap!” tadbirlari davom etmoqda

💥Aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, kelajak avlodni milliy qadriyatlarga hurmat hissida kamol toptirish maqsadida mana bir necha kundan buyon Beshariq tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  Beshariq tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan tumanimizdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida "Mahallada duv-duv gap" tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🏫Bugun tumanimizdagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yangi" mahallasida yashovchi fuqarolar ishtirokida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat fidoyilari, nuroniylar hamda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar vakillari ishtirok etishdi.
@fargonamanaviyhayoti
#Oilalarga_kitob_ulashib
#Farģona_tumani

Farg‘ona tumanida “Oilalarga kitob ulashib” loyihasi doirasida Shohimardon qishlog`ida uzoq yillar baxtli hayot kechirayotgan Komilov Shoirjon va Zoxidaxon, Mirzayev Valijon hamda Najibaxonlar oilalarga tashrif buyurilib, holidan xabar olindi, badiiy kitoblar taqdim etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farģona
#Oltiariq
#Mànaviyat_festivali

Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo'linmasi tomonidan Fayziobod MFY hududidagi 16-maktabda "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Ma'naviyat festivali" bo'lib o'tdi.

Festivalda tuman hokimi o'rinbosari A. Islomov, shuningdek tumandagi tashkilot va muassasalar vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdilar.

Oltiariqlik san'atkorlar Elbek Madaliyev, Farruxbek Nabiyev, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Shuhrat Ahmedov va boshqa bir guruh san'atkorlar o'z qo'shiqlari va she'rlari bilan yig'ilganlarni hushnud etdilar.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ko'rgazmali chiqishlari barchaga manzur bo'ldi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farģona
#Oltiariq
#Mahalla_kutubxonasi
  
Fayziobod mahalla fuqarolar yig'inida yangi kutubxonaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
   
Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman Axborot kutubxona markazi, mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdilar.

"Ма'naviyat festivali" doirasida yangi kutubxonaga kitoblar jamlanmasi topshirildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farģona
#Oltiariq
#Màrifatli_xonadon

Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi va 16-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Ма'rifatli xonadon" aksiyasi doirasida xonadonida kutubxona tashkil qilgan Fayziobod MFY da istiqomat qiluvchi faxriy ustoz Abdumutallub Xolmatov oilasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida oila kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Ushbu ma'naviy tadbirlarni yuksak darajada tashkillashda 16-maktab direktori Ahrorjon Madaminovning xizmatlari katta bo'ldi. Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tomonidan maktab rahbariga minnatdorchilik bildirilib, sovģa topshirildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Konstitutsiya_32
#Farģona_viloyat_bòlimi

📚 2024-yil 2-dekabr kuni Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi tomonidan viloyat Elektr tarmoqlari UKda 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi mutaxasisi, ma'rifat targ'ibotchisi Sh. To'ychiyev, Farg'ona davlat universiteti professori S. Mannopov hamda Farg'ona shahar adliya bo'limi bosh yurist konsultanti U.Ismonaliyevlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farģona_viloyat_Mànaviyat_va_màrifat_bòlimi

📅 Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi rahbari va viloyat "Ma'rifat" targ'ibotchilari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

📒 Uchrashuvda "Ma'rifat targ'ibotchilari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va viloyatda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda kelgusida hamkorlikda targ'ibot tadbirlari tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farģona_viloyat_Mànaviyat_va_màrifat_bòlimi
#Monitoring

📅 2025-yil 23-yanvar kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi rahbari M.Turimov va bo'lim va bo'linma xodimlari tomonidan Farg'ona shahridagi 33-umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati yuzasidan monitoring o'tkazildi.

Monitoring davomida maktabda ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar holati, o'quvchilarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📒 Monitoring davomida maktabda ma'naviy-ma'tifiy sohada amalga oshirilishi zarur bo'lgan masalalar yuzasidan maktab jamoasiga ko'rsatmalar berildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook