Farg‘onа ma'naviy hayoti
766 subscribers
22.8K photos
1.2K videos
9 files
2.16K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Farg'ona viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Farg‘ona viloyati bo‘limi Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida quyidagi vakant lavozimlariga ochiq tanlov eʼlon qiladi:

- Bag`dod tuman bo`linmasi rahbari;

- Yozyovon tuman bo`linmasi rahbari.

❗️Arizalar 06.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

☎️ Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Farg'ona viloyati filiali 73-243-92-28
☎️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi 73-244-68-79

▪️ Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
#Farg'ona
#Quva tuman


"Zakovat"

Quva tumani 64-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Finalda o'quv yili davomida o'tkazilgan bosqichlarda g'alaba qozonib yetib kelgan 11-B va 8-A sinf o'quvchilari o'zaro kuch sinashdilar.

G'oliblarga esdalik sovg'alari, tashakkurnomalar, pul mukofotlari hamda ramziy magistr qalpoqlari topshirildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona
#Quva tumani


26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb e'lon qilingan. Quva tumanida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" chellenji start oldi.

Loyihadan ko'zlangan maqsad aholi o'rtasida giyohvandlikni oldini olish va sog'lom turmush tarzini targ'ib etish.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farg‘ona_24,
#6_avgust

So‘x tumanida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!’’ shiori ostida ma’naviyat tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona_viloyati
#Quva_tumani

#Zakovat

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–96-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat intellektual” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan turli soha vakillari o‘rtasida intellektual o‘yinlar tashkil etib borilmoqda.

Shu maqsadda 2024 yilning avgust oyida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Quva tumani bolinmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bolinmasi xamda Axborot kutubxona markazi hamkorligida tumandagi uyishmagan yoshlar o`rtasida "Ma'naviyat kubogi" doirasida “Zakovat intellektual” o'yini o'tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona
#Ma'naviyat va mar'rifat
#Quva tuman

#xon_atlas

Quva tuman kasb-hunar maktabi tomonidan o’zbek milliy liboslariga mehr uyg’otish va ommalashtirish, milliy urf-odatlarimizni targ’ib qilish maqsadida “Xon atlas” festivali o’tkazildi.

📎Kasb-hunar maktabi o’quvchilari tomonidan milliy liboslar, milliy urf-odatlar, kuy-qo’shiqlar, raqslar va sahna ko’rinishlari tomoshabinlarga taqdim etildi.

🎁Faol qatnashgan o’quvchilar tadbir so’ngida estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar!

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona
#Ma'naviyat va mar'rifat
#Quva tuman


"XON ATLAS" festivali

Quva tuman Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida "XON ATLAS" festivali ko'tarinki ruhda bo`lib o`tdi.

Tadbirda talaba qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimizni talqin etuvchi she'r va laparlar aytilib, raqslar ijro etildi.

Rangbarang atlas va adras kiyimlarda qizlarning "Kelin salom" chiqishlari, turli milliy urflarda tikilgan liboslar ko`rgazmalari ko‘zlarni quvnatdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona
#Ma'naviyat va ma'rifat
#Quva tuman


"Jaholatga qarshi ma'rifat"

Quva tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda Quva tumani din ishlari qo'mitasi bosh mutaxassisi F. O. Aminov, Milliy gvardiya psixolog- inspektori M. Abduraupov, Katta Dehqonobod MFY yoshlar yetakchisi SH. Shokirov, maktab direktori M. Ergasheva, MMIBDO' Z. Rahmonovlar ishtirok etdilar.

Yig'ilishda o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishlarini oldini olish bo'yicha suhbat o'tkazildi va videoroliklar namoyish etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona
#Ma'naviyat va ma'rifat

#Quva_tuman
#Konistitutsiya_32

🇸🇱 “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi Quva tumanida keng nishonlandi


Ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida sektor rahbarlari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, tadbirda tuman hokimi Xalimjon Umarov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir qatnashchilarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi o‘z so‘zida barchamiz uchun muqaddas sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun har bir yurtdoshimiz o‘zgacha faxr-iftixor va yuksak g‘urur bilan nishonlaydigan ayyomga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tuman Adliya bo‘limi rahbari Gulnozaxon Qodirova tomonidan bosh qomusimizning qabul qilinishi tarixi, yangilangan Konstitutsiyamizning inson manfaatlariga xizmat qilishi, jamiyatimizda inson huquq va manfaatlarini oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi qayd etildi.

Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limining iste’dodli honandalari, makatabgacha ta’lim muassasalarining iqtidorli bolajonlari tomonidan taqdim etilgan badiiy dastur tadbir qatnashchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbirlari tuman bo‘ylab ken nishonlanmoqda

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
new
#Farg‘ona_24

Quvasoy shahar “Qoʻchqorchi” mahalla fuqarolar yigʻinida yangitdan taʼmirdan chiqarilgan Oʻzbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon xiyoboni, uning nomidagi muzey hamda mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Farg'ona
#Ma'naviyat va ma'rifat

#Quva_tumani
#Davlat_xizmatchisi_kutubxonada_bir_kun

Viloyatimiz bo`ylab “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasi keng miqyosida o'tkazib kelinmoqda.

Ushbu loyiha doirasida tumandagi davlat xizmatchilarini kitobxonlik, mutolaa madaniyatini oshirish va faol kitobxonlarning safini yanada kengaytirish sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuman hokimligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Quva tuman bo`linmasi jamoasi ham ushbu loyihada faol ishtirok etib kelmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook