Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.21K subscribers
22.2K photos
1.08K videos
8 files
1.95K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Kutganmidingiz
#Sòx_tumanida
#Kitob_taqdimoti

"So'x-qadimiy va so'lim maskan"

Ushbu kitob Farg'ona viloyati Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi homiyligida chop etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Jarayon #Kitob_taqdimoti
#Bag'dod_tumani
"Yillarni hayratga solgan totuvlik"

Bag‘dod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari, podpolkovnik, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a'zosi G‘ayratjon Boltaboevning "Yillarni hayratga solgan totuvlik" nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰 Tadbirda, kitob qahramonlari - muallifning sinfdosh do‘stlari, ustozlarining va vafot etgan sinfdoshlarining farzandlari qatnashdilar.

🔰 Mehmonlar safida fan doktori, professor Burhon Nabiyev ham bo‘lib, muallif va yangi kitob haqida iliq fikrlar aytdi.

🔰 Bu sinfdoshlar maktabdagi tahsilni tamomlaganlariga 55 yil bo‘lgani munosabati bilan bugun diydor ko‘rishdilar va o‘zlari haqida shirin xotiralar asosida yozilgan kitob taqdimotida hamsuhbat bo‘ldilar.

🔰 Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, barcha uchun ma'naviy ozuqa bo‘ldi.

📝 Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bag'dod tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi O.Xatamov
@fargonamanaviyhayoti
#Yangi_Oʻzbekiston_fidoyisi
#Kitob_taqdimoti

🔷 Rishton tuman Madaniyat markazida Fargʻona viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan Prezidentimiz tashabbuslari bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi Ijtimoiy - maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan chop etilgan "Yangi Oʻzbekiston fidoyisiʼʼ qoʻllanmasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🔷 Taqdimotni Fargʻona viloyati Maʼnaviyat targʻibotchilari guruhi rahbari Sh.Toʻychiyev ochib berdi va qoʻllanma bilan barchani tanishtirdi.

🔷Shundan soʻng taniqli ziyolilar, mehmonlar qoʻllanma haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.

🔷Qoʻllanma bugungi kundagi eng dolzarb masalalarni oʻz ichiga olib, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida ona Vatanga muhabbat, el yurtga sadoqat, muqaddas anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Oʻzbekiston_tumani
#Kitob_taqdimoti

“Men ham harbiy boʻlaman”
kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi

🔰O'zbekiston tumani Barkamol avlod bolalar maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔰Taqdimotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O'zbekiston tuman bo‘linmasi xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va o‘quvchi-yoshlar  ishtirok etdi.

🔰Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilgan.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargʻona_viloyati
#Oltiariq_tumani
#Kitob_taqdimoti

“Men ham harbiy boʻlaman” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi

❇️Oltiariq tumani 14-umum ta'lim maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti bo'lib o'tdi.

❇️Taqdimotda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oltiariq tuman bo‘linmasi xodimlari, tuman Mudofaa bo'limi, Milliy gvardiya xodimlari, o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari  ishtirok etishdi.

❇️Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilgan.

❇️Tadbir mobaynida umumta'lim maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan ustozlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook