Farg‘onа ma'naviy hayoti
987 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
Shakarobod va Oqtepa mahallasi aholisi ham “Mustaqillik oqshomi” hamda “Ma’naviyat festivali” tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda nishonladilar

❇️Xabar berib borilayotganidek, O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

❇️Istiqlolimizning 33 yilligi munosabati bilan tashkillanayotgan “Mustaqillik oqshomlari” shodiyonalari hamda “Ma’naviyat festivali” tadbirlari Shakarobod va Oqtepa mahallasida ham keng nishonlandi.

❇️Tadbirlarda ishtirok etgan tuman hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi va jamoat tashkilotlari vakillari hudud ahlini qutlug‘ bayram bilan muborakbod etib, mahallalarimiz qiyofasi yanada go‘zal va obod, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lishiga tilaklar bildirdi.

❇️Tashkillangan konsert dasturlari, ona Vatanni, istiqlolimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga jo‘shqin kayfiyat ulashdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Fargona_viloyati
#Oltiariq_tumani
#Mánaviyat_festivali
#Galakonsert

"Bir bo'lsak-yagona xalqmiz-birlashsak vatanmiz! "

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan Oltiariq tuman Jo'rak mahalla fuqarolar yig'inida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir tashabbuskori Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo'linmasi rahbari A.Yursunov va mahalla raisi Q.Hoshimovlar yig'ilganlarni Mustaqilligimizning 33-yillik bayrami bilan muborakbod etdilar.

Tadbirda hushovoz honandalar tomonidan kuy va qo'shiqlar ijro etildi. Tun yarmigacha davom etgan 500 nafardan ortiq aholini qamrab olgan tadbir Jo'rak MFYga bayram shukuhini olib kirdi.

Oltiariq tumanida mustaqillik bayrami tantanalari rejaga muvofiq davom etadi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Mánaviyat_festivali
#Fargʻona_viloyati
#Furqat_tumani

🔰O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan  "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida  “Ma’naviyat festivali”  doirasida  hududlarda turkum tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

🔰Furqat tumani Bekobod MFYda ham "Bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz! mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔰Shuningdek, tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari Mustaqilligimizning "Bir bo‘lsak yagona-xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostidagi konsert dasturi taqdim etildi.

🔰Milliy qadriyatlarni mustahkamlash va mazmunli xordiq chiqarishga ko‘maklashuvchi bu kabi madaniy-ma'rifiy tadbirlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook