Farg‘onа ma'naviy hayoti
966 subscribers
22.4K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
"Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshloq tumani boʻlinmasi, tuman madaniyat boʻlimi hamda Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda "Istiqlol" mahalla fuqarolar yigʻinida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi “Maʼnaviyat festivali” koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

Festival doirasida mahallalarda oʻtkazilayotgan loyihalar aholi, ayniqsa yoshlar qalbida milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan ijro qilingan qoʻshiqlar barchaga birdek manzur boʻldi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
"Mustaqillik oqshomlari"-baxtiyor elning taronasi

O‘zbekiston tumanidagi barcha mahallalarda o‘tkazilayotgan “Mustaqillik oqshomlari” shodiyonalari xalqimizning ulug‘ va ardoqli ayyomi-Istiqlol bayramiga tayyorgarlikning eng munosib va betakror ifodasidir.

Istiqlolimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantana bugun “Sulaymon” mahallasida ham shodu-xurramlikda keng nishonlandi.

Bayram kechasida tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev boshchiligidagi sektor rahbari ishtirok etib, obod mahalla egalari-sulaymonliklarni qutlug‘ ayyom bilan qizg‘in tabrikladilar.

Badiiy dasturlar namoyishi, xushovoz san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, shodon raqslar barchaga hush kayfiyat va zavq bag‘ishladi

Yakundagi yorqin mushakbozlik esa ishtirokchilarning bayramona kayfiyatini yanada ko‘tardi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz shiori ostida “Ma’naviyat festilavi”

🔰Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra joylarda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbirlari tashkillanmoqda.

🔰Uchko’prik tumanida mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uch avlod uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, milliy kino kunlari, sayillar, madaniyat va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔰“Oltinvodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda madaniyat bo‘limi tomonidan eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayramiga bag‘ishlab tashkillangan madaniy-ma’rifiy tadbirda mazkur mahallada yashovchi 200 nafarga yaqin aholi vakillari ishtirok etdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook