Farg‘onа ma'naviy hayoti
987 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
"Uch avlod uchrashuvi"

Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go‘zal an’anaga aylandi.

Shu maʼnoda, Quva tumani Namuna mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 96 yoshni qarshilagan Yunusov Xusanxon xoji otaning suhbatidan baxramand boʻlindi.

Suhbat davomida Xusanxon xoji ota  keyingi yillarda ro‘y berayotgan tarixiy o‘zgarishlar va yangilanishlarning mag‘zini chaqish, mazmunini ong-u qalb bilan anglab yetish va uni ko‘z qorachig‘idek asrash har bir hamyurtimizning fuqarolik burchi ekanligini ham aytib o‘tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT

🔰So‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishi, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki boshqa omillar bilan kurashish va ildizini qirqishga, birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligi xech kimga sir emas.

🔰Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshloq tuman boʻlinmasi,  diniy ishlar boʻyicha qoʻmitaning tumandagi bosh mutaxassisi T.Abdullayev hamda tuman XDP raisi, Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati aʼzosi T. Soliyevlar tomonidan tumandagi Guzarboshi mahalla fuqarolar yigʻinida aholi ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat bilan" shiori ostida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidada  targʻibot tadbiri tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
MA'NAVIYAT OQSHOMLARI

🎬Kinokarvon loyihasi
#Toshloq_tumani
#kino_vaqti

🔰Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshloq tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan Axshak mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun #Kino_vaqti xeshtegi ostida "Ilhaq" nomli kinofilm namoyish etildi.

🔰Aholining kechgi dam olish vaqtlarini ma‘zmunli va maroqli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan bunday #kino_vaqti loyihasi tumanning  barcha mahallalar bo’ylab davom etadi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona

Margʻilon shahrida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasida "Maʼnaviyatli oila" tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

Tadbir davomida Margʻilon shahridagi Guliston, Zuxro, Nadirmat, Qirguli MFYlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona

Marg’ilon shahridagi 23-maktabda Guliston, Zuxro, Qirguli, Nadirmat hamda Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inlari aholisi uchun “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida boʻlib oʻtayotgan “Ma’naviyat festivali” tadbiridan foto lavhalar.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook