Farg‘onа ma'naviy hayoti
966 subscribers
22.4K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Maʼnaviyat_festivali
#Fargʻona

Beshariq tumanida bo’lib o’tayothan “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Ma’naviyat festivali” davom etmoqda.

Navbahor MFYda joylashgan “Shewood desing” korxonasida ishchi xodimlar uchun madaniy dastur tashkillandi. Mehnatkash ayollar ko’ngliga quvonch ulashildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
Milliy libos- ma'naviyat ko'zgusi

❇️O‘zbek xalq milliy liboslari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi.

❇️Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi.

❇️Shu maqsadda O'zbekiston tuman Oila va xotin qizlar bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birga tumandagi Barkamol avlod bolalar maktabida ham "Milliy libos ma'naviyat ko'zgusi" nomli milliy liboslar namoyishi  hamda "Men O'zbekiston farzandiman" nomli rasmlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
Mahalla ahlini ezgu maqsadlar sari birlashtirgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Hushyor mahalla fuqarolar yig‘inida “Ezgulik shiorimiz, ma’rifat qurolimiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mazkur hududda joylashgan mahallalarning aholisi, yoshlar va nuroniylar ishtirok etdilar.

Tadbirda qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyevlar so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilariga samimiy tilaklarni bayon etdilar.

Tadbir jarayonida “Besh tashabbus olimpiadasi” Respublika bosqichining yengil atletika yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 nafar hushyorlik yosh sportchilar – Sherali Qurbonaliyev, Biloliddin Fattoyev, Rashodjon Jumaboyev va Jahongir Toshmamadovlarga tuman hokimligi tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.