Farg‘onа ma'naviy hayoti
984 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Bağdod_tumani
#Eng_yosh_mànaviyatchi_2024

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 345–F/61-sonli Farmoyishi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 6-iyundagi 81-F-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida, hamkor tashkilot mas'ullari ishtirokida “Eng yosh ma’naviyatchi – 2024” ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.

Tanlovdan ko'zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Vazirlik va idoralarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning sohadagi faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

Natijaga ko'ra 42-maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Mamajonova Gulnoza Xasanboy qizi g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma hamda esdalik sovg'alarni qo'lga kiritdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Bağdod_tumani
#Gerbim_iftihorim

2-IYUL O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN.
Ushbu sana munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markaziBag'dod tumani bo‘linmasi tomonidan Axborot kutubxona markazi xodimlari va yoshlar o'rtasida #Gerbim_iftihorim shiori ostida davra suhbati va chellenj bo'lib o'tdi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Bağdod_tumani
#Márifatli_oila

Oila har bir jamiyatning boshlangʼich boʼgʼini hisoblanadi. Oila mustahkam, tinch, halol va pok boʼlsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon boʼladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzgʼunchilik boʼlsa, oʼsha jamiyat buziladi, tinchi yoʼqoladi, u oqibatda chuqur tanazzulga yuz tutadi. baxtli oilalar tufayli baxtli jamiyat vujudga kelishini uqtirdi.

Oila toʼgʼrisida gapirilganda koʼz oʼngimizda avlod-ajdodlarimiz namoyon boʼladi. Inson ana shu tarbiya o‘chog‘ida tugʼiladi, voyaga yetadi. Oʼz hayoti davomida inson har doim oilaga, vatanga, doʼst-birodarlariga sodiq boʼlib yashashi kerak.

Bag‘dod tumani axborot- kutubxona markazi kutubxonachisi tomonidan Samarqand va Qo‘shtegirmon Mahalla fuqorolar yig‘ini "Ma'rifatli oila" dasturi doirasida oilalar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.