Farg‘onа ma'naviy hayoti
973 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#xotira_va_qadrlash_kuni
#Toshloq_tumani

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshloq tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan tuman hokimligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi hamkorligida Toshloq tumani "Xonariq" mahallasida yashab oʻtgan Oʻzbekiston qahramoni Komiljon Mamajonovni nomini abadiylashtirish, uning ibratli hayot yoʻlini yosh avlodga naʼmuna qilib koʻrsatish maqsadida "Fidoyilik" mavzusida xotira tadbiri boʻlib oʻtdi.

Xotira tadbirida qahramonimiz qishloq va mahallalarni obod qilish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, qishloq xoʻjaligi sohasini malakali kadrlar bilan taʼminlash ishlarida tashabbus koʻrsatganligi tadbir ishtirokchilari tomonidan eʼtirof etildi.

Komiljon ota Mamajonov 1989-yil “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan paxtakor” faxriy unvoni va 1995-yil 25-avgust kunidagi Prezident farmoni bilan “Oʻzbekiston qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#sharaf_lentasi_ulash
#Toshloq_tumani

🎗Fargʻona viloyati boʻylab 9-may—Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan milliy bayrogʻimiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatish chellenjiga start berildi. 

⭕️ Chellenjda Toshloq tumanida davom etmoqda.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sharaf_lentasi_ulashib
#Toshloq_tumani

Toshloq tumanidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Bugun 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Zarkentdagi xotira maydonida ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz va o‘tganlar xotirasini yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yildi.

Unda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, yoshlar va jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi tuman bo‘linmasi hamda yoshlar tomonidan #sharaf_lentasi_ulash chellenj davom ettirilib tadbir ishtirokchilariga sharaf lentalari tarqatildi.

Tadbir so‘nggida mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Toshloq_tumani
#Maʼnaviyat_maʼrifat
#Onalarga_ehtirom

Toshloq tuman hokimligi,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Hamrak MFYda "Onalarga ehtirom" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan, nogiron farzand parvarishlayotgan, yoshi ulug‘ nuroniy onalar va mahalla ayollari ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Toshloq_tumani
#Chellenj
#Gerbim_faxrim

Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligiga 32 yillik munosabati bilan tumandagi korxona, tashkilotlarda va aholi ishtirokida chellenj o'tkazildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Toshloq_tumani
#Eng_yosh_manaviyatchi_2024

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, ijtimoiy davlat qurishga mas’ul, amalga oshirilayotgan islohotlarda daxldorlik hisini tuyadigan yoshlar portretini shakllantirishning ilmiy asosini yaratish maqsadida, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tumani bo‘linmasi tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazida “Eng yosh ma’naviyatchi – 2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik tanlovdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash vazirlik va idoralarga ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning sohadagi faoliyati samaradorligini oshirishni oshirishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari hakamlar tomonidan munosib baholanib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari, kitoblar jamlanmasi va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.#Toshloq_tumani
#Toshloq_tumani
#Siyosiy_ma’rifat_soati

Navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

Bugungi siyosiy-ma’rifat soati mashg‘ulotlari Toshloq tumani hokimligi va bir qator tashkilotlarda ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

O‘quv ishtirokchilariga yurtimiz va xorijda ro‘y berayotgan muhim mavzular. Prezidentimiz ishtirokidagi asosiy tadbirlar tafsiloti. "Yaponiyada ta’lim tizimi”, "Mahalladan gapiramiz" hamda "Mutolaa vaqti" ruknlari bilan tanishtirildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi , Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu o‘quvlarda tuman hokimligi xodimlari ham faol ishtirok etib kelishmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Toshloq_tumani
#Maʼnaviyat_maʼrifati
#Biz_bir_bõlsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz!

Davlatimiz rahbari raisligida  2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig‘ilishida  yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorlik hissini oshirish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan bugun  Toshloq tumani So‘filar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 300 ga yaqin aholi ishtirok etdi.

Shu kabi tadbirlar tumanning chekka hududlarida ham davom etmoqda.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
MA'NAVIYAT OQSHOMLARI

🎬Kinokarvon loyihasi
#Toshloq_tumani
#kino_vaqti

🔰Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshloq tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan Axshak mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun #Kino_vaqti xeshtegi ostida "Ilhaq" nomli kinofilm namoyish etildi.

🔰Aholining kechgi dam olish vaqtlarini ma‘zmunli va maroqli o‘tkazishlari uchun tashkil etilgan bunday #kino_vaqti loyihasi tumanning  barcha mahallalar bo’ylab davom etadi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.
#Fargʻona
#Toshloq_tumani
#Kinokarvon
   
Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy  muhitni sogʻlomlashtirish, aholiga madaniy xordiq olishlari uchun shart-sharoit yaratish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, ularni  qalbida  vatanparvarlik  hissini oshirish maqsadida, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshloq tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan "Doʻstlik" va "Furqat" MFYlar aholisi uchun "Bir yuz bir" nomli kinofilm namoyish etildi.

🌐Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook.