Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati
🔰TASHABBUSKORLIK – faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, da'vat etish, ijodiy yondashishda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

🔰HASHAR — o‘zbek xalqining azaliy urf-odatlaridan bo‘lib, jamoaviylikni o‘zida to‘liq aks ettiradi. Hashar hayotiy muammolarni birgalikda hal etish usuli, jamoa hayotiga oid moddiy-maishiy va ma’naviy mazmundagi umumiy faoliyatdir. Hasharda o‘zbek oilalari birgalashib bir-biriga beg‘araz yordam ko‘rsatadi, inshoot va binolar tiklaydi, nochorlarga yordam uyushtiradi. Mahalla, qishloq, jamoa hududlariga oid muammolarni hal qilishda ham, atrof-muhit tozaligi, obodonlashtirishga doir ishlarda ham hashardan foydalanilgan. Xalqimizga xos bu qadimiy udum bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasdan kelmoqda.

🔰ORIYAT –inson ma’naviy qiyofasiga xos izzat-nafs, qadr tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha.
▫️Oriyat insoniy xususiyat bo‘lib, oriyatli inson o‘zi va oilasi, millati va Vatanining izzat-nafsini, qadrini yuksak tutadi. U o‘zini ham, o‘zgalarni ham qadrlay biladi.
▫️Oriyat insonning xatti-harakati, o‘zini tutishi, muomalasida ifodalanadi. Inson oriyati oilasi va butun millatning oriyatini ifoda etadi.
▫️O‘zgalar qadr-qimmati, sha’nini o‘z qadr-qimmati, sha’ni darajasida ko‘radigan oriyatli inson yuqori obro‘ga ega bo‘ladi. U hamisha adolat uchun kurashadi, bunda uning eng asosiy ko‘makchisi pok vijdonidir.
▫️Oriyat shaxsni – shaxs, millatni – millat, davlatni – davlat sifatida saqlab qolishga xizmat qiladi.
▫️Oriyat insonni noto‘g‘ri, nojo‘ya xatti-harakatlardan asraydi. Chunki bunga uning vijdoni, oriyati yo‘l qo‘ymaydi.

🔰MUOMULA ODOBI – insonlararo muloqotda namoyon boʻladigan odob-axloq belgisi boʻlib, soʻzlashuv madaniyatini tartibga soladigan hamda shaxs xulqi goʻzalligini aks ettiradigan maʼnaviy-axloqiy xususiyatni ifodalovchi tushuncha.
▫️Muomala odobida xushfeʼllik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinsoʻzlik, ochiqkoʻngillik singari axloqiy meʼyorlar muhim ahamiyatga ega.
▫️Muomalaning asosiy manbasini soʻz tashkil etadi. Unga koʻra, yaxshi-yomon soʻz kishi ruhiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi: yaxshi soʻz bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon soʻz bilan muomala qilinsa – yomonlik.
▫️ Axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi. Muomala odobining yana bir “koʻzgusi”, bu – insoniy qarash, nigoh, soʻzsiz harakatlar.
▫️Muomala odobi kishilarning bir-biriga taʼsiri, tarbiya va oʻz-oʻzini tarbiya etish vositasi sifatida shaxslararo munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔰IJTIMOIY HARAKAT– birgalikda, uyushgan holda jamiyat miqyosida amalga oshiriladigan harakat shaklini ifoda etadigan tushuncha. Ijtimoiy harakat ijtimoiy borliqning atributiv va universal xarakteristikasidir.
◽️Ijtimoiy harakat jamiyatdagi moddiy va ma’naviy jarayonlarni qamrab oladi.
◽️Tarixiy taraqqiyotni materializm nuqtai nazaridan tahlil etuvchi faylasuflar moddiy jarayonlarni ifoda etadigan ijtimoiy harakatning ustuvorligini qayd etsa, ularning muxoliflari bo‘lmish idealistlar ma’naviy jarayonlarni ifoda qiladigan ijtimoiy harakatning hal qiluvchi rolini isbotlashga urinadi. Biroq moddiy va ma’naviy jarayonni abstraksiyadagina bir-biridan ajratish mumkin.
◽️Ijtimoiy harakat haqida gapirganda, nafaqat moddiy elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik hamda real o‘zgarishlarni, balki ular orasidagi turli munosabatlarni ham nazarda tutmoq zarur.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
🔰IJTIMOIY HARAKAT– birgalikda, uyushgan holda jamiyat miqyosida amalga oshiriladigan harakat shaklini ifoda etadigan tushuncha. Ijtimoiy harakat ijtimoiy borliqning atributiv va universal xarakteristikasidir.
◽️Ijtimoiy harakat jamiyatdagi moddiy va ma’naviy jarayonlarni qamrab oladi.
◽️Tarixiy taraqqiyotni materializm nuqtai nazaridan tahlil etuvchi faylasuflar moddiy jarayonlarni ifoda etadigan ijtimoiy harakatning ustuvorligini qayd etsa, ularning muxoliflari bo‘lmish idealistlar ma’naviy jarayonlarni ifoda qiladigan ijtimoiy harakatning hal qiluvchi rolini isbotlashga urinadi. Biroq moddiy va ma’naviy jarayonni abstraksiyadagina bir-biridan ajratish mumkin.
◽️Ijtimoiy harakat haqida gapirganda, nafaqat moddiy elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik hamda real o‘zgarishlarni, balki ular orasidagi turli munosabatlarni ham nazarda tutmoq zarur.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati
🔰TASHABBUSKORLIK – faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, da'vat etish, ijodiy yondashishda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
🔰TASHABBUSKORLIK – faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, da'vat etish, ijodiy yondashishda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati
🔰FUQARO MADANIYATI – fuqaroning insoniy rivojlanganlik darajasi, uning ijodiy kuchi, maʼnaviyati, maʼrifati va qobiliyatining amalga oshish imkoniyatlari boʻlib, u har bir fuqaroning hayoti va faoliyatini tashkil etishda, boshqalar bilan munosabatlarini belgilashda, faoliyati yoʻnalishlarida koʻzga tashlanadi.
Fuqaro madaniyati koʻp qirrali tushuncha, unda insoniyat tomonidan moddiy, maʼnaviy hayotda qoʻlga kiritilgan, bilim, tafakkur, tajriba, urf-odat va anʼanalar uygʻun faoliyat tarzida namoyon boʻladi.
Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish tamoyillari fuqaro madaniyati bilan uzviy bogʻliq.

🔰OSTONA – uyga, hovliga kirish joyi, darvozaning tagiga oʻrnatilgan yogʻoch; muayyan chegara, belgilangan maskanni anglatuvchi tushuncha.
Xalqimizda uy ostonasi, hovli ostonasi, eshik ostonasi, darvoza ostonasi, qoʻshnining ostonasi kabi iboralar ishlatiladi. Baʼzan ostona soʻzi oʻrnida yashash majmuasi nazarda tutiladi.

🔰AXLOQIY AQIDALAR – maʼnaviy hayot talablari, insonning yurish-turishi, xulq-atvori, muomalasini tartibga solib turadigan, boshqarib boradigan axloqiy tushunchalar tizimi.
Axloq oʻzining meʼyor va qoidalari yordamida inson odobini boshqarib boradi.
Masalan, yaxshilik va yomonlik, baxt, adolat, burch, vijdon, or-nomus, mehr-oqibat, shaʼn, uyat, mehnatsevarlik, jamoa ruhi bilan yashash, vatanparvarlik, insonparvarlik, oʻzaro hurmat, hamkorlik, tichliksevarlik, komillik kabi tushunchalar axloqiy aqidalarning tarkibiy elementidir.

🔰IMIJ — odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz.

🔰QADR – muayyan qadriyatning yaʼni, biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushuncha.
Qadr tilimizda xilma-xil maʼnoni anglatadi va maʼnaviy qiyofamizni koʻrsatadigan sermazmun tushunchalardan biri hisoblanadi.

🔰OMMAVIY MADANIYAT– madaniyatning murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan oʻziga xos shakli.
Ommaviy madaniyatni Gʻarb madaniyati bilan bogʻliq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni gʻoyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan.
Ayni paytda, folklor, xalq madaniyati ham ommaviy madaniyat koʻrinishlari sifatida talqin qilinadi.
Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega.

🔰IJODIY TAFAKKUR – erkin fikrlash va ijodkorlik tamoyili ustuvor bo‘lgan tafakkur shakli.
U voqea-hodisalarni qiyoslash, taqqoslash, tahlil etish asosida fikrni rivojlantirish, uning yangi-yangi qirralarini ochish, shu tariqa bilim va tasavvur dunyosini boyitib borishni anglatadi.
Ijodiy tafakkur – jamiyatni ma’naviy yangilash, odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, ezgu g‘oyalar tantanasini ta’minlashning muhim shartidir.

🔰NUTQ ODOBI – nutqiy muloqot qoidalari, tamoyillari va shakllarining yigʻindisi, muomala madaniyati sinonimi, ijtimoiy faoliyat sohalari bilan bogʻliq madaniy meʼyorlar majmui.
◽️Nutq odobining madaniy meʼyorlari minnatdorchilik, tilak bildirish, kechirim soʻrash, iltimos qilish, taklif qilish, maslahat berish. Ishga aloqador suhbatning mazmuni, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishdan tashqari, yupatish, hamdardlik bildirish, shuningdek, mulozamat, qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilmaslik usullarini ham odob doirasida ifoda etish va bayon qilish muhim oʻrin tutadi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MARKAZ XABARLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM