Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.89K subscribers
22.4K photos
1.12K videos
8 files
2.02K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Õzbekiston_tumani

Sen millat g'ururisan, ona tilim

Ulkan boyligimiz va bebaho mulkimiz bo'lgan O'zbek tilimizga davlat tili maqomi berilgan  21 oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni yurtimizda katta ko'tarinkilik bilan nishonlanmoqda. O'zbekiston tumanida ham “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 34 yilligi va mazkur bayram keng tantana qilinmoqda. Tuman hokimligi va hamkor muassasalar tashabbusi bilan joylarda “Qadring baland bo'lsin, ona tilim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Qutlug' shodiyona munosabati bilan bugun tumandagi 23-sonli musiqa va san’at maktabida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

Unda tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tumani bo‘linmasi, tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari, ijodkorlar, iqtidorli yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

@fargonamanaviyhayoti
O‘zbek tili bayrami barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!

Sizlarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborkabod etamiz.

👉Bayram tabrigi

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani

21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Ushbu sana munosabati bilan tumandagi 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida  “Oʻzbek tili - milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

🔰Tadbirda Tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limi, o‘qituvchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida  umumta'lim maktab o‘quvchilari tomonidan kuy qo‘shiqlar, saxna ko‘rinishlari, sher va g‘azallar bilan ishtirok etdi.

@fargonamanaviyhayoti
Farg‘ona shahridagi Oziq-ovqat texnologiyasi muhandisligi institutida  o‘zbek tilining ahamiyatini tobora yuksaltirishga xizmat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Pardahol Norqobilova, viloyat hokimi maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva hamda  oliygohning  professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. 

Tadbirda notiqlar tomonidan xalqimiz ayniqsa, yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, ular qalbida o‘z Vatani bilan faxrlanish tuyg‘ularini mustahkamlash, til xalqning ma’naviyat ko‘zgusi, tafakkur xazinasi mahsuli ekanligi xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tashkil etilgan devoriy gazetalar, diktant yozish kabi ijodiy tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalarga  estalik uchun kitoblar ulashildi.

@fargonamanaviyhayoti