Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.89K subscribers
22.4K photos
1.12K videos
8 files
2.02K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
🔰 Bag‘dod tumanida tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Kengash raisi o‘rinbosari Q.Mirtazaqulov, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi a’zolari, umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ul rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda sohadagi mavjud muammolar tanqidiy tahlil qilindi.

🔰 Shu kuni tuman bo‘linmasi rahbari I.Ahmedov Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilish uchun tayyorlangan hisobotni yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.

🔰 Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tgan Kengash ishida ba’zi-bir korxona-tashkilotlardagi ma’naviyat bo‘yicha biriktirilgan mas’ullarning befarqligi, ish joylari ma’rifiy mavzularda ko‘rgazmalar bilan jihozlanmaganligi, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash va diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar o‘z vaqtida bajarilmayotgani aytilib, ogohlantirish berildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi yuklatildi.

🔰 Yakunida Ma’naviy-ma’rifiy sohada sidqidildan ishlayotganlar va rivojlantirishda faol bo‘lganlarga tashakkurnomalar berildi.

@fargonamanaviyhayoti
Qo‘shtepada O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligi keng nishonlandi

Qo‘shtepa tumanida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligi tantanali ravishda nishonlandi. Xususan, tuman Madaniyat markazida 21 oktyabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan bayramona ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bayram tadbirida tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

@fargonamanaviyhayoti
Шоҳимардонда куз таровати

Фарғонанинг етти иқлимга машҳур гўшаларидан бири, пурвиқор тоғлар орасида жойлашган Шоҳимардон қишлоғи азалдан сўлим ва хушманзара табиати билан барчани мафтун этиб келади.

🎥 https://youtu.be/Z6AjBJbqhBY

Батафсил: https://uza.uz/posts/530495

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Ona_tilim_faxrim

Bugun Farg‘ona tumanidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

@fargonamanaviyhayoti