Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.07K subscribers
22.3K photos
1.08K videos
8 files
1.96K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Õzbekiston_tumani
#Ona_tilim_faxrim

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami munosabati bilan
#Ona_tilim_faxrim heshtegi ostida boshlangan chellenj O‘zbekiston tumanida davom etmoqda!

Ushbu chellenjda siz ham faol ishtirok eting
#Õzbekiston_tumani
#Najot_tàlimda_najot_tarbiyada_najot_bilimda
#Davra_suhbati

Taʼlim va tarbiya nafaqat bugungi, balki barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Taʼlim-tarbiya jarayonlariga davlat taqdirini hal etuvchi omil sifatida yondashish, oʻqituvchiyu murabbiylar Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanch sifatida koʻrilishi juda quvonarli hol.

Yangi jamiyatda taʼlim-tarbiya jarayonlariga berilayotgan eʼtibor, undan kutilayotgan istiqbolli natijalar koʻlami bizni ushbu sohaning bir vakili sifatida quvontirishi bilan birga zimmamizga ulkan masʼuliyat ham yuklaydi. Shu maqsadda tumandagi 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda, Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani

Sen millat g'ururisan, ona tilim

Ulkan boyligimiz va bebaho mulkimiz bo'lgan O'zbek tilimizga davlat tili maqomi berilgan  21 oktyabr – O'zbek tili bayrami kuni yurtimizda katta ko'tarinkilik bilan nishonlanmoqda. O'zbekiston tumanida ham “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinganining 34 yilligi va mazkur bayram keng tantana qilinmoqda. Tuman hokimligi va hamkor muassasalar tashabbusi bilan joylarda “Qadring baland bo'lsin, ona tilim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Qutlug' shodiyona munosabati bilan bugun tumandagi 23-sonli musiqa va san’at maktabida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

Unda tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tumani bo‘linmasi, tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari, ijodkorlar, iqtidorli yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani

21-oktabr - O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Ushbu sana munosabati bilan tumandagi 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida  “Oʻzbek tili - milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

🔰Tadbirda Tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman Maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limi, o‘qituvchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida  umumta'lim maktab o‘quvchilari tomonidan kuy qo‘shiqlar, saxna ko‘rinishlari, sher va g‘azallar bilan ishtirok etdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Najot_tàlimda_najot_tarbiyada_najot_bilimda
#Davra_suhbati

Har qanday jamiyatda yoshlarning taʼlim-tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan, ularni bu borada yetuklikka yetaklash biz pedagoglarning asosiy va muhim vazifamiz boʻlib qolaveradi. Shunday ekan, har birimiz Vatan hamda millat ravnaqi uchun oʻz vazifamizni sidqidildan, yuksak masʼuliyat bilan ado etmogʻimiz darkor. Zero, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” gʻoyasining mazmuni ham aynan shunga qaratilgan.

Shu maqsadda tumandagi “Gulshan” nodavlat ta’lim muassasasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda so’z olganlar bugungi kunda yurtimizda taʼlim va tarbiyaning uzviyligiga yuqori darajada eʼtibor qaratilayotganligi, ertamiz egalari boʻlgan dilbandlarimizning taʼlimu tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosatining asosiy maqsad va yoʻnalishlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Mànaviyat_soati

“Ektremizm va terrorizm ma’rifatli jamiyat kushandasi”

Yurtimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ma’naviy yot g’oyalar ta’siridan sog’lom mafkuraviy immunitetni hosil qildirish va shu jumladan sog’lom ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tashabbusi bilan 8-umumta’lim maktabida “Ektremizm va terrorizm ma’rifatli jamiyat kushandasi” mavzusida ma’naviyat soati bo’lib o’tdi.

Ma’naviyat soatida tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishi, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki boshqa omillar bilan kurashish va ildizini qirqishga, birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligi takidlab o’tildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Besh_tashabbus
#Yosh_kitobxon

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, Yoshlar ishlari agentligi, tuman Axborot kutubxona markazi hamkorligida "Besh tashabbus olimpiadasi"  doirasida "Yosh kitobxon"  tanlovining  tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda  yoshlar 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalarida ishtirok etdilar.  Har bir yosh toifasidagilar o'zlarining yoshlarimiz o'zlarining bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Kitobxonlar Yoshlar ishlari agentiligining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.


🌐
@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Màrifatli_yoshlar

🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O‘zbekiston tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan   tumanidagi 1- va 2- sonli kasb hunar maktabi o'quvchilari uchun "Ma'rifatli yoshlar- Yangi O'zbekiston kelajagi" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🔰Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, "Do'stlik" va 1-darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni sohibi Mavludaxon Xadjayeva, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universtiteti Qo'qon filiali Fizika-matematika fanlari doktori, G.V.Leybnist nomidagi Yevropa tabiiy fanlar akademiyasi akademigi, "Oliy ta'lim a'lochisi"  Foziljon Mamadaliyev, Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudir o'rinbosari, "Xalq ta'limi a'lochisi" Nafisaxon Nishonovalar ishtirok etdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Jaholatga_qarshi_màrifat

Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston tumanida keng ko‘lamdagi amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun tumandagi 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostidagi fotoko‘rgazma va davra suhbati ham ana shunday tadbirlarning davomi sifatida tashkillandi. 

Fotoko‘rgazmadan ekstremizm va terrorizm, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oqibatlari, yoshlar tarbiyasi, ilm olish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qiluvchi lavhalar o‘rin oldi. Tadbir davomida soha vakillari, imom-xatiblar tomonidan Islom dini tinchlik dini ekanligi, tinchlik ulug‘ ne’mat ekanligi, ilm olish hamda jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkinligi haqida ma’ruzalar qilindi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Maʼnaviyat_marafoni

🔰"Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tumandagi ta'lim  muassasalarida, korxona va tashkilotlarda xususan Axborot kutubxona markazida  “Ma’naviyat marafoni” doirasida "Bu kitobni har bir inson o‘qishi kerak"  loyihasi, kitob taqdimoti va bir qancha ma'naviy ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

@fargonamanaviyhayoti