Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.96K subscribers
22.4K photos
1.11K videos
8 files
2K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Har birimiz, avvalo, o‘z sog‘lig‘imizni o‘ylashimiz darkor. Ana shunda xotirjam va farovon hayot kechirgan, ko‘plab asoratli xastaliklarning oldini olgan bo‘lamiz.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi tashabbusi bilan tumandagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatigi bo’limi xodimlari uchun “Sog’lom turmush tarzi - sog’lom hayot kechirishning eng ishonchli omili” mavzusida ma’rifat soati bo’lib o’tdi. Ma’rifat soatida ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov aholining uzoq umr koʻrish davomiyligini taʼminlash dolzarb masalalardan biri ekanligi, shu oʻrinda sogʻlom turmush tarzi nima, unga amal qilish meʼyorlari qanday, yurtimizda sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat ekanligi to’g’risida to’xtalib o’tdi.
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati
#Màrifatparvar_ayollarning_ibratli_hayot_yõli

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tuman bo’linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash bo’limi bilan hamkorlikdagi tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturni  2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini  taʼminlash maqsadida Elchi mahalla fuqarolar yig‘inida Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan maʼrifatparvar ayollarning ibratli hayot yoʻlini targʻib etish maqsadida ma'rifat soati o'tkazildi.

Shuningdek ma'rifat soatida yoshlar o’rtasida erta nikoh va oilaviy ajrimlarni oldini olish, qaynona-kelin munosabatlari to’g’risida suhbatlashildi.
#Õzbekiston_tumani
#Jaholatga_qarshi_màrifat
#Màrifat_soati

Bugungi kunda inson qalbi va ongi uchun kurashning yangidan yangi usul va vositalari koʻpayib bormoqda. Ayniqsa, bu borada dindan niqob sifatida foydalanishga urinishlar rivojlanib borayotgani tashvishlanarli hol.  Shunday holatlarni oldini olish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston tumani bo’linmasi, tuman hokimligi, din ishlari bo’yicha qo’mitaning tumandagi vakili hamkorligida Tuman elektr ta‘minoti korxonasi xodimlari ishtirokida   “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida “Ma’rifatli jamiyat-jaholatni qoralaydi”, “Ekstremizm va terrorizm-jaholatga yetaklovchi illat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov hozirgi nozik va ayni paytda, o‘ta murakkab sharoitda o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni namoyon etuvchi illatlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etishi to’g’risida takidlab o’tdi.
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

O'zbek xalqining o'tmishi va bugungi kuniga teran nazar tashlagan har bir inson bir holatdan hayratga tushadi. O'z boshidan ne-ne bosqinlar, qatag'onlarni boshidan o'tkazgan xalq qanday qilib o'zining yuksak qadriyatlari, ma'naviyatini saqlab qola oldi ekan? Milliy an'ana va udumlari shafqatsizlarcha tazyiqqa uchragan zamonlar silsilasidan mardona chiqqan xalqning matonati, irodasiga tan bermasdan iloj yo'q.
Dunyo tamadduniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan, zo'ravonliklardan omon chiqqan milliy-ma'naviy qadriyatlar, yuksak axloqiy fazilatlar keng quloch yoyayotgan texnologik inqilob, axborot kommunikatsiyalari asrida yemirilayotgani, olomon madaniyatining ortidagi ulkan kuchlar tomonidan yo'q qilib tashlashga urinilayotgani ham bor gap. Bugungi kunda oltinga teng ma'naviyatimizni asrab-avaylash dolzarb vazifaga aylangan. Shu maqsadda O‘zbekiston tumani Favqulotda Vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifat soati bo’lib o’tdi.
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

Ma'rifat insonni doimo to'g'ri yo'lga boshlaydi. Ma'rifat kimgadir ko'z-ko'z qilinadigan, ortida qandaydir ta'ma yashirin bo'lgan narsa emas. Jaholat kabi kuchlarga doim ma'rifat qarshi chiqa oladi. Chunki, ma'rifat-to'g'ri yo'lga boshlovchi kuch. Har kim jaholat urug'ini quritishi lozim. Agar bu ongli ravishda har qanday xurujlarga qarshi o'zimizda g'oyaviy immunitet hosil qila olsak hech qanday kuch bizni yenga olmaydi. Shu maqsadda tumandagi 56 DMTT xodimlari uchun “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifat soati bo’lib o’tdi.

Ma’rifat soatida Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov jaholatga qarshi ma'rifat-inson bu dunyoning sir-asrorlarini yetarli darajada anglashi, o'zining kim ekanini bilishi va hayot mazmunini tushunishi kerak, pofessional shaxs bo'lishi uchun kasb mahoratini egallashi va odam bo'lib yashash ko'nikmasini hosil qilish kerakligini ta’kidlab o’tdi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati
#Qatağon_qurbonlarini_yod_etish

El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo’lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo’lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.

Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo’lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo’lib, qancha-qancha go’daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.

Xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoyi va matonatli o’g’il-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida o’tganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg’usini tarbiyalash maqsadida tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari uchun ma’rifat soati o’tkazildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

"Ma'rifatli jamiyat - jaholatni qoralaydi"

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi yangi jamiyatga o‘tish ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Odamlarda yangi jamiyatga nisbatan yangi munosabatni shakllantirish jarayoni ma’rifat orqali kеchadi. Ma’rifat-insonning ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadiksirashdan qutilishiga ijobiy ta’sir etib, uning chеksiz kuch-qudratga ega bo‘lishiga   yordam bеradi. Bu haqida xalqimizning boy tarixidan ko‘plab misollar kеltirish mumkin. Ma’rifat nima-yu, jaholat nima? Jaholat - bu “Ilm, ma’rifatdan mahrumlik, qoloqlik, madaniyatsizlik, nodonlik, zulmat” deya talqin etilgan.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’zbekiston  tuman bo'linmasi tomonidan 65 DMTT xodimlari uchun ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida "Ma'rifatli jamiyat - jaholatni qoralaydi" ma’rifat soati tashkil etildi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

Inson yaralibdiki, yaxshilik sari intilishga, yaxshi amallari bilan insonlar ko'nglidan joy olishga harakat qiladi. Albatta, ba'zida esa xotirjamlik va sahovatni ham sog‘inib qoladi. Ko‘p narsalarni o‘rganadi. Muhimi, o‘rganishlari ichida asosiysi ilm bo‘lib qoladi.

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Shu maqsadda  tumandagi 58-Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari uchun  “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida "Ma'rifat  soati" bo‘lib o‘tdi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Shohruhbek Shokirov davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik g‘oyalar to‘riga ilinishning ayanchli oqibatlari, mazkur jarayonlarda Prezidentimiz tomonidan eng yuqori minbarlar orqali ilgari surib kelinayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” g‘oyasining ahamiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati
#Tinchlik_qadri

Mamlakatimizda milliy anʼana va qadriyatlarimizni rivojlantirish, ulugʻ alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur oʻrganish, yoshlarimizni Vatanga muxabbat, ilm-maʼrifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Bu sohada olib borilayotgan isloxotlar dunyo miqyosida ham munosib eʼtirof etilib, diniy bagʻrikenglikning namunali modeli sifatida baholanmoqda.

Xususan, Oʻzbekistonning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uygʻotadigan davlatlar roʻyxatidan chiqarilganligi, BMT Bosh Assambleyasi yalpi majlisida Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasining qabul qilinganligi bunga yaqqol misoldir. “Jaholatga qarshi - maʼrifat” degan ulugʻvor gʻoya asosida tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Tinchlik qadri” mavzusida ma’rifat soati  tashkil qilindi.

@fargonamanaviyhayoti