Farg‘onа ma'naviy hayoti
1.97K subscribers
22.4K photos
1.1K videos
8 files
1.99K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#taqdirlash

💥Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo'linmasi tomonidan aholi o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, badiiy adabiyotga bo'lgan muhabbatni oshirish maqsadida onlayn tarzda o'tkazilgan "Intelligent kitobxon" tanlovida g'oliblikni egallagan Oltiariq tumani 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'qituvchisi Muhabbat G'ofurova tashkilotchilar tomonidan Diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

👉https://t.iss.one/Oltiariq_manaviyat
#Õzbekiston_tumani
#Màrifat_soati

O'zbek xalqining o'tmishi va bugungi kuniga teran nazar tashlagan har bir inson bir holatdan hayratga tushadi. O'z boshidan ne-ne bosqinlar, qatag'onlarni boshidan o'tkazgan xalq qanday qilib o'zining yuksak qadriyatlari, ma'naviyatini saqlab qola oldi ekan? Milliy an'ana va udumlari shafqatsizlarcha tazyiqqa uchragan zamonlar silsilasidan mardona chiqqan xalqning matonati, irodasiga tan bermasdan iloj yo'q.
Dunyo tamadduniga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan, zo'ravonliklardan omon chiqqan milliy-ma'naviy qadriyatlar, yuksak axloqiy fazilatlar keng quloch yoyayotgan texnologik inqilob, axborot kommunikatsiyalari asrida yemirilayotgani, olomon madaniyatining ortidagi ulkan kuchlar tomonidan yo'q qilib tashlashga urinilayotgani ham bor gap. Bugungi kunda oltinga teng ma'naviyatimizni asrab-avaylash dolzarb vazifaga aylangan. Shu maqsadda O‘zbekiston tumani Favqulotda Vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifat soati bo’lib o’tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi Oltiariq tuman bo‘linmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib etishga alohida ahamiyat bermoqda.
Jumladan, Zarhal MFY xududida joylashgan 4-DMTM sida bolalarga tarbiyaning ana’nalarimiz bilan boyitilgan hamda yangicha yondoshuvga ega bo‘lgan uslubi tanlandi.

Unga muvofiq har kuni bolalarga o‘zbek xalq ertaklari aytilib, uyqudan oldin alla aytish yo‘lga qo‘yildi. Bu tajriba tumandagi barcha bog‘chalarga tadbiq etilishi rejalashtirilgan.

@fargonamanaviyhayoti
#Õzbekiston_tumani
#Marifat_soati

Ilmsiz taraqqiyot bo‘lmaydi – jaholat saodatmand etmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Jaholatga qarshi – ma’rifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma’naviy meros o‘ziga xos najot qal’asi, himoya qo‘rg‘oni vazifasini o‘taydi. Shu bois ushbu ulug‘vor qadriyat barcha olimu fuzalolar tomonidan ulug‘langan muqaddas va mo‘tabar kitoblarda yuksak ne’mat sifatida e’tirof etilgan.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari Shoxruhbek Shokirov, din ishlari bo’yicha qo’mitaning tumandagi vakili Muzaffar Hamroqulovlar tuman Obodonlashtirish bo’limi xodimlari ishtirokida ma’rifat soati hamda “Tinchlik qadri” va “Iqror manzili” filmlari namoyish etildi.

@fargonamanaviyhayoti