Farg‘onа ma'naviy hayoti
984 subscribers
22.3K photos
1.09K videos
8 files
1.98K links
Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Farg'ona viloyat bo'limi
Download Telegram
#Furqat_tumani
#ish_reja_ijrosi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Furqat tumani bo'linmasi tomonidan tuman hokimi maslahatchisi bilan hamkorlikda “Ingichka” mahalla fuqarolar yig‘inida “Davlat tili haqida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan davlat tilida ish yuritish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish hamda reklamalar, tashqi yozuvlar va targ‘ibot vositalarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kirill alifbosida yozilgan ish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozish, shuningdek, yozuvlardagi imloviy, grammatik va uslubiy xatolar yuzasidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, shuningdek, yoshlar yetakchisiga tavsiyalar berildi.