FARG'ONA KADASTR
1.66K subscribers
4.99K photos
979 videos
17 files
3.16K links
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🗣 QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAG'ISHLANDI

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda Adliya vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga tushuntirish maqsadida seminarlar o'tkazilmoqda.

⭕️ Belgilangan reja-grafikka asosan Bag'dod va Farg'ona tumanlari hokimliklarida tashkillangan seminarda Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas’ul xodimlari tomonidan Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirildi.

⭕️ Seminarda, Farg'ona va Quvasoy shaharlari, Bag'dod, Rishton, So'x, Buvayda, Quva tumanlaridan mas'ul rahbar hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo'lib o'tdi.

➡️Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.

➡️Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha o‘zgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

➡️Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.

➡️Bugungi kunda davlat taʼlim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagani afsus bilan qayd etildi. Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi. Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi.

➡️Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga masʼul bo‘lishi belgilandi.

➡️Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi taʼkidlandi.

➡️Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

➡️Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda. Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

➡️Taʼlimda sifat va raqobatni taʼminlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.

➡️Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.

➡️Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy taʼlim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi.

➡️Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

➡️Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.

➡️Sifatli taʼlimning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

➡️Musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish, madaniyat va sanʼat tizimidagi oliygohlarda umumtaʼlim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

➡️Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

➡️Maktablardagi maʼnaviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan taʼminlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.

➡️Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi.

➡️Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol bo‘lishlari zarurligi taʼkidlandi.

➡️Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi taʼkidlandi.

➡️Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▪️Deydilar, ustoz jabri - ota mehridan afzal,
▪️Shogirlarning iqboli - ustoz jabriga badal,
▪️Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
▪️Saodatning kaliti,  bilgilki, ilmu-amal.
◼️Ustoz qadami qutlugʻ, ustoz-otangday ulugʻ!
💐💐💐

#DavKadastrPalata #muhim_kunlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2024-yil boshidan 1-oktabr kuniga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi.

50 720 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi;
55 800 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
3 696,9 ming kv.km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi;
53 100 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi;
4 520 ta suratlarni planli va balandli bog‘lash;
1 279,5 km nivelirlash ishlari;
920 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi;
69 100 kv.km. maydonda ochiq turdagi xaritalar yaratildi;
69 100 kv.km. maydonda topografik xaritalar nashrga tayyorlandi;
36 600 kv.km. maydonda topografik xaritalar chop etili;
14 800 kv.km. maydonda Samarqand viloyatining Interaktiv raqamli xaritasi yaratildi;

➡️Shuningdek, 🌟Kadastr agentligiga hududiy komissiyalar hamda vazirlik va idoralar tomonidan 48 608 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
DAVLAT TILIGA YUKSAK E‘TIBOR

🔺 Bugungi kunda yurtimizda o‘z ona tilimizga - davlat tiliga bo‘lgan e‘tibor yuksak darajaga chiqib bormoqda.

⭕️ Hududlarda tashkilotlar, muassasalar hamda korxonalarda Davlat tilida ish yuritish tizimi alohida nazoratga olingan. 🌟 Kadastr agentligi handa 💫 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarida mavzuga doir muloqot tashkil etildi.

⭕️ Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Farg'ona shahar hokimining maslahatchisi Farhod Mamajonov so'zga chiqib, o'z ona tilimizni asrab-avaylash va qoidalariga rioya etilishi bo'yicha aytib o'tishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ KORRUPTSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalarida Korrupsion holatlarni oldini olish hamda joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

⭕️ Tadbirda Kadastr sohasida xodimlar orasida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayt etildi.

⭕️ Shuningdek, joriy yilning 9 oyi davomida Farg‘ona viloyatida Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

⭕️ Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM