FARG'ONA KADASTR
1.68K subscribers
5.12K photos
1K videos
17 files
3.27K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligining Yuridik bo‘lim boshlig‘i Djamshid Amirqulov Hudud24.uz saytining "Obyektiv" loyihasida ishtirok etib, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunning muhim jihatlari haqida ma'lumot berdi.

#Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🗣 QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAG'ISHLANDI

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda Adliya vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga tushuntirish maqsadida seminarlar o'tkazilmoqda.

⭕️ Belgilangan reja-grafikka asosan Yozyovon va Dang'ara tumanlari hokimliklarida tashkillangan seminarda Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas’ul xodimlari A.Bekmirzayev, A. A'zamxonov, J.Yo'ldashev, B.Qurbanov tomonidan Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirildi.

⭕️ Shuningdek, Qo'qon va Marg'ilon shaharlari, Furqat, Uchko'prik, Beshariq, O'zbekiston, Toshloq, Qo'shtepa, Oltiariq tumanlaridan mas'ul xodimlar ham ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🗣 QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAG'ISHLANDI

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash hamda Adliya vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor vazirlik va idoralarning hududiy bo‘limlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga tushuntirish maqsadida seminarlar o'tkazilmoqda.

⭕️ Belgilangan reja-grafikka asosan Bag'dod va Farg'ona tumanlari hokimliklarida tashkillangan seminarda Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas’ul xodimlari tomonidan Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirildi.

⭕️ Seminarda, Farg'ona va Quvasoy shaharlari, Bag'dod, Rishton, So'x, Buvayda, Quva tumanlaridan mas'ul rahbar hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo'lib o'tdi.

➡️Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.

➡️Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha o‘zgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

➡️Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.

➡️Bugungi kunda davlat taʼlim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagani afsus bilan qayd etildi. Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi. Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi.

➡️Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga masʼul bo‘lishi belgilandi.

➡️Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi taʼkidlandi.

➡️Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

➡️Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda. Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

➡️Taʼlimda sifat va raqobatni taʼminlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.

➡️Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.

➡️Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy taʼlim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik taʼlim klasterlari tashkil etiladi.

➡️Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

➡️Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.

➡️Sifatli taʼlimning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

➡️Musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish, madaniyat va sanʼat tizimidagi oliygohlarda umumtaʼlim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

➡️Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

➡️Maktablardagi maʼnaviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan taʼminlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.

➡️Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi.

➡️Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol bo‘lishlari zarurligi taʼkidlandi.

➡️Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi taʼkidlandi.

➡️Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM