FARG'ONA KADASTR
1.79K subscribers
4.92K photos
967 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
#TEZKOR #RASMIY_MUNOSABAT
Internet tarmoqlarida Farg'ona viloyati, Qoʻshtepa tumani, Sarmazor, Eshonguzar va Baland masjid MFYlari hududida joylashgan, shartnoma asosida 50 yilga berilgan bog‘lar o‘zlashtirilib sotilishi bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Ushbu holatga oydinlik kiritish va o‘rganish bo'yicha Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, hududga jo‘natilgan.

O‘rganish natijalari bo'yicha to‘liq ma‘lumot e‘lon qilinadi.

@fargonakadastr
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;

Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;

Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.

◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Rasmiy_Munosabat
Internet tarmoqlarida “Tuman hokimi, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Beshariq tumani bo‘limi binosining elektr energiyasi va internet tarmog‘idan uzdirib qo‘ydi” mazmuni aks etgan xabar tarqaldi.

Yuqoridagi holat internet tarmoqlarida bo‘rttirilib ifodalangan. Aslida, Kadastr agentligi Beshariq tumani bo‘limida texnik nosozlik sabab, elektr energiyasidan vaqtincha uzilib qolgan, holat qisqa vaqt ichida bartaraf etilib, ishlar belgilangan tartibda davom etmoqda. Tizim xodimlarining ish faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday holat yo‘q.

https://t.iss.one/fargonakadastr
#Rasmiy_Munosabat
Internet tarmoqlarida "Fuqaroni sarson qilayotganlar kim?" mavzusida video tarqaldi.

Ushbu holat Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganini va tez orada to‘liq ma‘lumot berilishini ma‘lumot qilamiz.

https://t.iss.one/fargonakadastr
#Rasmiy_Munosabat
Интернет тармоқларида "Фуқарони сарсон қилаётганлар ким?" мавзусида видео тарқалганлиги юзасидан Давлат кадастрлари палатаси Фарғона вилояти бошқармасининг

МУНОСАБАТИ

Бешариқ тумани, Обод МФЙ, Обод кўчаси 57-уйда жойлашган ҳовли жойга Бешариқ тумани ҳокимининг 12.12.2017-йилдаги 1737-сонли қарорига асосан умумий ер майдони 1600,00 кв.м дан иборат бўлган 0013-яшаш уйи, 0014-дарвоза литерлардаги бино-иншоотларга (марҳум) Абдуллаев Расулжон номига эгалик ҳуқуқи берилганлиги ҳамда кадастр ҳужжатлари тайёрланиб, давлат рўйхатига олинган. Ҳужжат тайёрлаш жараёнида ушбу ҳовли жойда (марҳум) Абдуллаев Расулжон вафот этгандан кейин меросхўр ва фойдаланувчилар томонидан 561,59 кв.м дан иборат бино иншоотлар қурилган. Ушбу бино иншоотлар кадастр ҳужжатларида рухсатсиз қурилган сифатида кўрсатилган бўлиб, эгалик ҳуқуқи белгиланмаган.

Бешариқ тумани 1-сон давлат нотариал идорасининг 30.05.2018-йилдаги 1807 рақам билан қайд этилган қонун бўйича меросга бўлган ҳуқуқ тўғрисидаги гувоҳномасига асосан 1600,00 кв.м ер майдонида жойлашган ҳовли жойдаги 0013-яшаш уйи, 0014-дарвоза литерлар билан белгиланган умумий қурилиш эгаллаган майдони 32,80 кв.м дан иборат мол-мулкка 1/7 Абдуллаев Мансуржон Расулович, 1/7 Хамидова Лобар Расуловна, 3/7 Абдуллаев Рашиджон Расулович, 1/7 Абдуллаев Жасур Расулович, 1/7 Абдуллаев Асаджон Расулович томонидан мерос олган ҳамда ушбу фуқаролар номиларига кадастр ҳужжатлари тайёрланган ва давлат рўйхатидан ўтказилган.

Бешариқ тумани 1-сон давлат нотариал идорасининг 29.12.2018-йилдаги 4448, 4449 сонли ҳадя шартномаларига асосан 1/7 Абдуллаев Мансуржон Расулович, 1/7 Абдуллаев Жасур Расулович ўзига тегишли бўлган қисмларини Хамидова Лобар Расуловнага ҳадя қилиб берган.

Бешариқ тумани 1-сон давлат нотариал идорасининг 29.12.2018-йилдаги 4445 сонли олди-сотди шартномасига асосан 3/7 Абдуллаев Рашиджон Расулович ўзига тегишли бўлган қисмини Мелиев Дониёр Олтмишевичга олди-сотди қилиб берган.

Ҳозирги кунда юқоридаги нотариал шартномаларга асосан Бешариқ тумани, Обод МФЙ, Обод кўчаси 57-уйда жойлашган ҳовли жойга 3/7 Хамидова Лобар Расуловна, 3/7 Мелиев Дониёржон Олтмишевич, 1/7 Абдуллаев Асаджон Расулович номларига кадастр ҳужжатлари тайёрланиб, давлат рўйхатига олинган.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

RASMIY MUNOSABAT

◼️"ANTIKORRUPSIYA" telegram va yоutubу kanalida “Korrupsiya holati Kadastr agentligida yohud sud adolatli qaror chiqarmasligi” sarlavhasi ostida murojaatchining videosi e’lon qilindi.

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, Farg‘ona shahar filiali mutaxassislar bilan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi va holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM