FARG'ONA KADASTR
1.66K subscribers
5K photos
980 videos
17 files
3.17K links
Download Telegram
💬 KADASTR SOHASI VAKILLARI OCHIQ MULOQOTDA

🇺🇿 Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan "Savol bering, javob beramiz!" davra suhbatida 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi sho'ba boshlig'i Azizbek Erkaboyev ishtirok etdi.

📝 Ma‘lumot uchun bu davra suhbati yaqin kunlarda 🤙 Farg'ona telekanali orqali efirga uzatiladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Kadastr arxivi raqamlashtirilmoqda

⭐️ Kadastr agentligi 🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir nechta tuman filiallarida "Namunali arxiv" xonalari ishga tushirilib, arxiv hujjatlari raqamlashtirish ishlari haqida Farg'ona telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺 HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI

🌟 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📍 Toshloq tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda Zarkent-F servis MMTP hududidagi “Humoyun bog‘i” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida joylashgan 0,43 gektar yer maydoni fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

💬 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

👤 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari"

⚡️Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tdi.

🌟Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar yig'ilgan jurnalist va OAV vakillariga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari,  "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida batafsil tushuntirdilar.

▶️📹Matbuot tadbiri Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali jonli efirda namoyish etildi.

#DavKadastrPalata  #matbuot_tadbiri

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

➡️Bular:
40 ta - Leica Viva TS07 Elektron taxeometr;
62 ta - STEK SV1,
58 ta - I90 GPS priyomnik (baza+rover);
118 ta - KOLIDA GNSS K7 GPS priyomnik (baza+rover);
100 ta - A6001P GPS (Yerlarni o'lchash uchun);
10 ta - "Stalker" 80-24 Trassa qidirgichlar;
43 ta - GAT platformasi GAT (panarama) dasturiy ta'minotlari.

📍Mazkur texnika va dasturiy ta'minotlardan foydalanish bo'yicha Agentlikning tegishli tuzilmalari rahbar va xodimlari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilib, texnika va dasturiy ta'minotlardan maqsadli foydalanish tushuntirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, garov xatini rasmiylashtirish toʻlov miqdori qancha

📃 Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (425 000 so'm) etib belgilandi.

📄Asos: 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Avval xabar berganimizdek, 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

⚙️ Yetkazilgan o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar kadastr xodimlari tomonidan amaliyotda sinab ko'rildi va kerakli tushunchalar berildi.
Quyida hududlarda tashkil etilgan seminarlar:

➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Andijon viloyati
➡️ Toshkent shahar
➡️ Farg'ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Namangan viloyati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM