FARG'ONA KADASTR
1.62K subscribers
6.45K photos
1.1K videos
17 files
3.88K links
Download Telegram
#Kadastr #Aerogeodeziya

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Farg’ona hududlararo bo'linmasi hodimlari tomonidan Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Bag’dod tumanida 31 ta ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari muvjud bo‘lib, shundan 1 ta shahar, 20 ta shaharcha va 10 ta qishloqlarni tashkil etadi. Tumanda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarida qishloq va shaharchalar chegaralari aniqlanib, xaritalari va chegara tavsifi tayyorlanmoqda.

Xozirda 12 ta hududdagi jami 33381 gektar yer maydonlarining 30857 gektarida deshifrovka ishlari bajarildi va 96 nafar yerdan foydalanuvchi va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov ishlari davomida 8 ta holatda jami 4,24 gektar, shundan 2,8 gektar qishloq xo’jaligi va 1,44 gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlarida o’zgarishlar aniqlanib, qonuniyligi o'rganilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyaga qarshi kurashishda reyting baholash tizimi mavjud▪️

🔷 Prezident qaroriga (PQ–81-son, 12.01.2022 y.) muvofiq, reyting baholash 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi.

◼️ Tizim eksperiment tariqasida, o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan esa barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan.

#DavKadastrPalata #info #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YER NAZORATI DAVOM ETMOQDA

🔹 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

🔹 Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Urganji” MFY hududida joylashgan avtomobil yo‘li va Oqtepa soy himoya hududidan fuqaro B.N tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

🔹 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔹 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #sport_musobaqa
🎉 YANA BIR BOR G'ALABA!

SPORT – BU GʻALABA YOKI SABOQ!

🎉 Farg'ona viloyati Jizzax viloyati jamoasi ustidan 4:1 hisobda g'alaba qozonib C guruhda peshqadamlik qilmoqda.

⚡️Bugun Farg'onalik kadastrchi sportchilarimiz Jizzax viloyati jamoasi ustidan 4:1 hisobda g'alaba qozonib 6 ochkoga erishishga muvaffaq bo'lishdi.

🔹 Kecha Farg'onalik kadastrchi sportchilarimiz Toshkent shahri jamoasi ustidan 10:2 hisobda g'alaba qozongan edi.

🔹 Ertaga jamoamiz "Kartografiya DIICHK" jamoasi bilan maydonda bellashishadi.

Ma'lumot o'rnida musobaqa 22-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_agentligi #Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📄 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) 🌟Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📄 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xalq_xizmatida
Inson manfaatlari yoʻlida!


🔹 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasi boshlig'i R.Mirzaxmedov boshchiligida hududiy tuman(shahar) filiallari mutaxassislari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholi va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarini oʻrganish borasida "Mahallabay", "Xonadonbay" xatlov jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

🔷 Toshloq tumanida kadastr sohasidagi rahbar va xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔷 Unda, DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi A.Jo‘rayev, Kadastr agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ashurov firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

🔷 Shuningdek, yig‘ilishda soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan Toshloq tumani bo'lim hamda fillial xodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazildi

Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
KADASTR SOHASIDAGI SAYYOR QABUL OAV NIGOHIDA

Farg'ona telekanalining "Mobile rakusr" dasturi orqali Beshariq tumanida o'tkazilgan sayyor qabul haqida lavha efirga uzatildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook