Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #qaror #pq_192
🌍 Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanayotganlarga sog'likni 3 karra oshirib to‘latish to‘xtatiladi
🇺🇿 Prezident qaroriga (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) asosan 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:
✅ jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;
✅ oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YATTlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;
✅ xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.
Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
⏰ Shuningdek, 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.
🟢 Bu qaror ayniqsa qishloq hududlaridagi aholini qo‘llab-quvvatlash va ovoragarchilikdan xalos etish yo‘lidagi muhim qaror bo‘libdi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM