FARG'ONA KADASTR
1.62K subscribers
6.27K photos
1.09K videos
17 files
3.74K links
Download Telegram
#Marifat_Soati
BUGUNGI SIYOSIY-MA‘RIFAT SOATI HAQIDA

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari "Siyosiy-ma‘rifat soati"da ishtirok etishdi.

Bugungi ma'rifat soatida asosiy mavzu "Davlat fuqorolik xizmati" to'g'risidagi qonunning mazmun moxiyati va axamiyati mavzusi hamda hafta davomida qabul qilingan normativ huquq-hujjatlarning mazmun mohiyati mavzusi tafsilotlari va huquqiy savodxonlik haqida ma'lumotlar berildi.

https://t.iss.one/fargonakadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

▫️Кадастр агентлиги тизимига ўтган 7 ойи давомида 1045 та ходим танлов асосида ишга қабул қилинган бўлиб, уларнинг 253 таси раҳбар ходим.

▫️Шунингдек, 885 та ходим билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинди. Уларнинг 724 таси мутахассис ходим, 161 таси раҳбар ходим.

▫️ Ишдаги камчиликлари учун 3 нафар вилоят бошқарма бошлиқлари эгаллаб турган лавозимидан озод этилди.

▫️7 ой давомида бир нечта сабабларга кўра 142 та раҳбар ходимга ҳамда 1301 та мутахассисга интизомий чоралар кўрилган.

📌 Батафсил

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #OAV

Янгиликлар 24 | Кадастр соҳасида интерактив хизмат турлари жорий этилмоқда

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Кадастр тизимида – фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш ва ижро интизоми муҳим вазифа – Одил Маҳмудов

Президентининг виртуал қабулхонаси орқали келиб тушган жами 10 765 та мурожаатларнинг 9 727 таси қаноатлантирилган бўлса, 859 тасига умумий тушунтириш бериш орқали кўриб чиқилган. 179 таси рад этилган бўлса, 518 та мурожаат кўриб чиқиш жараёнида.

👉 https://effect.uz/5921

🌐 EFFECT.UZ'нинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube
#Kadastr #aerogeodeziya #Topografiya

📊Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Geodeziya va topografiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona vodiysining davlat geodeziya tarmog‘i punktlari yetarli bo‘lmagan hududlarida geodeziya punktlarini o‘rnatish (zichlashtirish) ishlari amalga oshirilmoqda.

📌Hozirgi kunda 32 ta 187 (A) tipdagi punktlar o‘rnatildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Интернет тармоқларида, “Фарғона вилояти Бешариқ тумани “Наби” МФЙда яшовчи қўшнилар ўртасида ер можароси юзага келгани, бунга туман кадастр бўлими ходими томонидан чиқарилган ноқонуний қарор сабаб бўлган” мазумнидаги видеомурожаат тарқалди.

Ушбу ҳолат юзасидан, Кадастр агентлиги Фарғона вилояти бошқармаси қуйдагиларни маълум қилади:

🔹 Бешариқ тумани “Наби” МФЙ Обод кўчасида жойлашган ҳовли-жой учун фуқаро (мархум) Т.Жамолов номига тайёрланган кадастр ҳужжатидан норози бўлиб, Х.Ҳомидов томонидан бир неча бор мурожаат қилинган ва Кадастр агентлиги Фарғона вилояти бошқармаси мутахассислари иштирокида ҳолат ўрганилган;

🔹 Аниқланишича, юқоридаги манзил кўрсатилган ҳовли-жойни Д.Жамолованинг аризасига асосан Давлат кадастрлари палатаси Фарғона вилояти бошқармаси 26.11.2019 санасида тегишли тартибда кадастр ҳужжатлари расмийлаштирилган;

🔹 Фуқаро Х.Ҳомидов яшаб турган ҳовли-жой дадаси Хушвақтов Ғофурга тегишли бўлиб, ховли-жойининг умумий ер майдони 2000,00 кв.метрдан иборат бўлиб, ушбу ҳовли жойга хеч қандай кадастр ҳужжатлари мавжуд эмаслиги, бино иншоотлар ва ер майдонларига бўлган ҳуқуқлари давлат рўйхатидан ўтказилмаган;

🔹 Шунингдек, Х.Ҳомидовнинг мурожаатида кўрсатиб ўтган ахоли қатнов йўли мавжуд бўлганлиги, лекин ушбу ҳовли-жойларни жанубий қисмида махаллий ариқ ўтганлиги, ўтиш учун эса (мархум) Жамолов Турсунали ҳовли-жой ҳудудидан маҳаллий ариқдан 1,50 метр оралиқ майдон ташлаб қўйилган;

🔹 Ҳозирги кунда кўрсатиб ўтилган ҳовли-жойларни жанубий қисмида махаллий ариқ ўтганлиги ушбу ариқ битта фермер хамда 10 дан зиёд фуқаролар фойдаланиб келаётганлиги мазкур махаллий ариқ мухофазаси туман Сув хўжалиги бўлимининг тегишли хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 11.12.2019 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси ҳудудидаги сув объектларининг сувни муҳофаза қилиш ва санитария-муҳофаза зоналарини белгилаш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 981-сонли қарори 4-боб 35-бандига асосан 5,0 метр белгиланганлиги, ушбу белгиланган мухофаза зонасида Ф.Жамоловга тегишли ҳовли-жойни 84,0 кв.м ер майдони қисми борлиги ушбу махаллий ариқ мухофаза майдонидаги махаллий аҳоли олдиндан эни 5.0 метрдан иборат бўлган умумий фойдаланишдаги йўл сифатида фойдаланиб келганлиги маьлум бўлган;

Юқоридаги ҳолатлар туман ва вилоят Маъмурий суди томонилан кўриб чиқилиб ҳуқуқий баҳо берилган.

https://t.iss.one/fargonakadastr
#mini_futbol #kadastrda_sport

⚽️ Kadastr agentligi tizimida 2022-yil 17-20 avgust kunlarida mini futbol sport musobaqasini o‘tkazish maqsadida agentlik mutasaddilari hamda sport ustalari ishtirokida qura tashlash o‘tkazildi. Qura tashlash natijalari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_Pasporti
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda ijro etishlik uchun elektron tartibda ijrosi ta’minlanmoqda.

2022-yil o‘tgan 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha dastur ishga tushganidan buyon yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 158 831 ta murojaatlar kelib tushgan.

https://t.iss.one/fargonakadastr
FARG'ONA KADASTR
Photo
#Tezkor
🎉 QUVONCHLI XABAR

Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi tizimidagi mini futbol bo‘yicha sport musobaqasiga bugun erta tongdan start berildi.

B guruhidan o‘rin olgan Farg'ona viloyati jamoasiga ilk o‘yindayoq omad kulib boqdi. Jizzax vakillari bilan kechgan bahsda farg‘onaliklar 4:2 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Navbatdagi uchrashuvda jamoa vakillari "Kartografiya" DIICHKga qarshi bahs olib borishadi.

Farg'ona viloyati jamoasiga omad tilaymiz!

https://t.iss.one/fargonakadastr
▫️Axborot xizmati brifingi▫️

◻️ Davlat kadastrlari palatasi Аxborot xizmati boshlig‘ining “Ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid ma’lumotlarni tegishliligi bo‘yicha UzKAD” axborot tizimiga kiritish” mavzusiga bag‘ishlangan brifingi kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazildi.

◻️Keng jamoatchilikka taqdim etilgan ma’lumotlar mazkur ommaviy axborot vositalarida yoritildi:
▫️67 studio
▫️Rasmiy xabarlar
▫️MTRK
▫️UzA
▫️Effect.uz
▫️O'zbekiston Milliy matbuot markazi

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
FARG'ONA KADASTR
#Tezkor 🎉 QUVONCHLI XABAR Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi tizimidagi mini futbol bo‘yicha sport musobaqasiga bugun erta tongdan start berildi. B guruhidan o‘rin olgan Farg'ona viloyati jamoasiga ilk o‘yindayoq omad kulib boqdi. Jizzax vakillari…
#Tezkor
🎉 Mini futbolda yana bir natija

Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi tizimidagi mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi davom etmoqda.

B guruhidan o‘rin olgan Farg'ona viloyati jamoasiga ilk o‘yindayoq g‘alaba qozongan bo‘lsa, navbatdagi bahsda "Kartografiya" DIICHKga qarshi 8:0 hisobida zafar quchishdi.

Farg'ona viloyati jamoasiga omad tilaymiz!

https://t.iss.one/fargonakadastr
⚡️Joriy yilning 16-avgust sanasida Kadastr agentligida Jahon bankining shaharlarni rejalashtirish masalalari bo’yicha mutaxassis Nkateko B. Shipalana bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

🔰Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad – Jahon bankining O’zbekistonga urbanizatsiya sohasida texnik ko‘mak ko’rsatishi loyihasi doirasida barqaror urbanizatsiya yo’lida ikki tomonlama muloqot o’rnatish va strategik hujjat ishlab chiqish yuzasidan Agentlik va bir qator shaharsozlik sohasiga daxldor vazirlik idoralar bilan uchrashish hisoblanadi:

💠Jahon banki eksperti mutaxassislar bilan bo’lib o’tgan suhbatda:
🔹Agentlik faoliyatining qamrov darajasi;
🔹Ro’yxatga olish jarayoni va tartiboti;
🔹Geoaxborot texnologiyalardan maqsadli foydalanish bilan tanishdi.

📌Ma’lumot uchun: Jahon bankining Urbanizatsiya sohasida texnik ko‘mak ko’rsatish loyihasining O’zbekistondagi muvofiqlashtiruvchi idorasi – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt