FARG'ONA KADASTR
1.8K subscribers
4.92K photos
966 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

🇺🇿Yer umummilliy boyligimiz!

📌Uni asrab avaylash, har qachon to’g’ri maqsadda foydalanib kelajak avlodga bus-butun yetkazish har birimizning burchimizdir.

Ushbu videoda siz yer bilan bog’liq bir nechta muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sababi va uni hal qilishdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishasiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #yer_nazorati

🔰Yer va kadastr nazorati yo‘nalishida 2022-yilning 17-may holatiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

🔹2022-yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 6 516 ta yoki 2 293,2 gektar holat aniqlandi.

🔹Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 2 897 ta holatda 1 413 gektar (45 %) maydondagi qonunbuzilishlarni ixtiyoriy bartaraf etilishi ta’minlandi.

🔹O‘zboshimchalik bilan egallangan maydonlarni qaytarish, noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida sudlarga 2 121 ta da’vo arizalari kiritildi.

🔹Yerga oid qonun buzilishi holatlarida jinoyat alomatlari kuzatilgan 413 ta yoki 93,9 gektar ish hujjatlari o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

🔰Joriy yilda respublika bo‘yicha yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 409 ta (7 832,1 gektar) holat aniqlandi.

💠Maqsadsiz foydalanilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 378 ta (7 821,4 gektar) holatda taqdimnomalar kiritildi.

💠PF-6243-son Farmon bilan Kadastr agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilish huquqi berilganidan keyin 31 ta (10,7 gektar) holatda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni bekor qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilindi.

💠Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar monitoringini yurituvchi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi amaliyotga joriy etilgan. Hozirda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

🇺🇿Yer umummilliy boyligimiz!

📌Uni asrab avaylash, har qachon to’g’ri maqsadda foydalanib kelajak avlodga bus-butun yetkazish har birimizning burchimizdir.

Ushbu videoda siz yer bilan bog’liq bir nechta muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sababi va uni hal qilishdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishasiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman


2021 йил ва 2022 йилнинг ўтган даврида (1 июнь ҳолатига) республика бўйича ер участкасини ўзбошимчалик билан эгаллаш билан боғлиқ 24 511 та ёки 5 164,7 гектар (2022 йилда 7 618 та ёки 2 623,5 гектар) ҳолат аниқланди.

Агентлик органлари томонидан берилган ёзма кўрсатмалар асосида 11 228 та ҳолатда 3 050,5 гектар (46%) майдондаги қонунбузилишларни ихтиёрий бартараф этилиши таъминланди.

Ўзбошимчалик билан эгалланган майдонларни қайтариш, ноқонуний қурилмаларни буздириш ҳақида судларга 11 637 та ёки 1 456,5 гектар (2022 йилда 2 757 та ёки 427,2 гектар) даъво аризалари киритилди.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш ҳолатлари бор, ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари бор. Бу иккала тушунчани бир-биридан фарқлаб олиш керак.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси
— қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган), шу жумладан, берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган, ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкаси.

Ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш – ер участкаларини ажратиб бериш ҳужжатларида белгилангандан бошқа мақсадда фойдаланиш ёки белгиланган муддатларда фойдаланмаслик дегани.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt