FARG'ONA KADASTR
1.61K subscribers
6.27K photos
1.09K videos
17 files
3.75K links
Download Telegram
Viloyat moliya-iqtisodiyot tizimiga kiruvchi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Viloyat axborot-kutubxona markazining majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avaz O‘rinboyev hamda iqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani davomida ko'chmas-mulk shartnomasi va yer ajratish masalalari bilan bog‘liq tartiblar yuzasidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan asoslantirilgan javoblar qaytarildi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i U.Abdualiyev OAV va blogerlarning savollariga javob berdi.

Korrupsion holatlarning oldini olishda matbuotning o‘rni beqiyos ekanligi alohida qayd etilib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu illatga qarshi birgalikda kurashishga kelishib olindi.

https://t.iss.one/fargonakadastr
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

31-yanvar kuni “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish” mavzusi yuzasidan O'zbekiston telekanalining "Munosabat" tok shousida Kadastr agentligi mas'ullari ishtirok etishdi.

Batafsil📹
KADASTR BO‘YICHA MUAMMO BORMI?!

Farg'ona viloyati aholisi, Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998732497077 ishonch telefoniga yoki @fm_fargonakadastr telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

https://t.iss.one/fargonakadastr
YER VA KADASTR NAZORATI BO‘YICHA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILGAN?!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan yer toifasidan qat’i nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan 2022-yil 01.02.2022 ma’lomotga ko‘ra 20 ta holatda jami 0,82 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha Kadastr agentligi boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan yer qonun buzilish holatlarini sodir etgan 16 ta shaxslarga nisbatan bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar yuborilib, 2 ta holatda 0,03 gektar (10%) yer maydonlarida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etilgan.

Bundan tashqari 8 ta holatda 0,27 gektar yer maydonida yer qonunbuzilishi holatlarini sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 54 mln. so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Qolaversa yer qonunbuzilishi holatlarini sodir etgan aybdor shaxslar tomonidan qurilgan qurilishlarni buzdirish hamda yer maydonlarini tuman zaxirasiga qaytarish maqsadida 3 ta holatda 0,01 gektar noqonuniy qurilgan qurilishlarni buzdiriz bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritildi.

https://t.iss.one/fargonakadastr
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022-yil yanvar oyida jami 5 208 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 60
▫️Andijon viloyati - 216
▫️Buxoro viloyati - 352
▫️ Samarqand viloyati -71
▫️Sirdaryo viloyati - 110
▫️Surxondaryo viloyati - 651
▫️Qashqadaryo viloyati - 461
▫️Toshkent shahar - 430
▫️Toshkent viloyati - 1089
▫️Navoiy viloyati - 177
▫️Namangan viloyati - 450
▫️Xorazm viloyati - 351
▫️Jizzax viloyati - 363
▫️ Farg‘ona viloyati - 376
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 51

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI
(infografika)

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarorida belgilangan.

https://t.iss.one/fargonakadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi huquqshunoslari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilgan?!

https://t.iss.one/fargonakadastr
#Kadastr #aholi_murojaatlari

🔰Kadastr agentligiga joriy yilning 1-fevral kuniga qadar jami 2 512 ta murojaatlar kelib tushgan.

🔹Prezidentining virtual qabulxonalari orqali 1 925 ta,
🔹Bosh vazir qabulxonalari orqali 255 ta,
🔹Bosh prokuratura ishonch telefoni orqali 74 ta murojaat kelgan bo‘lsa,
🔹Kadastr agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshqa idora va tashkilotlardan 248 ta murojaat kelib tushgan.

📌Murojaatlar ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, tahlil qilinganda,
🔸1 156 ta yoki 74,0 % qanoatlantirilgan, 376 ta yoki 24,1 % tushuntirilgan bo‘lsa, 30 ta yoki 1,9 % rad etilgan.

📍Ko‘rib chiqish jarayonidagi murojaatlar Kadastr agentligi Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tasarrufdagi tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning kadastr hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
(27.01.2022 yildan 03.02.2022 yil holatiga)

Ulug‘bek Uzaqov – Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Bino-inshootlari va Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i: O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillar o‘rganilganligi, Farg‘ona viloyatida 209 ta xonadonda uy egalarini ijtimoiy yordamga muhtojligi va shu sababdan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmasdan kelinganligi bildirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasining tegishli tuman va shahar filiallari tomonidan ushbu ijtimoiy yordamga muhtoj 209 ta xonadon egalarining mavjud muammolari o‘rganib chiqildi hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishi bo‘yicha tegishli tushuncha va yo‘nalishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan reglamentning 9-bandida “Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi”- deb belgilangan. Shuningdek, 2021 yil 18 maydagi “Vazirlar Mahkamasining «Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» 2014 yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 306-sonli qarori ilovasining izoh qismi 5-bandida “I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi”-deb belgilangan.

Shunga ko‘ra, mazkur qarorlar talablari asosida ushbu imtiyozlardan foydalangan xolda Davlat xizmatlari markazi orqali yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi.

https://t.iss.one/fargonakadastr
​​#Kadastr

🔰Davlat soliq qo‘mitasiga elektron tarzda yuborilayotgan 279,2 mingta yuridik shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari maydoni va boshqa ma’lumotlari tahlil qilinganda, “Ko‘chmas mulk-3” dasturiy mahsulida quyidagi 13 ta yo‘nalishda tafovut va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

📌Jumladan:

🔹5,3 mingta obyektlarga STIR umuman yo‘q yoki xato kiritilgan;
🔹5,2 mingta obyektning mulk maydoni kiritilmagan;
🔹7,5 mingta holatda 2019-2021 yillarda yuridik shaxs nomidan “Davreestr” dasturi orqali jismoniy shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan (sotilgan);
🔹3,3 mingta bir yuridik shaxs nomidan boshqa yuridik shaxslar nomiga o‘tib ketgan;
🔹5,4 mingta obyektlar Kadastr idoralarida hisobga olingan biroq soliq solish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasiga yuborilmagan;
🔹1,7 mingta Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida yuridik shaxslar nomida bo‘lib, Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasida jismoniy shaxs nomida;
🔹19,2 mingta obyektning foydalanishga qabul qilingan sanasi va raqami kiritilmagan;
🔹2,2 mingta obyektning yer maydoni kiritilmagan;
🔹26,8 mingta obyektning mulk maydoni qurilish osti maydonidan kam kiritilgan;
🔹23,3 mingta yer uchastkalarining (noturar) tasnifi (klassifikatori) kiritilmagan;
🔹8,2 mingta obyekt egalari bo‘lgan yuridik shaxslar faoliyati tugatilgan;
🔹2,6 mingta obyektlarga yuridik shaxslarning nomlari xato yozilgan;
🔹165,5 mingta obyektlarning ro‘yxatga olingan sanasi va raqami dasturiy mahsulga kiritilmaganligi aniqlandi.

📌Ushbu holatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib, kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligini oldini olish bo‘yicha dasturiy mahsulga o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
KADASTR SOHASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH

Hozirgi kunda, Korrupsiyaga qarshi kurashish eng muhim va dolzarb masalalardandir. Bugungi kunda Kadastr sohasida bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator ishlar tashkil etilgan. Buning natijasida tizimda korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Har bir hududlarda korrupsiyaga qashi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari, seminar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Respublika aerogeodeziya markazi Farg‘ona hududlararo bo‘linmasida xam shu mazmunda muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Kadastr agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish va Komlayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov so‘zga chiqib, kasb-faoliyatda qing‘ir yo‘lga kirib qolish, turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning ayanchli holatlari borasida aniq misollarni keltirib utdi.

Bunday uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.

https://t.iss.one/fargonakadastr