Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#savol_javob #murojaatlar #foydali
❓ 📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi❓
🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍 Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #foydali_ma'lumot
🪙 Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi
💠 kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
⏺ ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
⏺ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
⏺ rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
⏺ kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
💠 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
⏺ fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
⏺ tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.
Asos:🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Asos:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #foydali_ma_lumot
🪙 Ayrim bolalar davlat boji to'lashdan ozod etildi.
📃 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Asos:🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PQ-230-son qarori
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Asos:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#kadastr #foydali_ma_lumot
◾️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari qoplab beriladi◾️
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-sonli qaroriga asosan, ⚖️ elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Bunda⚖️ elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Bunda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Kadastr #Foydali_malumot
⏰ FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR DIQQATIGA! ⏰
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishga online ariza yuborish imkoningiz mumkin.
Iyul oyida umumiy yagona portal orqali 36 ta murojaat kelib tushgan.
(18.07.2023 holatiga)
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishga online ariza yuborish imkoningiz mumkin.
Iyul oyida umumiy yagona portal orqali 36 ta murojaat kelib tushgan.
(18.07.2023 holatiga)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#DavKadastrPalata #foydali_ma_lumot
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM