FARG'ONA KADASTR
1.66K subscribers
5.01K photos
980 videos
17 files
3.17K links
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lex.uz
#Президент_қарори

“Электрон онлайн-аукционни ўтказиш тартибини соддалаштириш, унинг шаффофлигини ошириш ҳамда иштирокчилар ҳуқуқларининг ишончли ҳимоясини кафолатлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди

Қарорга кўра, 2021 йил 1 сентябрдан “E-auksion” электрон савдо платформасидаги электрон онлайн-аукционлар тартиб-таомилларининг ягона тартиби жорий этилади.

🔰 Бунда:

иштирокчиларга, шу жумладан чет эл фуқароларига аукционда қатнашиш учун электрон рақамли имзо калити сертификати масофадан туриб, Давлат активларини бошқариш агентлигининг “Электрон онлайн-аукционларни ташкил этиш маркази” давлат унитар корхонаси томонидан бепул тақдим қилинади;

объектларни аукционга чиқариш учун тўланадиган йиғим бекор қилинади;

аукцион ўтказиш тўғрисидаги хабар у ўтказиладиган кундан 30 кун олдин эълон қилинади.

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉 https://lex.uz/docs/5525718
#Murojaatlar #Yer_ajratish_masalalari

Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha jami 1048 ta muammolar aniqlangan bo'lib, ulardan:

🔹Yer ajratish masalalari bo'yicha - 673 ta

🔹Xususiy mulkni himoya qilish masalasi bo'yicha-112 ta

🔹Xususiylashtirish va bino ajratish bo'yicha-114 ta

🔹Boshqa yo'nalishda - 149 ta

Yer ajratish masalasidagi aksariyat murojaatlarni mazmuni – bepul, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, davlat-sherikchilik asosida (shuningdek: tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, kompensatsiya, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa sohalar uchun) yer so‘rab yo‘llangan murojaatlar bo‘lib, yer ajratish tartibi yuzasidan murojaat egalariga tushuntirish berilmoqda.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SAYYOR QABULGA MARXAMAT!!!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Abdualiev Umidjon Abdumutalipovich boshchiligida 2021 yil 28 iyul kuni Rishton tumanining “Xalqaro kulolchilik markazi”da jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazilishi belgilangan.

Sayyor qabulda qatnashish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari 2021 yil 28 iyul kuni soat 10-00 dan boshlab Rishton tumanining “Xalqaro kulolchilik markazi”ga tashrif buyurishlari mumkin.

Murojaat uchun: 73 249-70-77 ishonch telefoni hamda www.fargonakadastr.uz xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

KADASTR AGENTLIGI FARG‘ONA VILOYAT
BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videorolik

📋 Qonun va halollik hayotiy tanloving bo'lsin.

Korrupsiyaga yo'l qo'yma !

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
“HAR BIR FUQARO ROZILIGI UCHUN XIZMAT QILISHIMIZ KERAK!”

Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Unda boshqarma boshliqlari, o‘rinbosarlari boshqarmaning o‘zida ishtirok etishgan bo‘lsa, shahar-tuman filial va bo‘lim rahbarlari hamda barcha tizim xodimlari video aloqa tizimida qatnashdilar.

Bugungi kunda boshqarma tizimida aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonlari tahlil etilib, ijro intizomi bo‘yicha hududlarga mas’ul xodimlar biriktirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Kadastr agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasiga 2021-yil boshidan 6 oy davomida turli manbalardan jismoniy va yuridik shaxslardan 1325 ta murojaatlar kelib tushgan.

– Biz aziz xalqimizning roziligi, tadbirkorlarning manfaatlari, kadastr tizimining va albatta, vatanimizning ravqani uchun chin dildan xizmat qilmog‘imiz kerak, - dedi Kadastr agentlig Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Mashrapov.

KADASTR AGENTLIGI FARG‘ONA VILOYATI BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI
KADASTR SOHASI BO‘YICHA SAYYOR QABUL

Tadbirkorlik, shahrsozlik faoliyatini yuritish uchun yer maydonlari ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini tayyorlashda davlat xizmatlari uchun to‘lovlar va bosh sohaga doir muammolar va savollarga Rishton tumanida o’tkazilgan “Sayyor qabul”da oydinlik kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan tashkil etilgan “Sayyor qabul”da Kadastr agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Mashrapov, Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

“Sayyor qabul” davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullar ko‘plab masalalarni o‘rnida hal etgan bo‘lsalar, muddat talab etiladiganlari belgilanib olindi.

KADASTR AGENTLIGI FARG‘ONA VILOYAT
BOSHQARMASI MATBUOT XIZMATI

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok