FARG'ONA KADASTR
1.76K subscribers
4.94K photos
971 videos
17 files
3.13K links
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Farg'onada yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminar o'tkazildi


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni e'lon qilingandan so'ng keng jamoatchilikka targ'ib qilish ishlari davom etmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i R.Mirzaxmedov boshchiligida Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan Farg'ona viloyatida huquqiy seminar o'tkazildi.

🇺🇿 Huquqiy seminarda asosan viloyatning tuman(shahar) filial rahbarlari hamda mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 12-moddasi haqida,

💠 Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning qo‘shimcha shartlari

🔠 Ushbu Qonunning 4 — 11-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq bo‘lgan yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qonunchilik hujjatlariga hamda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarga (mavjud bo‘lsa) muvofiq qurilish taqiqlangan hududlarda joylashmaganligi mazkur yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.

🔠 Binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda joylashgan taqdirda, huquqlarni e’tirof etish masalasi yer fondining toifasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilganidan keyin ko‘rib chiqiladi.

🗣Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

🔵agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;

🔵agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda.

🔠 Yer uchastkalari boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga o‘tkazilgan hollarda, yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ular avval joylashgan ma’muriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini e’tirof etish shartlariga muvofiq, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda e’tirof etiladi.

🔠 Yakka tartibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldagi maydoni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan o‘lchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga bo‘lgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xo‘jaligini yoki tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun e’tirof etiladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YANGI QONUN BO‘YICHA BRIFING

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar sho'basi bosh mutaxassisi A.Abbosxonov ishtirokida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937 son Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida brifing o'tkazildi.

▶️ Batafsil videoda 👆

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍 QO‘SHTEPA TUMANIDA SAYYOR QABUL

🗓 Tasdiqlangan reja-grafikka asosan Davlat kadatrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Azizov boshchiligida Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

📃 Unda asosan, tumanning  aholisi hamda tadbirkorlari kadastr sohasidagi murojaatlari bilan ishtirok etishdi.

🔺 Sayyor qabul davomida 17 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, joyning o‘zida 11 ta murojaatlarga ijobiy yechim topilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👥 HUDUDLARDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRLARI

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Beshariq tumanida targ'ibot tarbirlari olib borildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Farg'ona viloyatidagi "Namunali arxiv" faoliyati

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

📺 Navbatdagi videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasining Beshariq tumani filiali "Namunali arxiv"ida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
BAYRAM ARAFASI FARG'ONA TUMANIDA YANGI KADASTR BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi tantanalari arafasida Farg'ona tumanida kadastr idorasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi X.Inomov, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Inamov,
Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig'i N.Mashrapov va bir qator soha faxriylari so‘zga chiqib, Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda bayramona tuhfa bilan tuman aholisini muborakbod etishdi.

Tantanali tarzda tasmalar qirqilib yangi binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu yangi zamonaviy bino imkoniyatlari haqida batafsil yana ma'lumot taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM