FARG'ONA KADASTR
1.81K subscribers
4.91K photos
966 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
🗣 KADASTR SOHASI VAKILLARI UCHUN SEMINAR

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i R.Mirzaxmedov hamda Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Kurbanov boshchiligida Farg'ona viloyati boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017-yildagi "Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 1043-sonli qaror ijrosi yuzasidan seminari bo'lib o'tdi.

➡️ Seminarda boshqarmaning tuman(shahar) filiallari bosh muhandislari va boshqa tegishli mutasaddilarga mazkur qarorning mazmun-mohiyati, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash va hisobga olishning belgilangan tizimi to'g'risida batafsil tushunchalar berildi.

➡️ O'rganishlar davomida viloyatning tuman(shahar) filiallarida bo'lib, har bir tegishli mutaxassislarga yuqoridagi qaror ijrosi bo'yicha o'zining tavsiyalarini berdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI

🟢 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📍 Quva tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Quva” MFY hududida joylashgan yer maydonini fuqaro B.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

📝 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔺 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️KADASTR AGENTLIGI HAMDA 🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI FARG‘ONA VILOYATI BOSHQARMALARI

💼 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Mashrapov Nodirbek Ro‘ziboyevich

💼 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Mirzaxmedov Ravshanjon Valijonovich

📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Bobur ko‘chasi 4-uy

📞 Telefon: +998732497077

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FARG'ONA VILOYATIDA "YER HISOBINI YURITISH" BO'YICHA ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

🌟 Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish bo'limi yetakchi mutaxassisi S.Musurmonqulov Farg'ona viloyatining Toshloq, Yozyovon, Qo'shtepa hamda boshqa tuman(shahar) filiallarida bo'lib, "Yer hisobini yuritish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

💻 Yer fondi toifalarini ko'rish uchun kelib tushayotgan arizalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga mas'ul filiallarning yer hisoboti mutaxassislarining vazifalari hamda "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

➡️ Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisoboti" huquqiy hujjatlarini jamlash va tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI

🟢 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📍 O'zbekiston tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Katta Tagob” MFY hududida joylashgan 150 kv.m yer maydonini fuqaro N.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

📝 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔺 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

🌟 Kadastr agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni va ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 🌟Kadastr agentligida ijro intizomini ta'minlash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

💠 Yig'ilishda Agentlik rahbariyati, Markaziy apparat tuzilma rahbarlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimi ishtirok etdi.

Uchrashuvda 🔸 “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi dasturi muhokamasi hamda yil yakuniga ijro intizomini ta'minlash yuzasidan chora - tadbirlar belgilab olindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI

🟢 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📍 Quva tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Sanoatchilar” MFY hududida joylashgan 60 kv.m yer maydonini fuqaro Z.M. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

📝 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔺 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.

🟢Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

🟢Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.

🟢Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.

❗️Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⬇️ РАСМИЙ МУНОСАБАТ

🌐 Интернет тармоқларида “Ҳоким ёки кадастр ерлар сотилишида ким айбдор?” мавзусида видео тарқалди.

➡️ Аникланишича, Риштон туманидаги “Хуршиди хилол замини” фермер хўжалиги рахбари томонидан 2023 йил 27 феврал кунги қишлоқ хўжалик бошқармаси бошлиғи номига ёзган 7-сонли мурожаатида фермер хўжалиги ихтиёрида турган Тўда ММТП даги 98-контуридаги 0,17 гектар ер майдони фуқаро С.Э. томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинганлиги билдирилган.

➡️ Ушбу холат бўйича мурожаатни жойига бориб ўрганилганда қуйидаги холатлар аниқланган.

➡️ Хусусан, ҳақиқатда фуқаро С.Э. томонидан ўзбошимчалик билан фермер хўжалигининг 98-контуридаги жами 0,17 гектар экин майдонини эгаллаб олиб, атрофини ўраб олганлиги маълум бўлган. Ушбу ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер майдонига фуқаро С.Э. томонидан тақдим қилинган ҳужжатлар ўрганилганда ушбу жойга тегишли эмаслиги маълум бўлган.

➡️ Шунга кўра Риштон тумани Тўда ММПТ ҳудудида жойлашган “Хуршиди хилол замини” фермер хўжалигига қарашли бўлган 98-контуридаги 0,17 гектар экин майдони фуқаро С.Э. томонидан ўзбошимчалик билан эгаллаб олинганлиги ҳолати юзасидан тўпланган ҳужжатлар жиноят аломатлари аниқланганлиги сабабли қонуний қарор қабул қилишлик учун 22.05.2023 йилда № 01-07-99 сонли хат билан Риштон туман прокуратурасига юборилган.

➡️ Шунингдек, Фуқаролик ишлари бўйича Риштон туманлараро судининг 13.09.2023 йилги хал қилув қарори билан даъвогар “Хуршиди хилол замини” фермер хўжалигининг жавобгар С.Э.га нисбатан ноқонуний қурилмани буздириш ва 0,17 га ер майдонини “Хуршиди хилол замини” фермер хўжалигига қайтариш ҳақидаги даъвоси қаноатлантирилган.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM