FARG'ONA KADASTR
1.65K subscribers
5.04K photos
982 videos
17 files
3.18K links
Download Telegram
#Kadastr #ona_tilim_faxrim

Bugun 🌟Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🫥 Tadbirga Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Obiddin Mahmudov, Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fanlar nomzodi Muzaffar Artikov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyoti sektori dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Eshmatovalar mehmon sifatida taklif qilindi.

🫥 Tadbir davomida 🌟Kadastr agentligi xodimlari va tizim tashkilotlarda faoliyat olib boradigan xodimlar faol qatnashib she'r va g'azallar o'qib berishdi. Bundan tashqari taklif qilingan mehmonlar tomonidan berilgan mantiqiy savollarga to'g'ri javob bergan xodimlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ONA_TILIM_FAXRIM
🟢 21-OKTABR — "O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI"

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #ona_tilim_faxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

➡️ Qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.

🗣 Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika
Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmasiga 2023-yil boshidan shu kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 755 ta murojaat kelib tushgan. Bu borada batafsil infografikada tanishib olishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tilim - g'ururim, iftixorim!

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami" ni munosib nishonlash barobarida "Ona tilim - faxrim" shiori ostidagi ommaviy tashabbusda ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda kadastr tizimi xodimlari masofalarga qaramay davlat bayramini o'zaro hamjihatlikda, birlikda va o'zgacha kayfiyatda kutib olganini ko'rishingiz mumkin.

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bayram_tabrigi

QADRLI YURTDOSHLAR

1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinishi va ushbu Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo'lgan.

Bugun ona yurtimizning har bir go'shasida katta tantana. Beg'ubor va jozibador ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to'ldi.

Til - xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri va ko'zgusi hisoblanadi.
O‘zbek tili O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning davlat tilidir. Shunday ekan davlat tili ham har bir davlatning ramzi sanaladi.

Buyuk tarixga ega O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tilaridan biri hisoblanadi. Ona tilimizning nechog'lik buyuk ekanligini ota-bobolarimizning qoldirgan asarlari misolida bilish qiyin emas.

Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab onadek aziz o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Oʻzbek tili bayrami kuni hamda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.

🌟Kadastr agentligi direktori - Pulatov Farrux Jaxongirovich

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⭐️ HUDUDLARDA YER VA KADASTR BO'YICHA MONITORING ISHLARI

🟢 Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📍 Buvayda tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Beglar” MFY hududida joylashgan 71.1 kv.m yer maydonini fuqaro M.M. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

📝 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

🔺 Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul

Kadastr sohasidagi murojaatlar yechim topmoqda.

⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev To'lqin Mansurovich boshchiligida Farg‘ona viloyatining Farg'ona tumanida tashkil qilgan sayyor qabulida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi.

➡️Unda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari eshitilib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul davomida 28 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida 15 tasi ijobiy hal etildi. 13 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM