FARG'ONA KADASTR
1.65K subscribers
5.04K photos
982 videos
17 files
3.18K links
Download Telegram
🔹Bugun Kadastr agentligi Direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Farg'ona viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turgan Davlat kadastrlari palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A.Raxmatov boshchiligida ZOOM platformasi orqali keng qamrovli yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mashrapov hamda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari A.Ashurov va A.Jo'rayevlar boshchiligida barcha tuman bo‘limlari va filiallari rahbarlari, mutaxassis xodimlar ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilish yakunida A.Raxmatov yig‘ilishini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiya illatiga qarshi murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirish va oldini olishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 32-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#TABRIK
Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Mashrapovning bayram tabrigi

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #mustaqillik_bayrami #32_yil #tabrik

💐Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari patasi Farg'ona viloyati aziz yurtdoshlarimizni  Mustaqilligimizning
32 yilligi bilan muborakbod etadi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo va xalqimiz omon bo‘lishini tilab qolamiz!


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi o'quv yili boshlandi

📚 Bugundan barcha ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining birinchi kuni. Maktabga ilk bora qadam qo'ygan barcha o'quvchilar uchun muhim, esda qolarli kun. Talabalik baxtiga muyassar bo'lgan yoshlarimiz uchun esa sabrsizlik bilan orziqib kutgan "talaba" maqomini his qiladigan kunlari hisoblanadi.

📖🖋 Shu munosabati bilan, yurtimizdagi barcha o'quvchi va talabalarni yangi o'quv yilini boshlaganlari bilan tabriklaymiz. Ularga yangi bilimlarni egallashlari va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.

💐Yurtimiz egalari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lsin.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, lekin vaqtingiz yo'qmi?

📞 Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 ish vaqti Dushanbadan Jumagacha. Soat 9:00 dan 18:00 gacha.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Интернет тармоқларида “Марҳумни тирилтирган масъуллар ёхуд коррупция ҳолат” мавзусида видео тарқалди.

Бу масалага оид видео ўтган йили ҳам, айни шу вақтда тарқалган эди: https://youtu.be/bsP0LZnUSZk?si=QQZAjoErxYA_-SSI

Эътиборлиси ўшанда ҳам тўлиқ расмий муносабат эълон қилинган: https://t.iss.one/fargonakadastr/2904

Видео лавҳа эски эканига яна бир исбот: Давлат кадастрлари палатаси Фарғона вилояти бошқармаси бошлиғи бугунги кунда ўзгарган.

Шу ўринда, эслатма! Маълумотларни ҳолислиги ва ишончлилиги текширилмасдан туриб, эски видеоларга йиллари кўрсатилмасдан ёки “архив” сўзи ишлатилмасдан тарқатилиши фуқаролар ўртасида тушунмовчиликлар келиб чиқишига сабаб бўлади.

Бешариқ тумани, Обод МФЙ, Обод кўчаси 57-уйда жойлашган ҳовли жойга Бешариқ тумани ҳокимининг 12.12.2017 йилдаги қарорига асосан умумий ер майдони 1600,00 кв.м дан иборат бўлган 0013-яшаш уйи, 0014-дарвоза литерлардаги бино-иншоотларга (марҳум) Р.А. номига эгалик ҳуқуқи берилган ҳамда кадастр ҳужжатлари тайёрланиб, давлат рўйхатига олинган. Ҳужжат тайёрлаш жараёнида ушбу ҳовли жойда (марҳум) Р.А. вафот этгандан кейин меросхўр ва фойдаланувчилар томонидан 561,59 кв.м дан иборат бино иншоотлар қурилган. Ушбу бино иншоотлар кадастр ҳужжатларида рухсатсиз қурилган сифатида кўрсатилган бўлиб, эгалик ҳуқуқи белгиланмаган.

Бешариқ тумани 1-сон давлат нотариал идорасининг 30.05.2018 йилдаги қонун бўйича меросга бўлган ҳуқуқ тўғрисидаги гувоҳномасига асосан 1600,00 кв.м ер майдонида жойлашган ҳовли жойдаги 0013-яшаш уйи, 0014-дарвоза литерлар билан белгиланган умумий қурилиш эгаллаган майдони 32,80 кв.м дан иборат мол-мулкка нисбатан 1/7 қисмига фуқаро М.А, 1/7 қисмига фуқаро Л.Х, 3/7 қисмига фуқаро Р.А, 1/7 қисмига фуқаро Ж.А, 1/7 қисмига фуқаро А.А. ларга мерос олинган ҳамда ушбу фуқаролар номига кадастр ҳужжатлари тайёрланиб, давлат рўйхатидан ўтказилган.

Бешариқ тумани 1-сон давлат нотариал идорасининг 29.12.2018 йилдаги ҳадя шартномаларига асосан фуқаро М.А, фуқаро Ж.А.лар ўзига тегишли бўлган қисмларини Л.Х.га ҳадя қилиб берган.

Фуқаро Р.А ўзига тегишли бўлган 3/7 қисмини Бешариқ тумани 1-сон давлат нотариал идорасининг 29.12.2018 йилдаги олди-сотди шартномасига асосан Д.М.га сотиб юборган.

Ҳозирги кунда юқоридаги нотариал шартномаларга асосан Бешариқ тумани, Обод МФЙ, Обод кўчаси 57-уйда жойлашган ҳовли жойни 3/7 қисмига фуқаро Л.Х, 3/7 қисмига фуқаро Д.М, 1/7 қисмига фуқаро А.А.ларни номига кадастр ҳужжатлари тайёрланиб, давлат рўйхатидан ўтказилган.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from FARG'ONA KADASTR
KADASTR BO‘YICHA MUAMMO BORMI?!

Farg'ona viloyati aholisi, Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998732497077 ishonch telefoniga yoki @fm_fargonakadastr telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ Kadastr agentligi - Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari bo'yicha yuqori ko'rsatkichda.

🔷 BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022-yilgi reytingi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69-oringa koʻtarilib, eng tez suratlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirdi.

🔷2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

📊 Reytingda 43 ta davlat organlari ichida - Kadastr agentligi 16 - o'rinni egallab, ilg'orlar qatorida yuqori natijalarga erishgani quvonarli holdir.

👉 Batafsil: https://nis.egov.uz/login

#DavKadastrPalata #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram YouTube Facebook Twitter
#infografika #Kadastr_Pasporti
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot

Bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda elektron tarzda ijrosi taʼminlanmoqda.

Dastur ishga tushganidan buyon, shu kunga qadar yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 234 388 ta murojaatlar kelib tushgan hamda 19 306 002 700 so‘m miqdorda tushum qilingan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni Yangi Toshkent shahrining Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.

🏙 Yangi rejalashtirilayotgan loyihaga ko‘ra, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan.

🟩 Loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan, faol iqtisodiyot va ijtimoiy hayot uyg‘unlashtirilgan, transport tarmoqlari poytaxtimiz bilan oqilona bog‘langan.

Batafsil ma’lumot: https://president.uz/uz/lists/view/6643

#DavKadastrPalata #Prezident #YangiToshkent

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
Интернет тармоқларида Қўқон шаҳрида яшовчи аёлнинг муаммоси баён этилган пост тарқалди.
 
Давлат кадастрлари палатасининг Қўқон шаҳар филиали архив фондида сақланаётган, Қўқон шаҳар, Махрам 1-тор кўчаси, 6г-уйда жойлашган, фуқаро О.Х.га тегишли бўлган қурилиш тугалланмаган “Ёшлар меҳнат гўзари” комплексига оид кадастр ҳужжатларига кўра, Қўқон шаҳар ҳокимининг 09.08.2019 йилдаги қарори билан Қўқон шаҳар, “Янги обод” МФЙ ҳудудидан “Обод маҳалла дастури” ва “Ёшлар келажагимиз” Давлат дастури ижросини таъминлаш мақсадида, фуқаро О.Х.га “Ёшлар меҳнат гўзари” комплекси қурилиши учун 72,0 м2дан иборат ер майдони ажратиб берилган.
 
Қўқон шаҳар 2-сон Давлат нотариал идораси томонидан 22.01.2020 йилда реестрга қайд этилган ишончномага кўра, фуқаро О.Х. томонидан фуқаро В.А. номига 72,0 м2дан иборат ер майдонида бино-иншоотлар қуришга, таъмирлаш ишларини олиб боришга, тегишли идораларга ҳужжатларни тақдим этиб расмийлаштиришга, фойдаланишга, ҳужжатларни имзолашга, ҳужжатларни давлат рўйхатидан ўтказишга ваколат берилган.
 
Ишончнома асосида ҳаракат қилувчи фуқаро В.А.нинг Давлат хизматлари маркази орқали 24.10.2022 йилдаги кадастр паспортини шакллантириш юзасидан йўллаган буюртма аризаси ва Қўқон шаҳар “Қурувчи-меъмор сервис” МЧЖнинг 05.12.2022 йилдаги бино-иншоотларни 78%га битказилган маълумотномасига мувофиқ, филиал томонидан қурилиши тугалланмаган “Ёшлар меҳнат гўзари” комплексига кадастр паспорти расмийлаштирилган.
 
Давлат хизматлари маркази орқали 18.01.2023 йилдаги кўчмас мулк объектига бўлган ҳуқуқларни Давлат рўйхатидан ўтказиш юзасидан йўллаган буюртма аризасига асосан 22.01.2023 йилда Давлат рўйхатидан ўтказилганлиги ҳақидаги Реестрдан кўчирма берилган.
 
Архив ҳужжатларига кўра, бино-иншоотлар бугунги кунга қадар фуқаро О.Х.нинг номида, бино-иншоотлар бегоналаштириганлиги юзасидан филиалда маълумотлар мавжуд эмас.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#infografika
Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #huquqiy_targ_ibot
Kadastr hujjatlarini tayyorlashda korrupsiyani oldini olish

Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, Davlat ximatlari ko'rsatish markazi mutassaddilari va mutaxassislari ishtirokida “Kadastr hujjatlarini tayyorlashda korrupsiyani oldini olish” hamda “Mehnat munosabatlarida Korrupsiyani oldini olish va uning oqibatlari” mavzularida o'quv-seminarlari bo'lib o'tdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
⚡️SAYYOR QABUL: DAVLAT VA XALQ O‘RTASIDAGI KO‘PRIK

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Azizov Toshloq tumanida fuqarolarning kadastr borasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida  sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Unda, Toshloq, Yozyovon, hamda Qo'shtepa tumanlaridagi jismoniy va yuridik shaxslarning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul davomida 18 ta murojaat kelib tushdi. Joyning oʻzida 8 murojaat hal etilgan boʻlsa, qolgan murojaatlar ijro etishlik uchun nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook