FARG'ONA KADASTR
1.65K subscribers
5.04K photos
982 videos
17 files
3.18K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

🟢 Bugun 🌟Kadastr agentligi binosida tizimdagi xodimlarning farzandlari uchun 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan katta tantana o‘tkazildi. Ushbu quvnoq bayram tadbirida tashkilot xodimlarining 100 dan ortiq farzandlari ishtirok etishdi.

Bolajonlar uchun tashkillashtirilgan tantanada bolajonlar uchun turli qiziqarli chiqishlar tashkillashtirildi. Jumladan osmon uzra turli ranglarga kirib uchayotgan 👌 dronlar bolalarga o‘zgacha taassurot va quvonch baxsh etdi. Shuningdek, ular kadastr yo‘nalishiga doir asbob-uskunalari bilan ham tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Bolalarni yoshlariga mos ravishda tuzilgan viktorina savollari, shaxmat-shashka o‘yinlari hamda Yer rasmini chizish bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilgani bugungi bayramni yana-da qiziqarli o‘tishiga zamin yasadi.

💐Tadbir so‘ngida topshirilgan esdalik sovg‘alari va multfilm qahramonlarining namoyishi bolajonlarning ko‘zlaridagi quvonchi va shodon kulgisining yana-da ortishiga sababchi bo‘ldi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xorijda kadastr tizimi▪️

Qirg'iziston Respublikasi

🌱 Qirgʻiziston Respublikasining yer fondi qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan yerlarni oʻz ichiga oladi va maqsadli yoʻnalishga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:

▪️Qishloq xo'jaligi yerlari;
▪️ Aholi punktlari yerlari;
▪️ Sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa sohalarda foydalaniladigan yerlar;
▪️ Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlari;
▪️ O'rmon fondi yerlari;
▪️ Suv fondi yerlari;
▪️ Zaxira yerlari.

Yer uchastkasidan foydalanish muddatsiz (muddat ko'rsatilmagan) yoki doimiy (vaqtinchalik) bo'lishi mumkin.

◼️Yer uchastkasidan muddatli (vaqtinchalik) foydalanish, shu jumladan ijara shartnomasi bo‘yicha foydalanish yerdan 50 yilgacha cheklangan muddatga foydalanish deb e’tirof etiladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin yerdan foydalanish shartlari tomonlarning kelishuviga binoan uzaytirilishi mumkin.

👔Yer uchastkalari chet elliklarga faqat yer uchastkalaridan vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.

◼️Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar, bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar egallagan yerlar, urugʻchilik, naslchilik, tajriba xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot, tajriba seleksiya, nav sinash, qishloq xoʻjaligi kooperativlari tomonidan 20 yilgacha boʻlgan muddatga foydalanishga beriladi.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr_tizimi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonalari orqali 2023-yil boshidan hisobot davriga qadar, kelib tushgan murojaatlar tahlili bo'yicha ma'lumot.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
▪️5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni▪️

🌳 Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo'lgan ekologik muammolar to'g'risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi.

🌤 Insonlarni doimiy o‘sib borayotgan talablari tabiatni o‘z chegaralaridan tashqariga chiqarib yubormoqda. Okeanlar va o‘rmonlar 86 million insonlarni ish bilan ta’minlaydi. To‘rt milliard insonlar faqat tabiiy dorilarga tayanadi. Shaharlar va binolarni sovitish uchun o‘rmonlar va ko‘kalamzorlardan foydalanish kabi tabiiy yechimlarni asrash talab etiladi.

🌈 Mazkur sana nafaqat ona yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to'g'risida chuqur o'ylashimiz, yer-sharimizni yanada go'zalroq, sog'lomroq qilish yo'llarini izlashimiz lozimdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga chaqiradi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonalari orqali 2023-yil boshidan 5-oy davomida, kelib tushgan murojaatlar tahlili bo'yicha ma'lumot.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
▪️Maqsadli ko'rsatkichlar▪️

🇺🇿 Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlari shakllantirilgan bo'lib yuqoridagi ko'rsatkichlar Davlat yer kadastri boʼyichadir.

◼️Unda 2023- yil yanvar-iyun oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Интернет тармоқларида Данғара туманидаги фуқаронинг дала майдони четидаги табиий газ қувури ҳамда зовур тозалангани натижасида ҳосил бўлган тупроқ уюмлари йўлга ҳалақит бераётгани баён этилган видео мурожаати тарқалди.

Аслида ушбу дала четидаги йўл асосий йўл ҳисобланмайди.

Дала йўли олдидаги қазиб олинган тупроқ уюмлари бетон қопламали канал ва зовурларнинг ўз муҳофаза ҳудудига ташланган.

Маълумот ўрнида, мурожаатда айтилган манзил Данғара ММТП ҳудудидаги қишлоқ хўжалиги харитасининг 1419-контуридаги жами 3,0 гектар қишлоқ хўжалигидаги экин ер майдони ҳисобланади.

Шу ўринда эслатиб ўтамиз, текширилмаган, ёлғон ва тўла асосларга эга бўлмаган маълумотни тарқатиш қонуний жавобгарликка сабаб бўлиши мумкин!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

“Zoʻr tv” телеканалининг “Bu kun” информацион дастурида Қувасой шаҳар “Кокилон” МФЙ аҳолисининг мурожаати акс этган видео эфирга узатилди.

“Мечта” ЖБУШнинг боғ уйча бино иншоотларни нотурар жой тоифасида бўлганлигидан норози бўлиб, вилоят Адлия бошқармасига ёзган мурожаати Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармаси ва вилоят Қурилиш бошқармаси ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Қувасой шаҳар филиали мутахассислар томонидан тўпланган ҳужжатлар ва қонун ҳужжатлари асосида тўлиқ ўрганилиб чиқилди. Адлия бошқармасининг хулосасига асосан “Кўчмас мулк-3” дастурига Боғ уйча бино иншоотлари нотурар жой сифатида кирилган маълумотлар, дастурдаги маълумотлар турар жой тоифасига ўзгартирилган ва муқаддам Боғ уйчаларига нотурар жой сифатида қилинган кадастр ҳужжатлари бўйича нотурар жой тоифасидан, турар жой тоифасига ўтказиш бўйича Давлат хизматлари орқали шаҳар Қурилиш бўлимига мурожаат қилишлари ҳақида ёзма равишда маълум қилинган.

Амалдаги қонун ҳужжатларига асосан бино-иншоот таснифини ўзгаритириш кадастр органлари ваколатида эмас.

Бу борада ваколат ҳудудий қурилиш бош бошқармаларида эканлигини унутмаслик керак!

Эслатма! Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022-йил 20-апрелдаги 200-сон қарорига асосан, кўчмас мулкни нотурар жой таснифига ўтказиш ва аксинча, нотурар жойни турар жой таснифига ўтказиш ҳамда реконструкция қилиш учун рухсатнома бериш фақатгина Давлат хизматлари марказлари ёки ЯИДХП(Ягона интерактив давлат хизматлари портали) орқали мурожаат қиладилар.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
KADASTR BO‘YICHA MUAMMO BORMI?!

Farg'ona viloyati aholisi, Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz +998732497077 ishonch telefoniga yoki @fm_fargonakadastr telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

◼️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📃 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

👔 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

⚖️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg'ona viloyatida Maktabgacha ta'lim obyektlarini UZKAD dasturiga kiritish ishlari jadal davom etmoqda.

🔹Farg'ona viloyatida jami 878 ta Maktabgacha ta'lim muassalari mavjud bo'lib, ularning barchasini UZKAD dasturiga kiritish ishlari boshlandi.

🔹Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i R.Mirzaxmedov hamda Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Axmedov boshchiligida tuman(shahar) filialining UZKAD dasturiga kiritishga mas'ul xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali obyektlarni dasturga kiritish, kritilishda xato-kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tushuncha va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot o'rnida Farg'ona viloyatida jami 1033 ta Maktab obyektlari UZKAD dasturiga to'liq kiritib yakunlandi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook