FARG'ONA KADASTR
1.62K subscribers
6.45K photos
1.1K videos
17 files
3.88K links
Download Telegram
#yosh_novatorlar

🌱Ayni dam, Kadastr agentligi tizimidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus, g‘oya va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yosh novatorlar” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilmoqda.

💠 Mazkur tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yakka yoki 4 kishidan oshmagan holda guruh bo’lib Agentlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirok etishmoqda.
Uni onlayn kuzatib boring: https://us02web.zoom.us/u/kci7kt1GF8


Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Мард ўғлон" давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении Государственной премии "Мард ўғлон"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор
ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Konstitutsiyaviy islohotlar▫️

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

🇺🇿 Ayni kunlar umumhalq muhokamasida bo‘layotgan yangilanayotgan Konstitutsiyada “Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi” ekanligi mustahkamlanmoqda.

#DavKadastrPalata #bosh_qomus #umumxalq_muhokamasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚜️ Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartibi belgilandi.

📄“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–781, 29.06.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📄Qonunga ko‘ra, Yer uchastkalarini quyidagi maqsadlarda kompensatsiya evaziga olib qo‘yish jamoat ehtiyojlari deb e’tirof etiladi:

mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni, erkin savdo zonalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini qidirish va qazib olish (bundan keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari mustasno);
respublika hamda mahalliy ahamiyatga molik avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini hamda aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika va aloqa tizimining muhandislik obyektlari hamda tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
tasdiqlangan aholi punktlari bosh rejalarining obyektlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qurishga oid qismini bajarish;
davlat investitsiya dasturlarida ko‘rsatilgan davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining binolari hamda inshootlarini markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan qurish nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish.

⚜️Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qo’rg’i Kengesining, mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishga doir majlislari OAV va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkaziladi.

⚜️ Mahalliy Kengashning yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin hokimliklar huquq egalari bilan kompensatsiyaning shartlari, turlari va miqdori bo‘yicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshiradi.

⚜️ Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida ko‘chmas mulkni erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
#yoshlar_kuni #bayram #kadastr

Mamlakatimizda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning manfaatlarini himoya qilish borasida muhtaram yurtboshimiz boshchiligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun va muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan har yili 30-iyun kunini “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilinishi buning amaldagi yaqqol isbotidir.

Respublikamiz yoshlari Sizlardan yana-da faol, tashabbuskor bo‘lishingizni, nazariy va amaliy bilimlaringizni Vatanimiz yuksalishi uchun safarbar etishingizni so‘raymiz.

“Yoshlar kuni” bayramingiz bilan Kadastr agentligi jamoasi nomidan Sizlarni tabriklaymiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Ёшлар куни муносабати билан ташкил этилган тадбирларда иштирок этиш учун "Янги Ўзбекистон" боғига келди.
Давлатимиз раҳбари боғда Беш ташаббус йўналишлари бўйича ташкил этилган павильонлар фаолияти билан танишади, ёшлар билан мулоқот қилади. Сўнг, Ёшлар кунига бағишланган байрам тадбирида нутқ сўзлайди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в парк "Янги Ўзбекистон" для участия в мероприятиях по случаю Дня молодежи.
Глава государства ознакомится с павильонами, посвященными Пяти инициативам, встретится с молодежью, затем выступит с речью на праздничном мероприятии в честь Дня молодежи.

Facebook|Instagram|Twitter
🌱Yoshlik-jo‘shqinlik🌱

Davlat kadastrlari palatasi tizimidagi yoshlar qanday yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda?

🟩 Bizning yosh mutaxassislar:

▫️Boshqaruv xodimlari – 80 nafar;
▫️Ma’muriyat xodimlari – 489 nafar;
▫️Ishlab chiqarish xodimlari - 1 272 nafar;
▫️Texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari - 182 nafar yoshlardan iborat.

🟩 Intiluvchan yoshlarimiz talaygina. Ular orasida ilg‘or g‘oya egalari ham bor ekanligi ertangi kunimizga ishonch uyg'otadi.

#DavKadastrPalata #yoshlar_kuni #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
"Янги Ўзбекистон" боғида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Ёшлар кунига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтмоқда.

Тадбирдан онлайн трансляцияни қуйидаги ҳаволалар орқали томоша қилишингиз мумкин:

Youtube

Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев "Янги Ўзбекистон" боғида Ёшлар куни муносабати билан ташкил этилган тадбирларда иштирок этмоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев участвует в мероприятиях по случаю Дня молодежи в парке "Янги Ўзбекистон".

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев "Янги Ўзбекистон" боғида Ёшлар куни муносабати билан ташкил этилган тадбирларда иштирок этмоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев участвует в мероприятиях по случаю Дня молодежи в парке "Янги Ўзбекистон".

Facebook|Instagram|Twitter