FARG'ONA KADASTR
1.68K subscribers
5.12K photos
1K videos
17 files
3.27K links
Download Telegram
🔹 Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Besh soatdan ortiq davom etgan qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan 100 dan ziyod fuqarolarning murojaatlari viloyat hokimligining bo‘limlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

🔹 Ushbu qabul davomida Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Mashrapov ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar egalik huquqini tiklash, tadbirkorlik uchun yer ajratilishi, kadastr hujjatini to‘g‘rilash kabi masalalarda ham murojaat qilishdi.

Joyning o‘zida hal etish mumkin bo‘lgan bu kabi ko‘plab masalalarga qabul davomida ijobiy yechim belgilash bilan bir qatorda, ba’zi fuqarolarning murojaatlari qo‘shimcha o‘rganib olib borish mutasaddi tashkilotlarga topshirildi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoni mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/fargonakadast
#matbuot_anjuman

2022 йил 1 январ ҳолатига Ўзбекистон Республикасининг маъмурий-худудий чегарасидаги жами ерлари 44 млн 892 минг гектарни ташкил этади. Ушбу майдонлар (ер фонди) фойдаланиш мақсадига қараб 8 та тоифага бўлинади.
Булардан қишлоқ хўжалиги ерлари 22 млн. 116 минг гектарни ташкил этиб, шундан суғориладиган ерлар 3 млн 200 минг гектардан ортиқ.

Хатлов ишлари ананавий тарзда рулеткаларда, қўлда саржинда, қоғозга ёзиб эмас, юқори аниқликдаги замонавий ўлчов асбобларидан фойдаланган ҳолда бажарилмоқда. Бундан кўзланган мақсад кластерлар, фермер хўжаликлари ва бошқа ердан фойдаланувчиларнинг ўзларига тегишли ер майдонлари ва чегараларини аниқ, шаффоф ҳолда ер ҳисобини юритиш.

Бу йўналишда Швецариянинг Leica компанияси билан олдиндан ҳамкорлик қилиб келинмоқда. Ҳозирги кунда Республика аэрогеодезия марказимида Leica компаниясининг TS 02, TS 11, GS 10 ва GS 18 маркали юқори аниқликка эга бўлган электрон тахеометр ва GPS қурилмалари мавжуд.

Республика аэрогеодезия маркази директори Акмал Омонов
#matbut_anjuman

Шунингдек, доимий ишлаб турувчи 50 та GNSS станциялар ҳам Leica компанияси қурилмаларидан иборат. Ҳозирги кунда узлуксиз ишлаб турган GNSS станциялар қурилмаларига боғланган ҳолда хатлов ишларини амалга ошириш учун замонавий GPS ускуналаридан фойдаланилади.

Бунгунги кунда бу станцияларга талаб юқорилигини инобатга олиб,
2022-2023 йилларда Миллий географик ахбороттизимини яратиш доирасида юқоридаги 50 та станция тўлиқ қамраб олинмаган ҳудудларда қўшимча яна 80 та GNSS-сors станциялар ўрнатиш режалаштирилган.

Ушбу станциялар ишга тушиши билан республика ҳудудини 30 км радиусда тўлиқ қамраб олинади.

Республика аэрогеодезия маркази директори Акмал Омонов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#matbuot_anjuman

Кўчмас мулклар тўғрисдаги маълумотлар бугунги Давреестр АТ, Кўчмас мулк АТ каби ахборот тизимларида жамланиб келинмоқда. Мазкур маълумотлар ўз навбатида географик кўринишлар билан бирга умумлаштирилиб, геоахборот тизимларида шартли белгилар орқали расмийлаштирилиб, омма учун бўлган геопорталга жойланади.

Агентлик томонидан ушбу маълумотларни бир жойда жамлаш ҳамда омма учун очиқ тарзда фойдаланиш имконини берадиган платформа яъни
https://map.geoportal.uz/ геопортали ишлаб келмоқда.

Мазкур геопорталда кўчмас мулк объектлари ер чегараси, кадастр раками, объект тури, манзили, ер майдони каби маълумотлар мавжуд.

Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи ўринбосари Шерзод Закиров.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#matbuot_anjuman

Республиканинг жами 44,9 млн гектар ер майдонидан 41,1 млн гектари (қишлоқ хўжалиги 23,6 млн гектар, ўрмон фонди 11,9 млн гектар) ёки 91,5 фоизи ЖАХОН БАНКНИНГ ЛОЙИХАСИГА АСОСАН “Кадастр ва рўйхатдан ўтказишнинг интегрaциялашган ахборот тизими”да “Uzkad” дастурида электрон харитаси яратилиб, кадастр ахборот тизимига киритилди.
Шундан:
– 36,4 млн гектар 505,3 мингта (қишлоқ хўжалиги 22,3 млн гектар, ўрмон фонди 11,7 млн гектар) ердан фойдаланувчилар кесимида кадастр йиғма жилдлари шакллантирилган ҳолда давлат рўйхатидан ўтказилди.

Давлат кадастрлари палатаси Раиси ўринбосари Нозимжон Инамов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Tasdiqlangan reja grafikka asosan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i tomonidan bu galgi sayyor qabul Dang`ara tumani Naymancha MFY binosida o‘tkazildi.

Ushbu sayyor qabulda Dang`ara, Furqat va Uchko`prik tumanlaridan tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslardan jami 17 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning 4 tasiga joyning o‘zida ijobiy yechim va huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 13 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

https://t.iss.one/fargonakadast
#Kadasrt_Pasporti
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda ijro etishlik uchun elektron tartibda ijrosi ta’minlanmoqda.

Dastur ishga tushganidan buyon yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 146 837 ta murojaatlar kelib tushgan.

https://t.iss.one/fargonakadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Ruxsor telekanalida Prezidentimizning 2022-yilning 21-fevral sanasida qabul qilingan “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 138-sonli Qarori asosida tayyorlangan video rolik efirga uzatilmoqda.

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi

https://t.iss.one/fargonakadastr
#Murojaatlar
FARG'ONADA KADASTR SOHASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH QANDAY?!

Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida ma'lumot beruvchi infografika.

https://t.iss.one/fargonakadastr
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona boshqarmalari Komplayens-nazorati xizmati xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, odob-axloq, tartib intizomi, ijro intizomi kabi masalalar yuzasidan Beshariq tumani bo'lim hamda fillial hodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

https://t.iss.one/fargonakadastr