FARG'ONA KADASTR
1.8K subscribers
4.92K photos
966 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona boshqarmalari Komplayens-nazorati xizmati xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, odob-axloq, tartib intizomi, ijro intizomi kabi masalalar yuzasidan Bag‘dod va Buvayda tumanlari bo'lim hamda fillial hodimlari bilan profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

https://t.iss.one/fargonakadastr
⚡️ 09-iyun kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: "Kadastr agentligi yer va kadastr nazoratchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar".

👉 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni🔹

📄Tarixning tilsiz ko‘zgusi - sohalar tarixi arxivdir.

📜Dunyoda har bir mamlakatning o‘z milliy arxivi bor. Aslida u butun soha tarixini qamrab oluvchi bebaho manbaa. Respublikamizda esa rasman arxivga bundan yuz yil oldin asos solingan va u bugungacha Markaziy Osiyodagi yagona arxiv agentligi hisoblanadi.

📑 Davlat kadastrlari palatasi tizimida 203ta arxiv xonalari mavjud bo'lib, ularda 217 nafar arxivariuslar faolyat ko'rsatishadi. Kadastr faoliyati esa aynan arxiv xujjatlar bilan chambarchas bog'liqdir.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 7-iyun sanasida Kadastr agentligi rahbari Farrux Pulatov hamda Jahon banki missiyasi - “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini muvofiqlashtiruvchi menejeri Nadej Orlova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌Uchrashuv doirasida:

♦️Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimiga ma'lumotlarni to'liq migratsiyasini amalga oshirish muddatlari,
- loyihaning yakuniga yetgan hamda ijro holatida bo'lgan komponentlari,
♦️Fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasini rivojlantirish uchun grant jalb qilish masalasi,
♦️Xorijiy tajribani o'zlashtirish uchun konsultativ-ekspertlik uchrashuvlari,
♦️Istiqboldagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i tomonidan navbatdagi sayyor qabul Qo‘qon shahrida o‘tkazildi.

https://t.iss.one/fargonakadastr
Айни дамда Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида “ЕР ВА КАДАСТР НАЗОРАТИ ЙЎНАЛИШИДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР” мавзусида матбуот анжуман бўлиб ўтмоқда.

Унда Кадастр агентлиги раҳбарияти иштирокида мазкур йўналишдаги ишлар тўғрисида ахборот берилмоқда.

Матбуот анжуманни Узрепорт телеканали орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин.
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman


2021 йил ва 2022 йилнинг ўтган даврида (1 июнь ҳолатига) республика бўйича ер участкасини ўзбошимчалик билан эгаллаш билан боғлиқ 24 511 та ёки 5 164,7 гектар (2022 йилда 7 618 та ёки 2 623,5 гектар) ҳолат аниқланди.

Агентлик органлари томонидан берилган ёзма кўрсатмалар асосида 11 228 та ҳолатда 3 050,5 гектар (46%) майдондаги қонунбузилишларни ихтиёрий бартараф этилиши таъминланди.

Ўзбошимчалик билан эгалланган майдонларни қайтариш, ноқонуний қурилмаларни буздириш ҳақида судларга 11 637 та ёки 1 456,5 гектар (2022 йилда 2 757 та ёки 427,2 гектар) даъво аризалари киритилди.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш ҳолатлари бор, ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари бор. Бу иккала тушунчани бир-биридан фарқлаб олиш керак.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси
— қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган), шу жумладан, берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган, ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкаси.

Ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш – ер участкаларини ажратиб бериш ҳужжатларида белгилангандан бошқа мақсадда фойдаланиш ёки белгиланган муддатларда фойдаланмаслик дегани.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Ер ва кадастр назоратини автоматлаштириш, коррупция ҳолатларини олдини олиш мақсадида ерга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлашдан бартараф этилгунга қадар мониторингини юритувчи “E-YER NAZORAT” автоматлаштирилган ахборот тизими амалиётга жорий этилди.

Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи
Мурод Файзуллаев

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Yer_nazorati #Matbuot_anjuman

Аниқланган конунбузилиш ҳолатларини ихтиёрий бартараф этишга эътибор қаратамиз. Биз жарима қилишдан кўра, қонунда белгиланган санкцияларни тушунтирган ҳолда унинг оқибатларини бартараф этишга кўпроқ аҳамият беряпмиз.

Биргина жорий йилнинг ўтган 5 ойида ер участкаларини ўзбошимчалик билан эгаллаш (МЖТК 60-модда 2-қисми) билан боғлиқ 4 652 та ҳолатлар аниқланиб, ҳуқуқбузарларга берилган ёзма кўрсатмалар асосида 3 241 та ҳолат белгиланган муддатда ихтиёрий бартараф этилганлиги сабабли, ҳуқуқбузарлар жами
22 млрд сўмдан ортиқ маъмурий жаримадан озод этилди.

Кадастр агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
Атабек Аллаберганов.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat suv obyektlari🔹

🌊 Davlat kadastrlari palatasi
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🌊 Mazkur maʼlumotda siz, Davlat suv obyektlar joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadasrt_Pasporti
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda ijro etishlik uchun elektron tartibda ijrosi ta’minlanmoqda.

Dastur ishga tushganidan buyon yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 143 421 ta murojaatlar kelib tushgan.

https://t.iss.one/fargonakadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Kadastr agentligidan "Milliy hisobot" sahifasi.

📌Ushbu sahifada siz O'zbekiston Respublikasi Yer resurslarining 2022-yil 1-yanvar holati to'g'risidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Prezident

Бугунги масала умуммиллий аҳамиятга эга. Бу ишларни авваламбор ўзимиздан бошлашимиз керак. Ҳар бир ҳоким, вазир, барча даражадаги раҳбарлар шахсий намуна кўрсатиб, ўз уйи, ишхонасида муқобил энергия ускунасини ўрнатиши зарур,

Президент Шавкат Мирзиёев.

10 июнь куни қайта тикланувчи энергиядан фойдаланишни кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Шакар нархининг ошиб кетаётганига нима сабаб бўлаяпти?

📹
Жавоб

Монополияга қарши курашиш қўмитаси шакар нархининг ошиши, биржаларда сотилиши жараёнини қандай ўрганяпти?

📹
Жавоб

Ўзбекистон дон маҳсулотлари билан ўзини ўзи таъминлай оладими?

📹 Жавоб

〰️〰️〰️
АОКАда ўтказилган матбуот анжуманидан.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Xorijiy_tajriba

Bilimlar almashinuvi bo’lib o’tmoqda.

Ayni damda Jahon Bankining yer siyosati bo'yicha konsultanti David Egiashvili hamda Kadastr agentligi xodimlari o'rtasida yer ma'muriyatchiligi, yer va kadastr nazorati, 🇬🇪 Gruziyada yer va kadastr sohasida amalga oshirilgan islohotlar mavzisuga bag'ishlangan bilimlar almashinuvi bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumot uchun: Xorijiy ekspert 1990-yillarning oxirida Gruziyada yer bozori/roʻyxatga olish siyosatini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan bo'lib, 2004-2006 yillarda Gruziya Davlat reestri milliy agentligiga (NAPR)rahbarlik qilgan. Ushbu davrda Davlat reestri milliy agentligida amalga oshirilgan islohotlar Jahon banki va IFC tomonidan o‘tkazilgan “Biznesni yuritish 2006” reytingida eng yaxshi islohotlar deb topilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 100 ta texnik loyiha hamda 54 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 42 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 12 049 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 57 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt