FARG'ONA KADASTR
1.66K subscribers
5K photos
980 videos
17 files
3.17K links
Download Telegram
YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN BAJARILGAN ISHLAR

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasiga 2022-yil 25-yanvar kuniga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan turli manbaalar orqali jami 178 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan:

- Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi orqali 15 ta;
- Jismoniy va yuridik shaxslardan to`g`ridan-to`g`ri 10 ta;
- Viloyat hokimligi orqali 24 ta;
- Huquqni muxofaza qiluvchi organlar hamda boshqarma va tashkilotlar orqali 16 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 106 ta;
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari orqali jami 12 ta murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar malakali mutaxassislar tomonidan Qonunda belgilangan tartibda o`rganib chiqilib, tegishli tartibda ijrosi ta’minlanmoqda.

https://t.iss.one/fargonakadastr
YER VA KADASTR NAZORATI BO‘YICHA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILGAN?!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan yer toifasidan qat’i nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan 2022-yil 25-yanvar ma’lomotga ko‘ra 20 ta holatda jami 0,82 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
18-25 yanvar holatidagi ma’lumot

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha Kadastr agentligi boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan yer qonun buzilish holatlarini sodir etgan 16 ta shaxslarga nisbatan bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar yuborilib, 2 ta holatda 0,03 gektar (10%) yer maydonlarida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari joyida bartaraf etilgan.

Bundan tashqari 8 ta holatda 0,27 gektar yer maydonida yer qonunbuzilishi holatlarini sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib 54 mln. so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Qolaversa yer qonunbuzilishi holatlarini sodir etgan aybdor shaxslar tomonidan qurilgan qurilishlarni buzdirish hamda yer maydonlarini tuman zaxirasiga qaytarish maqsadida 3 ta holatda 0,01 gektar noqonuniy qurilgan qurilishlarni buzdiriz bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritildi.

https://t.iss.one/fargonakadastr
Ер ва кадастр назорати: 16 минг 893 ҳолатда ер майдонлари ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган

📍https://uza.uz/posts/340615

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha "Komplaens-nazorat" xizmati sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi!

https://t.iss.one/fargonakadastr
💳 Ko‘chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi:

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;

🏡Yakka tartibdagi turarjoy - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Yangi O’zbekiston" gazetasining 26-yanvardagi sonida xatlov natijalari▫️

🔷"Yangi O’zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida jurnalist Feruza Jo‘rayevaning " Kichik vatanda ko‘ngil to‘q yashashga nima yetsin?" nomli maqolasi chop etildi.

🔷 Unda, Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida olib borilgan xatlov zahmatlari bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev bilan bo‘lgan intervyu hamda bajarilgan ishlar natijalari esa aholi bilan o‘tkazilgan suhbat asosida keng yoritilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi yuridik bo‘limi tomonidan hafta davomida boshqarmaning umumiy bo‘limi tomonidan tayyorlangan 3 ta, kadrlar bo‘limi tomonidan tayyorlangan 4 ta buyruqlarni amaldagi qonunlarga rioya qilingan holda tayyorlanganligi o‘rganib chiqilib, xulosalar berildi.

Shuningdek, tuman va shaharlarda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda xodimlarga pora olish va pora berish, firibgarlik va tamagirlik kabi jinoyatlar uchun qonunchilikda qanday jazolar belgilanganligi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

26.01.2022 holatidagi ma'lumot

https://t.iss.one/qodirov_blogi
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев “Ҳиндистон – Марказий Осиё” биринчи саммитида иштирок этди.
Минтақа мамлакатлари ва Ҳиндистон ўртасидаги анъанавий яқин ва дўстона алоқаларни янада мустаҳкамлаш, кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтириш истиқболлари кўриб чиқилди. Халқаро сиёсатнинг долзарб масалалари юзасидан фикр алмашилди.
Давлатимиз раҳбари ҳамкорликни илгари суришнинг стратегик устувор йўналишларини белгилаб, аниқ таклифларни илгари сурди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в первом саммите «Индия – Центральная Азия».
Рассмотрены перспективы дальнейшего укрепления традиционно тесных и дружественных связей, расширения многопланового сотрудничества между странами региона и Индией. Состоялся обмен мнениями по актуальным вопросам международной политики.
Глава нашего государства определил стратегические приоритеты и выдвинул конкретные предложения по продвижению сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Hindiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan reglamentning 9-bandiga asosan - “Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi”-deb belgilangan.

Shunga asosan bugungi kunda yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha buyurtma arizalar elektron ko‘rinishda kelib tushmoqda. Buyurtma arizalar belgilangan tartibda ijro etishlik uchun elektron tartibda ijrosi ta’minlanmoqda.

Dastur ishga tushganidan buyon yuridik va jismoniy shaxslardan kadastr pasportini tayyorlatish bo‘yicha jami 118 625 ta murojaatlar kelib tushgan.

2022 yil hisobot davriga qadar jami 4 922 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib,
shundan:

2 818 tasi ijobiy xal etilgan;

708 tasi ijro etilib to‘lov kutilmoqda;

49 tasi yangi va ijro jarayonida;

787 tasi rad etilgan.

1 628 693 102 so‘m miqdorda tushum qilingan.

27.01.2022 holatidagi ma'lumot

https://t.iss.one/fargonakadastr
Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik yo‘nalishida bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga qo‘yish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Boshqarmaning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijasida 28.01.2022 yil holatiga qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 11 391 ta (413,0 gektar) bo‘sh yer uchastkalari aniqlangan.
Ushbu yer uchastkalaridan
6 518 tasi (246,4 gektar) auksion savdolariga chiqarilib, shundan:

1 706 tasi (106,3 gektar) 43,8 mlrd. so‘mga sotilgan;

4 812 tasi (140 gektar) 46,4 mlrd. so‘m boshlang‘ich baxoda auksion savdolari bo‘lishi kutilmoqda.

Shundan: 2021 yil davomida
7 581 ta (243,7 gektar) bo‘sh yer uchastkalari aniqlangan.

4 015 tasi (142,7 gektar) auksion savdolariga chiqarilib, shundan:

822 tasi (72,6 gektar) 24,2 mlrd. so‘mga sotilgan.

https://t.iss.one/fargonakadastr
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda Kadastr agentligi Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi boshqarma boshlig'i Feruz Sultonov va Metodologiya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Bexzod Nishonov 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar haqida so'zga chiqishdi. Bundan tashqari anjumanda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob berishdi.

Batafsil📹
Илгари ҳисобга олинмаган 412 мингта янги кўчмас мулк объекти кадастр базасига киритилди

📍https://uza.uz/posts/341640

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda #uzb_24 #matbuot_anjuman

"Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani Янгиликлар 24 dasturida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #VM_1060

🇺🇿2022-yil 28-yanvar kuni Kadastr agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori mazmun-mohiyati bilan Milliy geoaxborot tizimini muvofiqlashtirish va Davlat kadastrlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Bekzod Otabekov agentlik xodimlarini tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt