#Iqtibos
✍️Chingiz Aytmatov
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram
Oyim xatni menga ikki-uch marta oʻqitib olgandan keyin, qozontovoq, issiq-sovuqqa urilaverib yorilib ketgan qoʻllariga olib, goʻyo uchirib yuborishdan qoʻrqqandek uni avaylab uchburchak qilib buklab qoʻyardi.
— E, tumordek xatlaringdan onang aylansin! — derdi u koʻziga yosh olib, ogʻir xoʻrsinib. — Ota-ona, qarindoshlarning axvolini soʻraydi-ya! Axir biz uydamiz-ku, bizni jin urarmidi? Baxtimizga ishqilib, sizlar omon boʻlinglar, Xudo oʻz panohida saqlasin, ikki enlik xat yozib, sogʻ-salomt yuribman deb qoʻysalaring shuning oʻzi ham katta gʻanimat.
Oyim xatga yana biroz termulib qarab turardi-da, soʻngra uni sandiqdagi xatlar saqlanadigan xaltaga yashirib qoʻyardi.
Agar shu payt Jamila uyda boʻlsa, u ham xatni bir karra ichida oʻqib chiqardi. Jamila har safar xatni qoʻliga olishi bilan oʻz-oʻzidan qizishib ketar, uni harislik bilan tez-tez oʻqiy boshlardi. Lekin xatning oxiriga yaqinlashgan sayin yuzidagi quvonch alangalari soʻnib, rangi oʻchib, qoshlari yana chimirilib qolardi. Ba’zida xatni oxirigacha oʻqib chiqishga ham sabri chidamay, hafsalasi pir boʻlardi-yu gʻing demasdan, goʻyo qarz olayotgan narsasini qaytarib
berayotgandek boʻshashib xatni oyimning qoʻliga tutqazardi.
✍️Chingiz Aytmatov
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4❤🔥3
#Iqtibos
✍️ Lev Tolstoy
📕"Kreytser sonatasi"
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
📱 Telegram | 📱 Facebook | 📱 Instagram
Shaharda baxtsiz odamlar uchun yashash qulay. Odam shaharda yuz yil yashashi mumkin, biroq uning allaqachon o‘lib, chirib ketganini hech kim bilmaydi. Bunaqa narsalar bilan hisob-kitob qilib o‘tirishga vaqt yo‘q, hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Ish, jamoat topshiriqlari, salomatlik, san’at, bolalar sog‘ligi, ularning tarbiyasi. Ba’zan uni yoki boshqalarni qabul qilish, kimnikigadir borish kerak, nimanidir ko‘rish yoki eshitish lozim. Shunisi e’tiborliki, har qanday sharoitda ham shaharda bir, ba’zan ikki, uch muhim narsa borki, bularni kanda qilib bo‘lmaydi. Hayot esa quruqdan quruq o‘tib ketaveradi.
✍️ Lev Tolstoy
📕"Kreytser sonatasi"
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
#Iqtibos
✍️ Shukur Xolmirzayev
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Asarda bosh g‘oya – yozuvchining ijodiy maqsadi, niyati. Sodda aytganda, uning o‘quvchiga aytmoqchi bo‘lgan so‘zi, orzusi, armoni, nolasi, dil siri... Bosh g‘oya, ijodiy niyat talab qilsa, albatta, tarixiy mantiqqa suyangan holda, hamma narsa, hatto tarixiy faktlar, shaxslar nomi, sanalar va hokazolar istisno tariqasida o‘zgartirilishi mumkin.
✍️ Shukur Xolmirzayev
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
👍3
Telegram
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi (rasmiy)
Ушбу расмий канал орқали сиз Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Фарғона вилоят бўлимининг фаолияти, танловлар, эълонлар, адабий жараёнга оид янгиликлар билан танишиб борасиз.
Мурожаат учун: https://t.iss.one/asadbek_gulshanzoda_001
+998930989887
Мурожаат учун: https://t.iss.one/asadbek_gulshanzoda_001
+998930989887
#iqtibos
Mirzo KENJABEK,
“YOSHLARGA DIL SOʻZLARIM” kitobidan
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Haqiqiy ijodkor...
Ijodkor uchun faqat bolalik xotiralari yoki mahdud tuygʻulari yetarli mavzu bera olmaydi. Ijodkor asl vatan farzandi boʻlishi, xalqini buyuk gʻoyalar bilan taʼminlashi, insonlarga yuksak fazilatlardan saboq berishi uchun oʻz vatani, oʻz xalqi tarixini oʻrganishi zarur.
Haqiqiy ijodkor koinotning yaralishi va Abul-bashar, yaʼni bashariyatning otasi boʻlmish Odam alayhissalomning yaralishidan boshlab, insoniyat tarixini, madaniyatlar, adabiyotlar, dinlar va tillar tarixini yaxshi oʻrganishi zarur. Bu bilimi qalamkashni keng tafakkur yuritishga, mavzu qamrovining keng boʻlishiga imkon paydo qiladi.
Har bir jabhada sizga oʻrgatilmaydigan, har bir tafakkurli qalamkash oʻz farosati, oʻz zakovati bilan bilib olishi zarur boʻlgan haqiqatlar bor. Qalamning qogʻoz ustida toʻgʻri yurishi, ijodkor oʻz vijdoniga muvofiq yashashi uchun jahon siyosatini asl haqiqatlari bilan bilish zarur.
Mirzo KENJABEK,
“YOSHLARGA DIL SOʻZLARIM” kitobidan
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
❤4
#iqtibos
✍️ Abdulla Qodiriy
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Tuzilgan jumlani yozuvchining o‘zigina tushunib, boshqalarning tushunmasligi katta ayb. Asli yozuvchilik aytmoqchi bo‘lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdadir.
✍️ Abdulla Qodiriy
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
👍1🔥1
#Iqtibos
Tog‘ay Murod
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Kitob yoki jurnalni Internet sahifalaridan ham o‘qisa bo‘ladi. Ammo Internetda kitobga xos hid yo‘q, sahifalarni varaqlashdek huzur yo‘q. Eng asosiysi, uni yostig‘ing tagiga qo‘yib bo‘lmaydi.
Tog‘ay Murod
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
❤3👍2
#Iqtibos
✍️ Gabriyel Garsia Markes
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Yozuvchi uchun o‘rtamiyonalik, kamtarlik — ortiqcha yaxshi fazilat, deb o‘ylayman. Agar siz el qatori yozish niyatida bo‘lsangiz, u holda o‘sha oddiylar darajasida qolaverasiz. Dunyoda barcha shuhratparast insonlar doim o‘z oldilariga yuksak-yuksak maqsadlarni qo‘yadi. Ustiga-ustak, ular Sofokl, Dostoyevskiy kabi daholarni misol keltirib, senga yozishni o‘rgatishga intiladi. Shunday ekan, nima uchun bu buyuk rassomlardan yomonroq yozishimiz kerak? Ijodkorning maqsadi ulardan yaxshiroq yozishga urinib ko‘rinishdan iborat emasmi?
✍️ Gabriyel Garsia Markes
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
❤4👍2👏1
#Iqtibos
✍️ Shukur Xolmirzayev
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Men kitobxonni bir yoqqa torta bilgan, uning didiga mo‘ljallab – unga asarini nima qilib bo‘lsa ham yoqtirish maqsadida emas, o‘sha didni bir bahya bo‘lsa-da ko‘tarish niyatida ter to‘kkan yozuvchilarni sevaman.
✍️ Shukur Xolmirzayev
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
❤3❤🔥1👍1🔥1
#Iqtibos
* * *
Yozuvchi turmushni har taraflama o‘rganishi, buning uchun uning har sohalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Qisman boshimdan kechirganlarim mening yozuvchi bo‘lishimda katta rol o‘ynagan. Haqiqiy yozuvchi bo‘lishni istagan yoshlarimiz ham dastlab shu turmush ichiga kirishlari, uni bilishlari kerak.
* * *
Fikrning ifodasi xizmatiga yaramagan so‘z va jumlalarga yozuvchi aslo o‘rin bermasligi lozim. Shundagina iborani tuzatib bosishga yo‘l qo‘ymagan, mustaqil uslub va ifodaga ega bo‘lib, o‘zingizning qalamdagi istiqbolingizni ta’min qilgan bo‘lasiz. Kishiga ishonish va behuda kuchanish ma’qul gap emas. Birovga orqa qilib, o‘zingizga bo‘lgan talantning ruhiga fotiha o‘qiy ko‘rmangiz. Bir soatda emas, o‘n soatda yozish, bir qayta emas o‘n qayta tuzatish kishining yordamiga termulishga qaraganda ham foydali, ham umidlidir.

❤5👍4💯2
#Iqtibos
✍️Abdulla Qahhor
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Ma’lumki, san’at, shu jumladan, so‘z san’ati — adabiyot ham kishilarning ongiga his orqali — yurak orqali ta’sir qiladi...
Yozuvchi o‘zi his qilmagan narsa to‘g‘risida yozsa, buni o‘qigan o‘quvchi ham hech narsani his qilolmaydi. O‘quvchining qalbiga ta’sir qilmagan narsaning adabiyotga hech tegishliligi yo‘q.
Demak, kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart. Busiz bo‘lmaydi. His qilinmasdan yozilgan narsa kog‘ozdan qilingan gulga o‘xshaydi...
Bas, ma’lum bo‘ladiki, ilhom kelgani yozuvchining to‘liq his qilgani, ilhom kelmagani yozuvchining hali his qilmagani bo‘ladi.
✍️Abdulla Qahhor
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
👍2💯1
#Iqtibos
Najib MAHFUZ (Nobel ma’ruzasidan)
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
-Janoblar! Bugun biz yashab turgan dunyo larzalarni boshidan kechirayotganiga qaramay, men baribir optimistligimcha qolaman. Ulug‘ faylasuf Kantning “yaxshilik yovuzlik ustidan faqat narigi dunyoda g‘alaba qiladi”, degan gapiga hech qachon qo‘shilmayman. Yo‘q, yaxshilik har kuni g‘alabalarga erishadi. Yovuzlik biz o‘ylagandan ko‘ra ojiz, yaxshilikka qaraganda kuchsiz. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Yaxshilik g‘alaba qilmaganida odam bolasi yovvoyi tabiatga, stixiyali falokatlarga, qo‘rquv va xudbinlikka qarshi turolmagan bo‘lardi. Kattaroq misol keltiraman: yaxshilik tantana qilmaganida odamzod umuman taraqqiy etolmagan, millatlarga birlashib, texnikaning yangidan-yangi moʻjizalarini ixtiro qilolmagan, koinotni o‘zlashtirolmagan, inson huquqlarini ovoza qilolmagan bo‘lardi.
Najib MAHFUZ (Nobel ma’ruzasidan)
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
🕊2
#Iqtibos
Chingiz Aytmatov
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
Hozirgi dunyoda adabiyot murakkab sharoitga tushib qolgan. Favqulodda u keraksiz buyumga aylangandek, zero, qiziqishlar ham, his-hayajonlar ham oldingiday emas, bo‘lakcha.
Burungi kitobxonlarimizning o‘y-xayollari endi boshqa narsalar bilan band. Bugungi kitobxonlar esa asl mutolaaning zavq-shavqidan, aftidan, bexabar.
Shundan kelib chiqib endi nima qilish lozimligini birgalashib o‘ylab ko‘rishimiz kerak.
Chingiz Aytmatov
🏛Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi
Telegram | Facebook | Instagram
💯2
#Iqtibos
✍️O‘tkir Hoshimov
📖"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dan
* * *
Dehqon tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: ko’p hosil oladi.
Quruvchi tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: chiroyli imorat quradi.
Jarroh tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: yaxshi operatsiya qiladi…
Ijodkor tajribasi oshgan sayin yumushi og’irlashadi.
Uning o’zini takrorlashga haqqi yo’q!
* * *
Haqiqat havoga o’xshaydi. Rangini ko’rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz…
Ammo bir lahza havosiz qolsangiz, bo’g’ilib ketasiz. Kitob ham shunday. Yolg’onga duch
kelgan kitobxon bo’g’ilib ketadi.
* * *
Iste’dodlilar hadeganda qovusha qolmaydi. Ular yulduzga o’xshaydi. Har bir yulduzning
o’z mehvari bo’ladi. Yulduzlar bir-birini inkor etmaydi. Ammo bir-birining mehvariga
kirmaydi ham. Iste’dodsizlar esa bir zambil shag’aldek gap. Darrov to’dalashadi. To’da
bo’lib jim yotsa-ku, mayli… Baraka topgurlar iste’dodlilarga tosh otaverib bezor qilgani
chatoq…
✍️O‘tkir Hoshimov
📖"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dan
👏3❤🔥1👍1