Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
436 subscribers
5.19K photos
609 videos
5 files
1.1K links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Ta'ziya
Baxromov Xayrullo Abdusattorovich
  Farg‘ona viloyati  Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi Texnik kuzatish va amalga oshirilgan ishlarni qabul qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Baxromov Xayrullo Abdusattorovich, afsuski bugun oramizda yo‘q.
  Baxromov Xayrullo 1971-yilning 30-iyul kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topdi. 
Yo‘lsozlik kasbiga bo‘lgan muxabbat,  o‘rta maktabni tugatgan Xayrulloni Toshkent avtomobil yo‘llari instituti sari yetakladi.
Oliygohni muvaffaqiyatli tugatgach, o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, tinimsiz halol mehnati bilan yo‘l sohasining malakali mutaxassislaridan biriga aylandi. X. Baxromov butun umrini shu sohaning  rivoj topishiga, xalqning dardiga malham bo‘lishga bag‘ishladi va qanchadan-qancha o‘zi kabi halol, mehnatsevar shogirdlarni tarbiyalashga ulgurdi.
Joriy yilning 8-dekabr sanasida bevaqt o‘lim uni oramizdan olib ketdi.
U ochiq ko‘ngil, kamtar,  mehribon va dilkash insonligi bilan   hamkasblari ko‘nglida chuqur, o‘chmas iz qoldirdi.
  Baxromov Xayrullo Abdusattorovichning  vafoti munosabati bilan Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi rahbariyati uning oila a’zolari, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. 
     Oxiratingiz obod bo‘lsin!
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ta’ziya
       
     Umrini yo‘l xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlagan, o‘z kasbining fidoiysi, vatanparvar inson, chin ma'noda yo‘l odami bo‘lgan  Abdulboqi ota Sharopov, ming afsuski, endi oramizda yo‘q.   U 72 yoshida bu dunyoni tark etdi. 
  Abdulboqi ota   1972-yilda   Toshkent avtomobil yo‘llari instituti talabasi bo‘lib, yo‘l qurilishi sohasiga kirib kelgandi. Mehnat faoliyatini Namangan viloyati Pop tumani Yo‘l qurilish-ta'mirlash boshqarmasi yo‘l ustasi sifatida boshladi, keyinchalik  bosh muhandis bo‘ldi. Mehnatsevarlik, o‘z kasbiga bo‘lgan mehr tufayli, halol mehnatlari bilan o‘sishda davom etdi.  Bir necha manzillardagi faoliyatidan so‘ng, 1993- yilda o‘sha vaqtdagi "Farg‘onaavtoyo‘l" birlashmasiga rais o‘rinbosari bo‘ladi. Yo‘l fidoiysi bo‘lgan insonning mehnatlari samarasi sifatida u kishi 2003-yilda “Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi. 
2007 – 2012-yilgacha, ya'ni nafaqa yoshiga yetgunga qadar  -"Farg‘onaavtoyo‘l"  hududiy yo‘llardan foydalanish davlat tashkiloti direktori    sifatida Farg‘ona viloyatidagi ko‘plab yo‘llar qurilishiga bosh bo‘ldi.  Bugun ustozning farzandlari ham ushbu soha vakillari, ularning o‘gitlar, har bir shogird qalbida abadiy muhrlandi. Ha, bu mo‘'tabar inson, umrini yo‘lga bag‘ishladi. Hayot yo‘llarini qurdi. O‘zbekistonning qay bir manziliga bormang, ustozning mehnatlari samarasi, bugun - yo‘l quruvchi shogirdlarga yodgorlik.
     
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi Abdulboqi ota Sharopov vafoti munosabati bilan  bilan marhumning barcha oila a'zolari, safdoshlari va shogirdlariga chuqur, samimiy ta'ziya izhor etadi.
   Oxiratingiz obod bo‘lsin!
🔥4
#Ta’ziya
        Umrini yo‘l xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlagan, o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan  vatanparvar insonlardan biri Isaqov Akbarjon Asqarovich ming afsuski, endi oramizda yo‘q.   U 84 yoshida bu dunyoni tark etdi. 
  Isaqov Akbarjon Asqarovich 1941-yilning 1-iyul sanasida tavallud topgan.  Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi yaʼni o‘sha vaqtdagi "Farg‘onaavtoyo‘l" DAB da 1991-2001-yillar davomida boshliq lavozimida faoliyat olib borgan.  Ko‘p yillik mehnatlari bugun uning shogirdlari, hamkasblari eʼtirofida. 
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi jamoasi Akbarjon ota Isaqov  vafoti munosabati bilan marhumning barcha oila a'zolari, safdoshlari va shogirdlariga chuqur, samimiy ta'ziya izhor etadi.
   Oxiratingiz obod bo‘lsin!