#Fargʻona
#Sogʻlom_davlat_xizmatchisi
👉 Fargʻona viloyatida “Sogʻlom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish oyligi davom etmoqda.
🩸Mazkur oylik doirasida Fargʻona viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi xodimlari ham Fargʻorna shahridagi 3-oilaviy poliklinikaning oftalmolog, kardiolog, nevropatolog, terapevt, xirurg, travmatolog kabi mutaxassislari tomonidan toʻliq chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
‼️Tadbir davomida xodimlar 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, kasallik aniqlanganda xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilishi tushuntirildi. Shuningdek, xodimlar sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish boʻyicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.
✅Eslatib oʻtamiz, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish kafolatlangan.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.