Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
328 subscribers
4.51K photos
487 videos
5 files
970 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
#Huquqiy_targ‘ibot
  
#Rishton_tumani                                          Rishton tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tashabbusi bilan Rishton tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvar kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan korхona xodimlari va nazoratchilari  o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Rishton tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi D.Astonov Rishton tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga alohida tushuntirishlar berib, vijdonan va sidqidildan ishlash kerakligi, korrupsiyaga qarshi kurash orqali mamlakat rivojiga har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlandi.                                    Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Huquqiy targ‘ibot
   
#Rishton_tumani
      Rishton tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ‘ibot guruhi tomonidan Rishton tumanidagi “Dehqonobod” MFY hududida  faoliyat olib borayotgan tadbirkor Bahromjon Ergashev xonadonida «Oilaviy tadbirkorlik tog’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni yuzasidan huquqiy targ‘ibot  tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida, Rishton TYFDM targ‘ibot guruhi tomonidan  Qonunga muvofiq tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va kafolatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, suhbat  davomida ushbu Uchrashuv davomida tadbirkor  va uning oila a’zolari o‘zlarini o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
         Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#HUQUQIY TARG‘IBOT
   
#Rishton_tumani 
     Farg’ona viloyat Rishton tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi targ’ibot guruhi tomonidan Rishton tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkor  G.Boboumarova  hamda ishchi xodimlari o’rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida“gi qarori, hamda «Oilaviy tadbirkorlik tog’risida»gi  O’zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyati tushuntirildi. Tadbir davomida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va kafolatlar haqida ma’lumotlar berib o’tildi.
    Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.