Farg`ona viloyati avtomobil yo`llari bosh boshqarmasi
325 subscribers
4.46K photos
457 videos
5 files
950 links
Фарғона вилояти автомобиль йўллари бош бошқармаси

✏️ @Fargona_admin


📞 (99873) 226 39 46
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xayr_saxovat tadbirlari
     
#Qurbon_hayiti
     
#QUVA_tumani
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
    Muborak ayyom munosabati bilan Quva tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan muassasada faoliyat yuritib kelayotgan ishchi-xizmatchilarga  hamda faxriy xodimlarga 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram hadyalari ulashildi.
    Barcha tuman va shaharlarda bayramni munosib nishonlashga qaratilgan xayr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llar Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
#Murojaatga_munosabat
#Quva_tumani
Ijtimoiy tarmoqlarning birida (https://t.iss.one/Prezident_kamandasi/39) “Farg‘onaga tashrifi oldidan Prezidentga tezkor video murojaat” sarlavhada murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaatda Quva tumanidagi 4R140 “Marg‘ilon sh. – Quva sh. – Marhamat sh. – Aravon q.” Avtomobil yo‘lining 36-38-kmlar oralig‘i nazarda tutilgan. Videomurojaatdan so‘ng Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, mazkur manzil o‘rganildi. Ushbu yo‘l ikki viloyatni bog‘lovchi davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li hisoblanib, yengil va yuk avtotransport vositalari qatnov jadalligi yuqori va bu ko‘rsatgich bir sutkada 25-30 ming avtomobilni tashkil etadi. Shu sababli yo‘lning asfalt-beton qoplamasida yemirilish kuzatilgan. O‘rganish xulosalari natijasida ushbu yo‘l ta'mirtalab deb topildi va 4-kvartal ta'mirlash ishlari dasturiga kiritildi. Joriy yil yakuniga qadar ushbu yo‘lning ravon va xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘riladi.
Kuzatilayotgan kamchiliklar haqida befarq bo‘lmay, xabar berib borayotgan fuqarolar, jamoatchilik faollariga Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbariyati o‘z minnatdorligini bildiradi. Bu orqali viloyatdagi umumfoydalanuvdagi yo‘llar ravonligi va xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha mavjud kamchiliklar hamda muammolar o‘z vaqtida bartaraf etishga erishilmoqda.
Agar sizda bu kabi murojaatlar mavjud bo‘lsa, 73 226-36-50 ichki 407 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Hamkorligingizdan minnatdormiz.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi.